O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedogogik hisobot5
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MAGISTRATURA BO`LIMI “BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR” KAFEDRASI “HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI” Magistratura va kechki ta’lim fakulteti dekani ______________________________ “___” ____________2023y Baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi mudiri _______________________________ “___” ____________2023y ILMIY-PEDAGOGIK ISHI BO`YICHA Kafedra tomonidan ro`yxatga olingan tartib raqami № _____ “___” ____________2023y. Bajardi: IB-5, guruh talabasi Shaymatov Elyor Ilmiy rahbar: Aliqulov Mehmonali _____________ (imzo) TOSHKENT – 2023 HISOBOT 2 Kirish Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq. Shu bois oxirgi to‘rt yilda taʼlim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar mavqeini yuksaltirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam qo‘ymoqda. O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan taʼlim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “talim biz uchun bu hayot-mamot masalasi ekaniligi” taʼkidladi. – Bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Maktab taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Bunga barcha eʼtiborimiz va resurslarimizni safarbar qilamiz. Qiyin yo‘lni tanlayapmiz, lekin shu yo‘l muammolarni yechadi, – dedi Shavkat Mirziyoev. Maktablarni yaxshilash faqat Xalq taʼlimi vazirligining emas, balki barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi. Xususan, mamlakatimiz bo‘yicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish zarur. Bu 6 milliondan ziyod o‘quvchilar, 500 mingdan ortiq muallimlar, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagiga daxldor.Shu sababli, ta'lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya'ni, ta'lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim. Binobarin, inson kapitaliga e'tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. Shu yo‘ldagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasini bugungi 34 foizdan 2019 yilda 44 foizga yetkazamiz. Umumiy o‘rta ta'lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun, barcha sharoitlarni yaratish lozim. Har bir davlat kelajagi fuqarolarining intellektual salohiyatiga, madaniyati, 3 bunyodkorligiga tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib bo’lmaydi. Shu jihatdan mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash masalasiga bevosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni egalagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lish uchun ta’limtarbiya dargohlaridagi sharoitlarni birinchi navbatda sobiq sho’rolardan qolgan ta’lim- tarbiya tizimni tubdan o’zgartirish, hozirgi davr talablari darajasiga ko’tarishzarur va muhimligini hayot taqozo etmoqda. Barchamizga ma’lumki, respublikamiz milliy mustaqilligini qaror topshirish nihoyatda murakkab tarixiy va ijtimoiy siyosiy sharoitga to’g’ri keldi. Bu jarayonda esa mulkchilikning yagona davlat monopoliyasiga asoslangan shaklidanko’p ukladli shakliga o’tish, shuningdek, huquqiy demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishni, o’z fikr va dunyoqarashiga ega bo’lgan kadrlarni tarbiyalash zamon talabi edi. Shunday ekan, ushbu jarayonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri bo’lib turardi. Shuning uchun ham ta’lim sohasiga davlatimiz alohida g’amxo’rlik qildi va qilmoqda. Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.Ushbu tajribalar tarbiyalash shakllarida foydalaniladigan pedagogik qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo‘llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani bo‘lib kelgan O‘zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb etishi muqarrar. Tarbiyachi – O‘zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, tarbiyachining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning tarbiyachilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasidagi obro‘-e’tibori hozirgi zamon talablariga 4 mos bo‘lishi shart. Tarbiyachilar barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo‘lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk tarbiyachi sifatida barkamol avlod tarbiyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo‘lish, tarbiyachilar uchun tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo‘libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi, tarbiyalanuvchilarga unga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, tarbiyachilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Investitsiyalarni boshqаrish mutаxаssisligi bo'yichа tаyyorlаnаyotgаn mutаxаssis аqliy sаlohiyаtgа, fundаmеntаl ilmiy nеgizgа egа bo'lishi, ilmiy tаdqiqot mеtodologiyаsini, zаmonаviy аxborot tеxnologiyаlаrini, ilmiy аxborotni olish, qаytа ishlаsh vа sаqlаsh usullаrini egаllаgаn bo'lishi, ilmiy-tаdqiqot vа ilmiy-pеdаgogik fаoliyаtgа tаyyor bo'lishi kеrаk. Shulаrni e'tiborgа olgаn holdа ilmiy-tаdqiqot ishi vа ilmiy-pеdogogik ishlаridа аmаliyotlаrimizni mаgistrаturа birinchi bosqichidа olib borishgа hаrаkаt qildik. Bundа ilmiy-pеdаgogik ishi аmаliyotimizni Toshkеnt Moliyа Instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kаfеdrаsidа o'tkаzdik. Bu borаdа muhtаrаm prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyoеvning bеvositа tаshаbbuskorligidа islohotlаrni yаnаdа chuqurlаshtirish vа mаmlаkаt tаrаqqiyotini 5 jаdаllаshtirishning muhim ustuvor yo'nаlishlаri hаmdа аniq mаrrаlаrini o'zidа аks ettirgаn «O'zbеkiston Rеspublikаsini yаnаdа rivojlаntirishning 2017-2021 yillаrgа mo'ljаllаngаn Hаrаkаtlаr strаtеgiyаsi» qаbul qilindi. Mаzkur strаtеgiyаning mаqsаdi olib borilаyotgаn islohotlаr sаmаrаdorligini tubdаn oshirishdаn, dаvlаt vа jаmiyаtning hаr tomonlаmа vа jаdаl rivojlаnishini tа'minlаsh uchun shаrt-shаroitlаr yаrаtishdаn, mаmlаkаtni modеrnizаtsiyаlаsh vа hаyotning bаrchа sohаlаrini erkinlаshtirishdаn iborаtdir. Yuqori malakali mutaxassis-kadrlarning professionalligi shu bilan belgilanadiki, uning yangi joy va yangi sharoitlarga tez ko‘nikishidir. Bunday hollarda tez moslashish va qayta qurish ko‘nikmalari hosil bo‘ladi. Amaliy ko‘nikmalar o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi, bular ishlab chiqarish sharoitlari jarayonida o‘zgarishi bilan birga mehnat jarayonlari tuzilmalari bilan va uning miqdori bilan o‘zgaradi. Ma’lumki, har qanday korxona yoki tashkilotda mutaxassislar ishini muvaffaqiyatli tashkil etishda ularni majmuaviy va tizimli tarzda o‘qitish muhim ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, mutaxassis- kadrlarni tayyorlashni rivojlantirish jarayoni o‘z ichiga barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlarini qamrab oladigan turli xil o‘qitish metodlari, shakllari va vositalarini qamrab olishi kerak. Shuning bilan birga, mutaxassis-kadrlarni tayyorlashni doimiy va uzluksiz tarzda amalga oshirishni ta’minlash ham rivojlantirish jarayonini hal qiluvchi ahamiyatga ega tarkibiy qismi hisoblanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling