O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/284
Sana30.11.2021
Hajmi1,9 Mb.
#177986
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   284
Bog'liq
professional etika va etiket

Xushomad –  insonning  tashqi  qiyofasi,  chiroyli  so‗zlari,  hatti-  harakatidan 
ta‘sirlanib,  ma‘qullashni  ifodalash,  maqtovning  maxsus  shaklidir.    Nafis  shaklga 
o‗rangan bu ifoda hammamiz zavqlanamiz – har birimizda ozgina miqdorda bo‗lsa 
ham  o‗zimizga  nisbatan  muhabbat  hamda  g‗urur  mavjud.  Xushomadlar jamoatda 
yoqimli  kayfiyat  uyg‗otadigan  hissiyotda  asos  bo‗lib  xizmat  qiladi.    Xushomad 
engil,  sho‗x,  oddiy,  tabiiy  va  asosiysi,  haqqoniy  bo‗lishi  lozim.    Agar 
xushomadlarni kam, ammo o‗tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga ajib 
bir  tarovat  qo‗shadi.    Aksincha,  agar  xushomadlarda  bir  muncha  tayyorgarliq 
ta‘ma, oshirib yuborishlik bo‗lsa, ular qo‗lgilik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi.   
Qo‗pol  xushomad  doimo  o‗rinsizdir  va  uni  ifodalovchi  odam  yaxshi 
ko‗rsatmasligi  aniq.    Uni  qabul  qilish  ham  odamni  kamsitadi.    Xushomad  o‗z 


 
75 
vaqtida va joyida qo‗llanishi  nur  ustiga a‘lo nurdir.  Bunday  nazokatga ko‗milgan 
xushomad  hamisha  odamga  lazzat  bag‗ishlaydi.    U  uyatchan  odamga  ishonch, 
odamovini ochiq bo‗lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‗tarishiga sabab bo‗ladi.   
Ko‗pchilik  xushomadlarni  qanchalik  joyida  va  mos  kelishi  haqida  o‗ylamay 
mulozamat  qilishga  odatlanib  qolishgan.    Ayol  kishiga  nisbatan  tez-tez: «Bugun 
juda  chiroylisiz?» yoki “Bugun  juda  ochilib  ketibsiz?”degan  xushomadni 
eshitamiz.  Endi tasavvur qiling, xushomadga javoban takalluf qilishni o‗rniga ayol 
kishi: «Kecha  mening  ko„rinishim  yomonmidi?» degan  tabiiy  savolni  javob  bersa-
chi?! «Bugun  juda  chiroylisiz?» degan  xushomadni  aslida  xushomad  qatoriga 
kiritmasa ham bo‗ladi.  CHunki u yuqorida aytganimizdeq ikki xil ma‘noga egadir.  
Ammo «Bugun  juda  yasanibsiz!» degan  so‗zlar  ikki  xil  ma‘noga  ega  emas.  
Xushomadda  yorqin  ko‗rinuvchi  maqtov  bo‗lmasligi  lozim.    Xushomad 
qilayotganingizda oshirib yuborishlar hamda ortiqcha hayratdan o‗zingizni tiying.   
Xushomadda  aql  o‗rgatadigan  so‗zlardan  saqlaning: «Bu  ko„ylak  sizga 
yarashibdi,  ko„proq  shuni  kiying».  Qanday  qilib  xushomadni  ifodalash  mumkin? 
Ishonchli  ohangda,  jilmayib,  ko‗ngilochiqlik  bilan  izhor  qiling.    Imo  va  ishoralar 
so‗zlarga  mutanosib  bo‗lmog‗i  kerak    Xushomadda  kinoyaga  hatto  ishora  ham 
bo‗lmasligi  lozim.    Yo‗l  –  yo‗lakay  va  ish  orasida  xushomadni  aytib  ketmang.  
Xushomadga tayyorlanar ekansiz, unga bo‗lgan ta‘sirni hisobga olish darkor.  Agar 
siz  aytmoqchi  bo‗lgan  narsada  aksil  ta‘sir  holati  bo‗lishi  ham  mumkinligini 
bilsangiz, o‗ylagan fikringizdan qayting.   
Bir  ayolga  xushomad  qilar  ekansiz,  ikkinchisining  eshitish  imkoni  borligini 
bilsangiz,  ehtiyot  bo‗lgan  ma‘qul.    Ba‘zi  vaziyatlarda  bu  oxirgi  ayolni,  ayniqsa  u 
agar  yolg‗iz  yoki  notanish  davrada  bo‗lsa  kayfiyatini  bo‗zib  qo‗yishi  mumkin.  
Erkaklarga  qilinadigan  o‗zaro  xushomad  nafaqat  qabul  qilinmagan,  hatto 
odobsizlik  ham  sanaladi,  bunday  xushomadgo‗y  qo‗lgiga  uchraydi.    Ayollar,  shu 
bilan  bir  qatorda  yosh  qizlar  ham  erkaklarga  xushomad  qilishdan  tiyilganlari 
ma‘qul.    Aks  holda  ular  noqulay  va  qo‗lgilik  vaziyatga  tushib  qolishlari  mumkin 
va o‗zlari, hamda maqtov egasini ham obro‗sini tushirib qo‗yishlari mumkin.   


 
76 
Erkak kishidan latif xushomadni eshitgan ayollar hissiyotlariga ishonchli tarzda 
sho‗ng‗ib  ketmaganlari  ma‘qul.    Barcha  turdagi  xushomadlarni  yaxshi  qabul 
qilaverishda 
ehtiyot 
bo‗lmoq 
lozim, 
chunki 
ba‘zi 
mulozamatlarda 
ikkiyuzlamachilik  va  soxta  muhabbat  berkingan  bo‗lishi  mumkin.    Tanimagan-
bilmagan  odamning  xushomadiga  qilingan  juda  «quyuq»  javob,  nafaqat  noo‗rin 
baho,  tasavvurni  paydo  qilish  mumkin,  balki  g‗aliz  niyatli  kishilarning  o‗yini 
qurboniga  ham  aylantirib  ko‗yishi  mumkin.    Qanchalik  zamonaviy  olamda 
yashamayliq  insonning  ori,  nomusi,  izzat-nafsi  hamda  qadr-qimmati  birinchi 
navbatda turmog‗i lozimligini kishi unutmasligi joiz.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling