O‗rinli harakat – xatti-harakat manerasi va hattoki aniq bir vaziyatdagi
kiyinishini muvofiqligini anglatadi.
Biznes hamkorida yaxshi taassurot qoldirish muhim ahamiyatga ega.
Buning esa 4 qoidasi mavjud:
Birinchisi: dastlabki 10 ta so‗zingiz juda muhim bo‗lishi kerak Tashakkur
bildirish tezroq hamkorlarning o‗zaro tushunishini ta‘minlaydi va hamkorlikning
effektivligini oshiradi. Masalan: ―Janob Smit men bilan ertalabdan uchrashishga
vaqt topganingiz uchun sizga katta raxmat‖. ―Va nihoyat shaxsan o‗zingiz bilan
uchrashishga muyassar bo‗lganimdan bag‗oyat xursandman‖. Bu kabi so‗zlar
birinchi uchrashuvda qo‗llaniladi. Lekin bu so‗zlarni boshqacharoq tarzda avval
uchrashgan tanishlaringizga ham qo‗llashingiz mumkin. Masalan; ―Uchrashishga
rozi bo‗lganingiz uchun raxmat ustoz‖, ―Xilola uchrashuvga taklif qilganingiz
uchun raxmat, o‗zim qanday aytishni bilmay yurgandim‖. Iloji boricha
gaplashayotganda dastlabki 10 ta gapda hamkoringizni ismini ayting.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |