O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
satangdir . . . ‖ , - deydi.
Zamonaviy kiyinish bilan bizni g‗ashimizga tekkan odam o‗rnakka arziydagan oila a‘zosi va yaxshi odam bo‗lib chiqishi mumkin. Biz ham vaqti kelib, shunday kiyinishimiz mumkin. Bashang zamonaviy qiyofa ko‗r-ko‗rona, modaning qulini qabul qilmaydi. Har qanday fasondagi ko‗ylak ham odamga yarashavermasligi mumkin. Ammo zamonaviylikning doirasi kengdir. YOshi kattalar, yoshlar, to‗liqroq odamlar, ozg‗in, bo‗yi pastlar va balandlar uchun fasonlar mavjud. Bashang va zamonaviy kiyinish san‘ati zamonaviylikning asosiy talablarini o‗ziga qo‗llay olish va ko‗proq mos keladiganlarini tanlab olishdan iboratdir. Ammo bir narsani inobatga olish zarur. Bu moliyaviy imkoniyatni hisobga olish. To‗g‗ri hozirda hatto do‗konlarda ham sotuvchilar kiyimizga qarab xizmat ko‗rsatadi. Ammo kiyimni to‗g‗ri tanlash va kiyish bu muammoni hal qiladi. Estetik did bilan tanlangan u yoki bu libos nafaqat rusmga mos bo‗lishi, balki yangi rusmni vujudga keltirishi ham mumkin. Sizni yuqori darajadagi didingiz odamlar yoqqani sababli, ularni siz kabi kiyinishga undashi mumkin. Kiyimingiz zamonaviymi yo‗qmi, bu faqat sizni didingiz darajasini ko‗rsatishini unutmaslik lozim. Buyuk olmon faylasufi Imannuel Kant qiynalgan vaqtlarida «men buyumlarni o‗zimga bo‗ysundirdim, o‗zimni ularga emas» deb e‘tirof etadi. Sportiv tarzdagi yo‗lga chiqishdan boshqa, deyarli hamma erga ustki kiyim lozim. Uyga tabiiy matodan qilingan kostyum yaxshi. O‗z yaqinlaringiz qabulida bo‗lganingizda ustki kiyimingizni echishni so‗rab, olib qo‗yishingiz mumkin, boshqa paytlarda uy egasini taklifini kutmoq afzal. 68 Kostyumga bo‗yinbog‗ zarur. U faqat rangli va sport ko‗ylaklariga nisbatan zaruriyat tug‗dirmaydi. Rasmiy holatlarda ustki kiyimning tugmalari qadalgan bo„ladi. Bunday holatlarda siz tanishlaringiz xonodoniga, restoranlarga (ayniqsa ayollar oldida), majlislar xonasiga, teatrga kirishingiz mumkin. Bundan tashqari tugmalarni prezidium stolida o‗tirganingizda va ma‘ruza bilan chiqish qilganingizda qadalgani lozim. Raqsga tushganingizda ham xuddi shu holatda ushlab turish maqsadga muvofiq. Qadalmagan tugmalar bilan siz o„rindiqda, teatr tomosha qilayotgan yoki kechki ovqat dasturxoni oldida o„tirishingiz mumkin. Ustki kiyimning eng quyi qismidagi tugma hech qachon qadalmaydi. Dissertatsiya himoyasi uchun kandidat to‗q kostyum kiyishi lozim. Uyda xalat va pijama faqatgina ertalab yoki kechqurun vannaga kirish uchun kiyiladi. Boshqa paytlarda to‗liq, batartib va qulay kiyinish lozim. Uyda odatga ko‗ra erkaklar uyda trikotaj mahsulotlaridan bo‗lgan sportiv kiyimlar yoki jinsi kiyadilar. Agar kvartira bo‗ylab yurgan erkakning kiyimi bir oz eskiroq, shimidagi naqshlar rangdor va ajoyib bo‗lsa, buning qo‗rqinchli joyi yo‗q. Hatto yaxshi ko‗rinadi. Asosiysi, eskirgan bo‗lsa ham ularni vaqtida yuvishga tashlab, tugmalarini mustahkam va dazmollangan holda tutish lozim. Agar mehmon sizni pijamada ko‗rsa, ustingizga xalat tashlab olgan ma‘qul. Xuddi shu narsani o‗zgalarning uyida yoki dam olish maskanida yashaganingizda qiling. Erkaklarda kabi ayollarning ham shippaklari toza va pachoqlanmagan bo‗lishi lozim. Taklif qilingan mehmonlar hech qachon shippakda kutib olinmaydi, garchi uy egasi har safar yangi libosda chiqishi shart bo‗lmasa ham. Ayniqsa mehmon oddiy ko‗ylakda kelgan bo‗lsa. Erkaklar uchun ko‗ngilochar kechalarda mo‗ljallangan ayollardagi kabi bunday darajada ta‘sirchan kostyumni hali moda o‗ylab topmagan. Ammo nima qilsa ham mayda katakli ko‗ylak yoki to‗qilgan sviter bilan birga jinsi shim to‗g‗ri kelmaydi. Bunday kiyim faqat kundalik kiyinishga mos. Mehmonlarni qabuli uchun och 69 tusdagi shim va ko‗ylak kiyib olgan ma‘qul. U haddan tashqari ola-bula yoki odmi bo‗lishi zarur emas. To‗q rangdagi ko‗ylak haddan tashqari oddiy ko‗rinadi. Och rangdagi ko‗ylak ozodalik va yangilik kabi yoqimli hislarni uyg‗otadi. Kiyim tanlash etiketi talablarida dam olish maskanlari va dala hovlililarda o‗tkaziladigan mehnat ta‘tili, qishki yoki yozgi ta‘tilda kiyiladigan kiyimlarni kiyishda katta erkinlik beriladi. Bunda uydagi iliqlikni hamda shinamlik hissini uyg‗otadigan to‗qilgan, yumshoq, issiq va momiq kiyimlar kiyish mumkin. So‗nggi yilning so‗nggi kunidagi yuqori kayfiyat sizning kiyimingizda aks ko‗rinadi. YAngi yilni siz yaqin do‗stlaringiz bilan nishonlaysizmi, yoki ularning uylarida, restoranda yo kafeda – yangi yil ziynatlari kundalik pardozlardan o‗zini yorqinligi bilan ajralib turishi lozim. YAngi yil kechasining o‗zgacha tarovatini faqatgina shu kun uchun mo‗ljallangan libosingizga yana yorqinlik ato eta oladigan ajabtovur ziynatlar va detallar bilan bezatish evaziga yanada kuchaytirishingiz mumkin. Kiyimning o‗zi shunchaki chiroyli bo‗la olmaydi. Uning nafosati qaerga – ishxonaga, uyga, bayramga, shahardan tashqariga sayr uchun mo‗ljalanganiga bog‗liq. Bashang kiyim faqat qaddi-qomati kelishgan, yaxshi fazilatlarga va chiroyli nutqqa ega odam bilan «chiqishadi». Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling