Nomsiz murojaatlarda shaxsni kim ekanligini yaqindan bilish katta
ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‗lib, biror noma‘lum
ob‘ekt yoki sub‘ektni aniqlash, u haqda muayyan ma‘lumot olish uchun
qo‗llaniladi. Masalan, ―Kechirasiz, Olmazor ko‗chasini ko‗rsatib yuborsangiz?‖,
―Hurmatli yo‗lovchilar yo‗l haqini o‗z vaqtida to‗lashni unutmang‖, ―Doktor
bolamni ko‗rib qo‗ysangiz, issig‗i tushmayapti.‖ singari murojaatlarda shaxsning
aniq ismi ko‗rsatilmasada, u haqdagi ma‘lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli
bo‗ladi.
Aslini olganda, O‗zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo‗q. Ko‗p
holatlarda har bir joyning o‗zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga
asoslangan xolda murojaat qilinadi.
YAngi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish
uchun tashrifnoma juda qulaydir. CHet mamlakatlarda tashrifnoma juda keng
qo‗llaniladi. Ularning raqamlari hamda o‗lchamlari qat‘iy qoida bilan
cheklanmagan. Inson o‗z tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shaxsiy hamda
ish bilan bog‗liq aloqani qo‗llab-quvvatlayotganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |