9
Toshkent moliya instituti Kengashining (2014 yil 5 noyabrdagi 2-sonli)
navbatdan tashqari yig‘ilishida «Institut tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish
to‘g‘risida”gi bayonnomasi va institut rektorining shu mazmundagi 2014 yil 7
noyabrdagi 381-sonli buyrug‘iga binoan «Loyihalarni moliyalashtirish” va «Moliya
bozori va qimmatli qog‘ozlar” kafedralaridagi tarkibiy va tuzilmaviy o‘zgarishlarga
asosan «Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tashkil etildi.
Kafedraning bosh maqsadi: «Taʼlim to‘g‘risida”gi
Qonunda keltirilgan
vazifalarni taʼminlash doirasida baholash ishi hamda
investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish bo‘yicha zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga
mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.
«Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari
tomonidan talabalarga quyidagi fanlar o‘qitib kelinmoqda:
Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida:
−
Investitsiya va innovatsiyalar;
−
Investitsiya loyihalari tahlili;
−
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;
−
Baholash ishi;
−
Intellektual mulk va nomoddiy aktivlarni baholash;
10
−
Baholashning xalqaro standartlari.
Magistratura mutaxassisliklarida:
−
Rieltorlik faoliyati;
−
Biznes qiymatini baholash;
−
Mulk qiymatini baholash;
−
Baholashni boshqarish va tartibga solish;
−
Loyihaviy moliyalashtirish;
−
Investitsiya loyihalarini boshqarish;
−
Investitsiyalarni iqtisodiy baholash;
−
Investitsiya loyihalari ekspertizasi.
Kafedra pedagog xodimlari
tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va ishchi dasturlar,
o‘quv-uslubiy majmualar va boshqa turdagi uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: