O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Jamoat joylarida o„zini tutish me‟yorlari
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
Jamoat joylarida o„zini tutish me‟yorlari. Jamoat joylarida o‗zini tuta bilish
etiketi har bir kishi uchun ham, jamoat uchun ham muhimdir. Inson jamiyat oldidagi axloqiy burchini bir lahza ham unutmasligi va shunga munosib hatti- harakatlarda bo‗lishga intilishi kerak Har bir inson jamoat joylarida bo‗lganida avvolo o‗zini inson ekanligini, atrofida o‗ziga o‗xshaganlar borligini unutmasligi zarur. “Assolomu aleykum”, “Kechirasiz”, “O„zr”, “Mumkinmi?”, “Aytib yuborolmaysizmi?”, “Xolajon”, “Amakijon”, “Opoqijon”, “Otaxon”, “Onajon”, “Akajon”, “Singlim”, “Do„stim”, “Og„ayni”, “Birodar” kabi so‗zlarni ishlatishga o‗rganish kerak Hayotimizni ko‗p qismini bizga notanish bo‗lgan odamlar bilan birga o‗tkazamiz: ko‗cha-kuy, transport, turli xil jamoat joylarida o‗tkazamiz. Nafaqat o‗zimizning kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o‗zimizni qanday tutishimizga bog‗liqdir. SHunga ko„ra jamoat joylarida o„zini tutishning me‟yorlari mavjud. Uydan ko‗chaga chiqayotganda kerakli bo‗lgan narsalarni: hujjatlar, dastro‗molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur bo‗lgan mayda-chuyda narsalarni o‗zingiz bilan olganingizga ishonch hosil qilib olish lozim. Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq o‗zingizga razm solib, so‗ng tashqariga chiqqan ma‘qul. Hech qachon mo‗zqaymoq bilan jamoat transportlarida: avtobus, trolleybus yoki metroga kirib bo‗lmaydi. Musiqani baland qilib quloqqa taqib eshitib ketayapman deb o‗ylash ham befarosatlik yoinki atayinlab qilingan hurmatsizlikka 77 kiradi. Undan ko‗ra baland hammaga eshittirib qo‗ygan ma‘qul, chunki quloqqa biriktirilgan moslamadan chiqayotgan tovush asabni «arralaydi». Juda zarurat tug‗ilsa bunday moslamaning «vakuumligi» yoki sifatlirog‗ini harid qilish lozim. Jamoat transportida haddan ziyod o‗zini nozikta‘bligi bilan yo‗lovchilarning asabiga tegadigan kishilar «bo‗lmasa, taksida yuring!» degan xitobga uchrab qolishlari mumkin. Ko‗chada kimga uchrashuv tayinlagan bo‗lishingizdan va yoshidan qat‘i nazar (hoh u ayol yoki erkak kishi bo‗lsin) kechikmaslik lozim. Aks holda sizni kutayotgan odam ko‗chada qolgandan o‗tib ketayotgan odamlardan o‗zini noqulay his qilishi mumkin. SHuning uchun ham, uchrashuv joyi odmi, yo‗lovchilarga halaqit qilmaydigan va diqqat jalb etmaydigan bo‗lishi lozim. Batartiblik jamoatda o‗zini tutish etiketining asosiy qoidasidir: konfet qog‗ozlari, sigaret qoldiqlar va boshqa narsalarni yo‗lma-yo‗lakay tashlab yurish tabiatingizni «sotib» qo‗yishi mumkin. Haddan ziyod baland ovoz bilan odamlarni diqqatini jalb etish, yo‗lovchilarning tashqi ko‗rinishi borasida tanbehlar berishdan tiyilgan ma‘qul. Ayniqsa, bolalar oldida o‗zini madaniyatliroq tutish lozim – har qanday katta yoshdagi odam o‗zi istar-istamas yonida turgan bolalarga ta‘sir qila olish xususiyatiga ega. Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling