O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
professional etika va etiket
6-MAVZU. BIZNESMEN ETIKETI 1. Ishbilarmonlar etiketi 2. Bizness etiket: taqdimot va jamoat oldiga chiqib so‗zlash 3. Xalqaro biznes etiket 4. Xizmat munosabatlari etiketi Biznes iqtisodiy axloqiy asosga tayanadi. Kommersiyadagi tadbir biznesda etiket nihoyatda muhim ahamiyatga ega, modomiki, u kompaniyalar o‗rtasidagi hamkorlikning davomiyligini va tuzilgan bitimning omadliligini belgilab beradi. Tadbirkorlikning umumqabul qilingan qoidalarni bo‗zish mumkin emas. Ishdagi qaltislik qonunni hatlab o‗tishdagi qaltislik bilan hech qanday aloqasi yo‗q. Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning asosiy muruvvati – tajriba natijalaridir: olingan daromadlar, kasbiy qoniqish, jamiyatda, sheriklar oldida ijobiy nufo‗zga ega bo‗lish, firma yoki tashqilotning mustahkamlash uchun pul jamg‗armasini yaratish. Tadbirkorlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlikka ega emasliq tezda pul topish ilinjida savodsiz intilishlar, pullarga noto‗g‗ri munosabat, firmaning raqobatbardoshligini oshirish va mustahkamlash uchun firmaning daromadidan foydalanishning muhimligini anglamaslikda namoyon bo‗lishi mumkin. Bular marketing ma‘lumoti hajmining juda kamligi; firmalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning, sheriklarni topishdagi informatsion mexanizmlarning yo‗qligi; 80 muvaffaqiyatsiz reklama; iste‘molchi va haridor talablari borasidagi ma‘lumotlar to‗plamiga ega bo‗lmaslik; rivojlanmagan ish munosabatlarining texnologiyasi; ish bayonnomasi, savdo muomalasi odobiga rioya qilmaslik; sheriklarning milliy va hududiy ruhiyatining xususiyati borasida mo‗rt nishonga ega bo‗lish; atamalar va til masalasida qiyinchiliklar; chet tillarini bilmaslik; biznes, menedjment, marketing, kommersiya, bank ishlari doirasida aniq tushunchalar asosiga ega bo‗lmaslik; hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar; mutaxassislar va tadbirkorlar qo‗llaydigan ilmiy - texnik atamalarning eskirganligidir. Barcha bug‗olterlik sohasidagi mutaxassislar xorijiy hamkasblarimiz jamoat bilan fikrlashganda insonlarga nisbatan hurmat va xushmuomala bo‗lish kerak, deb hisoblashadi. Birinchi darajada moliya mutaxassislari insonlarga xizmat qilishda madaniyatli xulq-atvorga ega bo‗lishi va oliy darajada xizmat ko‗rsatish zarur, deb hisoblashadi 27 . Hayot fazosi bo‗lmish bozor taraqqiyotini o‗zlashtirar ekanlar, tadbirkorlar bir narsani bilishlari lozim: bozor tuzilmasiga kirishga intiq bo‗lgan tadbirkorlardan faqat 10-15%igina muvaffaqiyatga erishadilar. Muvafaqqiyatga faqat o‗zining ijodiy jihatdan iste‘dodini ifodalash hissi kuchli bo‗lgan, doimo odamlarni, ularning ehtiyojlari va qiziqishlarini o‗rganadigan, odamlarning ishonchini qozonishga intiladigan, vijdonli va axloqli, tinimsiz ma‘naviy hamda kasbiy komillikni o‗zida namuna sifatida ko‗rsatadigan, va oxir- oqibat, boshqaruv mahoratining yuqori ko‗rsatkichi bo‗lmish – odamlardagi intellektual faoliyatni ocha biladigan odamlargina erishadilar. Bu haqiqiy tadbirkorning xususiyatlaridir. Oxirgi yillarda ko‗pgina tashqilot va muassasalar to‗g‗ridan-to‗g‗ri tashqi bozorga chiqish huquqiga ega bo‗ldilar, savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarishda turli mamlakatlarning firma va tashqilotlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqa qilishga yangi imkoniyatlar ochildi, shu bilan birga ilmiy izlanishlar doirasida, tadqiqotlar va texnologiya almashinuvi, professional kadrlarni tayyorlashda keng aloqalar yaratildi. Mamlakatlarning ba‘zi milliy va ruhiy xususiyatlarini bilish 27 https://www.aat.org.uk/prod/s3fs-public/assets/Professional-Conduct-in-Relation-to-Taxation-2017 , pp.78. 81 tadbirkorlarga har bir erda uning qonunlariga mos tarzda o‗zini tutishiga yordam beradi va eng asosiysi – nazarda tutilgan tashqilotda muvaffaqiyat qozonadi. Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling