O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/284
Sana30.11.2021
Hajmi1,9 Mb.
#177986
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   284
Bog'liq
professional etika va etiket

Qo‗llar.  Ko‗pchilik o‗z qo‗llarini qanday  tutishni bilishmaydi.   Biror  narsani 
yulish,  barmoqlar  bilan  stol  yoki  stulni  taqillatish,  bosh  yoki  quloqni  qashish, 
qo‗lni  qarsillatish,  jag‗ni,  peshonani  yoki  burunni  ishqalash,  tirnoqlarga  hadeb 
qarayverish  kabi  odatlarni  tashlab,  bo‗sh  qo‗llarni  o‗z  joyida  tutishi  kerak  
Ovqatlanish  vaqtida  qo‗l  kaftlari  stolda  turadi.    Boshqa  inson  bilan  muloqotga 
kirishganda mumkin qadar qo‗l bilan turli imo-ishoralar qilmaslik kerak  Kundalik 
turmishimizda  so‗zlar  va  iboralarni  ta‘kidlash  uchun  ba‘zidagina  qo‗lni 
harakatlantirish mumkin.  Masalan, “Marhamat o„tiring”, “marhamat tanishing”, 
“Siz bilan tanishtirsam maylimi?” kabi iboralarni qo‗llash mumkin.  
Rus xalqida shunday maqol bor: ―O‗ng qo‗l – o‗ng qo‗l, chap qo‗l - yurak‖
25 
.  
Ayrim  xalqlarda,  masalan  tojiklarda  qo‗l  berib  so‗rashganda  ikki  qo‗li  bilan 
so‗rashadi. CHunki bitta qo‗l berganida hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. SHuning 
uchun hurmat yuzasidan ikki qo‗l bilan so‗rashishadi
26

Suhbat  vaqtida  og‗izni  qo‗l  bilan  berkitish,  suhbatdoshning  elkasini  qoqib 
qo‗yish, uning kiyim tugmasiga tegaverish, engidan ushlab turish, qo‗l yoki tirsak 
bilan  turtish  odobsizlik  hisoblanadi.    Biror  tanish  kishining  qiyshaygan  yoqasini 
                                                
25 
Максимов С.В. Русский человек в гостях// Задушевное слово. 1866, Т.12, стр. 417. 
26
 Салибаев В.Х., Алиев С.Н. Об особенностях коммуникативного поведения таджиков.// НКСР, стр. 130. 


 
73 
tuzatib  qo‗yishda,  kiyimiga  yopishgan  ip  yoki  qilni  olib  tashlashda  ham  undan 
ijozat so‗raladi.  
Biror narsani qo‗lni nayza qilib ko‗rsatish odobdan emas.  
Yo‗talganingizni, aksirganingizni, burun qoqqaningizni  mumkin qadar kishiga 
sezdirmang,  buning  uchun  albatta  dastro‗mol  tuting.    Aksirgan  kishiga “sog„ 
bo„ling” deb  aytiladi.    Suhbatdoshingiz  oldida  aslo  esnamang  va  xo‗rsinmang, 
chunki bular zerikish alomatidir.  
Og‗izni katta ochib qo‗lish yaramaydi.  Qahqaha urib qo‗lish ham yaxshi emas, 
chunki  har  qanday  shovqin  atrofdagilarni  o‗ziga  jalb  qiladi.    Eng  yaxshisi 
samimiyat bilan qo‗lishdir.  
Ko‗rkam  yurish,  qaddi-qomat,  nazokatli  ishoralar  ham  ayolni,  ham  erkakni 
yanada ko‗rkam ko‗rsatadi.  Juda ham kam holatlardagina biz nazokat bilan qaddi-
qomatni tutish hamda yurishni tabiat ehsoni sifatida qaraymiz.  Ko‗proq bu sifatlar 
qiyinchilik bilan kasb qilinadi.  Ularni o‗zida tarbiyalash uchun sport, ritmika bilan 
shug‗ullanish  lozim.  Bu qiz bolalar  uchun juda  foydalidir, buni ota-onalar  yodda 
tutsinlar.    CHiroyli  yurish,  qaddi-qomatni  tutish,  engi  va  go‗zal  ravishda 
zinapoyalarda  chiqish  yoki  tushish  hamda  nafosat  bilan  o‗tirishni  o‗rganish 
lozimdir.  Ayniqsa ayol oynada qanday qilib divan, stul yoki o‗rindiqda o‗tirganini 
ko‗zatishi kerak  
Ba‘zi  holatlarda  juda  bunga  pastlik  qiladigan  o‗rindiqlarda  o‗tirgan  ayollar 
oyoqlarini  chalishtirib  oladilar.    Bunday  vaziyatda  ularni  chalishtirmasdan, 
birlashtirib,  tizzalarini  bir  tomonga  sal  og‗dirib  o‗tirgan  ma‘qul.   Mashinaga 
o‗tirayotgan  ayol  unga  to‗g‗ri  kirib  ketmaydi,  balki  o‗rindiqni  uchiga  omonat 
o‗tirib, keyin oyoqlarini yig‗ib oladi, chiqayotganda esa aksincha, avval oyoqlarini 
erga  qo‗yib,  so‗ng  ko‗tariladi.    Boshni  haddan  tashqari  baland  ko‗tarmasliq  yoki 
aksincha  egib  o‗tirmaslik  lozim    –    hamma  joylarga  zimdan  alangash-ku  undan 
ham  yomon.    YOshlar  qo‗lini  qaerga  qo‗yishni  bilmaydi.    Qizlar  sumkalariga 
tayanishadi,  o‗g‗il  bolalar  esa  bu  masalada  bir  muncha  qiynalishadi.    YAng 
yaxshisi  –  qo‗lni  cho‗ntakda  saqlash,  lekin  bu  odobga  to‗g‗ri  kelarmikan?  Juda 
bo‗lmaganda,  bir  qo‗lni  ustki  kiyim  cho‗ntagiga  solib,  ba‘zi-ba‘zida  uni  chiqarib 


 
74 
turmoq mumkin.  SHimning cho‗ntaklariga esa qo‗lni faqat, zarur bo‗lgan narsani 
olish uchun kirgiziladi.  Ikkala qo„lni ham shimning cho„ntagida saqlash, umuman 
mumkin  emas.   Buni  hatto  tengdoshlari  o‗rtasida  ham  bajarish  nojoiz  –  bu 
ko‗nikadigan  yaxshi  odat  emas!  Qiz  bolani  ham  qo‗llarini  shim  cho‗ntaklariga 
solib  yurishi,  ayniqsa,  suhbat  chog‗ida  odobsizlikdir.    Yo‗lda  qo‗lni  har  yoqqa 
tashlab  yurish  yoki  suhbat  vaqtida  qo‗lni  paxsa  qilib  so‗zlashish  xunuk  ko‗rinadi.  
Stolga  musht  urib  gapirish  so‗zlaringiz  nafaqat  asos  bo‗lib  xizmat  qila  olmaydi, 
balki  qo‗pol  ko‗rinish  kasb  etadi  ham.    Barcha  imo-ishoralar  bosiq  hamda 
maqsadga muvofiq bo‗lishi lozim.  
O‗rindiqning qo‗l qo‗yadigan ushlagichiga faqat yang yaqin do‗stlar uyida bir 
oz o‗tirish mumkin.  Ammo bu o‗rindiqda sizga yaxshi tanish bo‗lmagan ayol yoki 
kishi o‗tirgan bo‗lsa nojoizdir.  
 Noqulay vaziyatlardan chiqishda o„zr so„rash hamda xushomadning o„rni 
Kimnidir  bezovta  qilsangiz,  yonidan  o‗tib  ketayotib «Iltimos,  o„zr», 
«Kechirasiz» deb o‗zr so‗rashingiz mumkin, ammo uning qisqa shakli «O„zr» so‗zi 
bunday  holatlarga  unchalik  mos emas.  Odamlarni turtib o‗tish  noqulay  vaziyatga 
solib  qo‗yishi  mumkin.    Ayniqsa,  teatr  yoki  san‘at  saroylarida  qatorlaridagi 
o‗rindiqlardan  o‗tayotganda  oldin  ruxsat  so‗rab,  sizga  yo‗l  berishga  ulgurmay 
qolgan odamlarning oyoqlarini bosmasdan o‗tishga harakat qilmoq lozim.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling