O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Ashtarxoniylar davri me’morchiligi oid manbalar
Download 334.18 Kb.
|
Kurs ishi. 15.06.2023
2.2. Ashtarxoniylar davri me’morchiligi oid manbalar.
O‘rta Osiyo, ayniqsa Buxoro karvon yo‘llari kesishmasida joylashgan muhim ahamiyatga ega shahar sanalganligi uchun bu shaharda xo‘jalik, ma’muriy va ma’rifiy ahamiyatga ega binolarning ko‘p bo‘lishi tabiiy holat edi. Buxoroda sulolalar almashinuvi ko‘p kuzatilgan bo‘lishiga qaramay, shaharda qurilgan binolar o‘zining mahobati, bezak uslublari, foydalanish jihatlariga ko‘ra o‘zgarib boravergan. Ayniqsa, Buxoro va Samarqand shaharlarida me’morchilik binolarida avval mavjud bo‘lgan an’analardan foydalanilgan va ularga qisman o‘zgartirishlar kiritib borilgan. Binolarning tashqi va ichki intererlarini bezatishda sirkor g‘isht parchalaridan foydalanish davom etgan. Buxoro Shayboniylar sulolasi taxtdan ketib, ashtarxoniylar sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan keyin ham o‘zining poytaxt maqomini saqlab qoldi. Buxoro xonligi tasarrufiga kirgan hududlarida shaharsozlik va me’morchilik avvalgi mahobat bilan bo‘lmasa-da ancha rivoj topdi52. Ko‘plab ma’rifiy va ma’muriy xo‘jalik binolari, jumladan, masjid, madrasa, karvonsaroy, bozor, xonaqoh va hammomlar barpo etildi. Faqatgina ularning tashqi qiyofasidagi ayrim o‘zgarishlarni inobatga olmaganda, avvalgi davrlar an’anasi mavjud bo‘lib qoldi. Buxoro xonlik poytaxti bo‘lgan davrda alohida me’morchilik maktablari1 tashkil etilib, nafaqat poytaxtda, balki boshqa shaharlarda ham shaharsozlik borasida katta ishlar amalga oshirilgan. Siyosiy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, hukmdorlar va ularning amaldorlari tarafidan qurilish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, XVII asr boshlarida Shayboniy Abdullaxon II davrida erishilgan yutuqlardan kam foydalanilib, asosan Temuriylar davri me’moriy inshootlariga taqlid kuchaya borgan. Shu bilan barovarida yirik ansambllar barpo etish an’anasi qayta tiklana bordi. O‘rta Osiyo me’morchiligining go‘zal kompozitsion ko‘rinishi sanalmish Labi Hovuz ansambli bugungi kungacha ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. U bir necha tarixiy me’moriy inshootlardan tashkil topgan. Ansambl inshootlari ichida dastlab qurilgani Ko‘kaldosh madrasasi sanaladi. 1569- yilda Shayboniy hukmdor Abdullaxon tomonidan O‘rta Osiyoda yirik madrasa qurdirishga qaror qiladi. Shuning natijasida davlat amaldori Qulbobo Ko‘kaldosh qurilish ishlariga boshchilik qilgan53. Nodir devonbegi xonaqosi Vazir nomi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir inshoot Nodir Devonbegi madrasasidir. Aslida karvonsaroy vazifasida qurilgan inshootning boshqa madrasalardan farqli jihati miyonsaroyning mavjud emasligida. Bundan tashqari, asli boshqa maqsadda barpo etilgan madrasada dars xonalar, masjid, xos ayvonlar mavjud emas. Aslida yuqorida sanalganlarning hammasi o‘quv binolari uchun xarakterli sanalgan. 1История Бухары. Под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.- Б. 119. 173 Nodir devonbegi madrasasi Bino 1622-1623-yillar oralig‘ida barpo etilgan. E’tiborli tomoni shundaki, Nodir Devonbegi madrasasi peshtoqidagi quyoshga tomon uchayotgan qush tasviri berilganligi 1437-yilda Ulug‘bek uchun tayyorlangan jadvalda keltirilgan burjlarning berilganligi bilan izohlanadi54. Ayrim manbalarda bunday tarzda ifodalanish ikki xil talqin qilinadi va ikkalasi ham islom dini kirib kelishidan oldingi mazmunni, ya’ni munajjimlikni ifodalaydi. Madrasa hovuzning sharqiy tomonida joylashgan bo‘lib, xonaqo bilan birgalikda qo‘sh uslubni eslatadi. Madrasaga aylantirilgan karvonsaroyning tarhidan shuni bilish mumkinki, unda madrasa uchun xos bo‘lgan o‘quv zali uchramaydi . Shuningdek, uning ichki qismida qo‘shimcha peshtoqlari mavjud emas. Qiziqarli jihati shundaki, madrasa va xonaqo deyarli bir davrda qurilgan va har ikkalasida ham mozaikadan foydalanilgan. Biroq ulardagi mozaikalar bir-biridan farq qiladi.Masalan, xonaqo peshtoqidagi kitoba mayolikali mozaika uslubida bajarilgan bo‘lsa, madrasa binosida geometrik mozaikani uchratamiz. Shuningdek, Devonbegi nomi bilan ataladigan hovuz 5 metr chuqurlikka ega bo‘lib, sakkiz qirrali ko‘rinishga ega. Uning uch tomoni me’moriy yodgorliklar bilan o‘ralgan bo‘lib, faqatgina janubiy – Shohrud kanali va savdo ko‘chasiga ro‘para ko‘chasi ochiq qoldirilgan xolos. Mazkur hovuz shu hududda saqlanayotgan hovuzlar ichida kattalaridan biri hamda me’moriy ansamblning ajralmas qismi sanaladi. Zeroki, shahar markazidagi ushbu ansamblning nomi ham bevosita u bilan bog‘liq. Hovuzlar asosan yaqin oradagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasini bajargan. Ularning atrofi doim meshkoblar bilan to‘la bo‘lgan. Bu XX asr boshlarida chet ellik fotograflar tomonidan olingan suratlarda ham o‘z aksini topgan. Ashtarxoniylar davriga kelib monumental qurilishlar kamaysada, shaharning markaziy qismlarida vujudga kelayotgan ansambllar o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turavergan. Jumladan, Labi Xovuz ansambli fikrimiz isboti. Abdulazizxon madrasasi bunyod etilishi bilan Buxoroda qo‘sh madrasalar soni yana bittaga ortgan. Bundan tashqari, 1617-yilda Registon maydonida Poyandabiy masjidi barpo etiladi . 1637-yilda esa Mag‘oki Ko‘rpa masjidi qad rostlagan. Hukmdor qarorgohi sanalmish Ark qo‘rg‘onida joniylar hukmronligi davrida ko‘plab inshootlar qad ko‘targan. Bu haqda Nosirxon To‘raning “Tahqiqoti Arki Buxoro” kitobida etarlicha ma’lumotlar uchraydi55. Masalan, Abdulazizxon davrida barpo etilgan Marosimxona binosi, Subhonqulixon davrida qad ko‘targan Jome’ masjidi binolari shular jumlasidandir. XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi56. Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir 1619-1635- yillarda Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida, vayron etilgan xonaqoh 5 o‘rnida SHerdor madrasasini, 1646-1659-yillarda Tillakori masjid-madrasasini barpo ettiradi. Samarqand Registon ansambli o‘zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi sanaladi. XVII asrning 60-yillaridan Buxoro siyosiy kurashlar maydoniga aylanib boraverishi natijasida uning madaniy va iqtisodiy ahamiyati biroz pasaygandek bo‘ldi. O‘sha davrda Eronga tashrif buyurgan polyak elchisi kuzatuvlariga qaraganda, Abdulazizxon “turli fan sohalarida, ayniqsa, matematika sohasida olim odam” bo‘lgan. U forslarga tez-tez o‘z kuchini his qilish imkoniyatini berardi. Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, qolgan ashtarxoniy hukmdorlar singari Abdulazizxon ham ijod kishisi sanalgan. Jumladan, u “Aziziy” taxallusi bilan she’rlar bitgan. Shuningdek, u nasx va nasta’liq xatida yozishni, maktub va insho mashqini zamonasining eng sara allomalaridan o‘rgangan edi. Keyinchalik oliy hukmdor darajasiga etishganda, Hindiston, Eron va Rumga xoh turkiy, xoh forsiyda bo‘lsin, noma bitilarkan, ularni o‘zi tahrir qilib, yoqmasa boshqatdan o‘zi yozarkan . Abdulazizxon hukmronligi davrida me’morchilik sohasiga alohida e’tibor qaratilib, Buxoroda o‘z nomi bilan va Volidai Abdulazizxon, Samarqandda Tillakori madrsalarini barpo ettiradi. Ular orasida tashqi peshtoqi muqarnasi betakror sanaladigani bu Buxoro shahridagi Abdulazizxon madrasasi sanaladi57. O‘rta osiyo mem’orchiligining XVII asrdagi g‘oyat ulkan me’morchilik namunasi haqida Pugachenkova hamda Rempelning “Ocherki iskusstva Sredney Azii” kitobida etarlicha ma’lumot berilgan58. Shuningdek, hukmdor o‘z davrida qo‘lyozmalar kutubxonasini tashkil etadi. Abdulazizxon tomonidan barpo etilgan Mirakon, Bozori Go‘sfand, Xiyobon madrasalarining ayrimlari bizning davrimizgacha etib kelgan. Abdulazizxon madrasasi O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob namunasi sanalgan Abdulazizxon madrasasi tashqi intereri o‘ta nozik did bilan ishlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Unda bir-biriga yaqin bo‘lgan ranglar uyg‘unligi muqarnas qismida ajoyib manzara kasb etib turadi. Madrasada ishlatilgan hamma bezaklar – yangi va qadimgi usullarning uyg‘unligi qo‘llanilishining ensiklopediyasi deb hisoblash mumkin. Sababi ajoyib va fusunkor ushbu madrasaning kitobalari uch xil usulda bezatilgan. Bular mayolikali mozaika, naqshinkor mayolika hamda geometrik mozika. Buxoro shahrida xo‘jalik binolari qurilishiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, ularning aksariyati shahar markazlarida, bozor va savdo rastalari yaqinida qurilgan. Birgina Registon maydonining o‘zida bozor binosi atrofida Subhonqulixon tomonidan barpo etilgan Dor ash-shifo (apteka) majmuasi mavjud bo‘lgan. Afsuski ushbu inshoot bizning kungacha etib kelmagan. O‘rta Osiyoda hammomlar joylashgan joyiga qarab turlarga bo‘lingan. Umumshahar yoki guzar hammomlari bir-biridan farq qilgan. O‘rta asr hammomlarining ayrimlari hozirgacha saqlanib kelinmoqda. Arxeologik tadqiqotlar natijasida ham hammom qoldiqlari topilgan59. Hammomlar jamoat binolari oldida, ko‘p hollarda masjidlar yonida barpo etilgan. Buxoro me’morchiligida saroy va boy zodagonlarning mehmonxonalari qurilishiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bunday inshshotlarning hajmi, bezalishi kabi belgilari xonadon sohibining jamiyatdagi mavqeini belgilagan. Dahlizning yuqori qismida alohida mehmonlar uchun shahnishin (shoh o‘tiradigan joylar) qurilgan. Buxoro me’morchiligidagi ushbu an’analar keyingi davrlar uchun ham xarakterli bo‘lib hisoblangan. Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining so‘nggi podsholari davrida Buxoro Registonida Bolo-Hovuz masjidi barpo etilgan. Bolohovuz masjidi Ubaydullaxonning hukmronlik yillari o‘sha davr saroy munshiysi vazifasida faoliyat yuritgan Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma” kitobida 1702-1716-yillar orasida ro‘y bergan voqealar bayon etilgan60. Ammo kitob uning vafotidan keyin yozilgani ma’lum. Bundan tashqari Ubaydullaxon mamlakatda 3 178 obodonchilik ishlariga e’tibor qaratgan. U madrasa va Buxoroning g‘arbida Xonobod chorbog‘i(1709)ni barpo qilgan61. XVIII asr shaharsozligida Buxoro Registoni g‘arbiy tomonida, Ark qal’asining to‘g‘risidi 1712-yilda Bolo-Hovuz masjidi barpo etildi. Joniylar davri me’morchiligining ko‘plab inshootlari bizning kunimizgacha etib kelmagan va tadqiqotchilar nigohini o‘ziga tortib kelmoqda. Bundan tashqari Buxoro shaharsozligida o‘rta asr uylari andazasi saqlangan bo‘lib, tor ko‘chalar suv va daraxtlari kam holatda uchrab turgan. Buxoro shahridagi boy zodagon va savdogarlarning uylari qismdan iboart bo‘lib, xo‘jalik, erkaklar va ayollar hovlilariga bo‘lingan. Buning yorqin namunasi bizning kunimizgacha saqlanib qolgan Ubaydulla Xo‘jaev uyi sanaladi. Ushbu hovlidagi mehmonxonalar, xonalarning soni, katta-yu kichikligi xonadon sohibining jamiyatdagi mavqeini belgilagan. Ushbu davrlarda hukmdorlar saroylari ikki xil vazifani bajarganligi manbalarda yozilgan. Birinchisi – asosan ma’muriy-siyosiy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, qal’a yoki hisor ichiga qurilgan. Ikkinchisi - shahar tashqarisidagi qarorgoxlar bo‘lib, bog‘-rog‘lar bag‘rida edi. Bu erda ham qabul marosimlari bazm bilan o‘tgan. Buxoro Arkida yashagan Nosirxon To‘ra “Tahqiqot” asarida qarorgohda joniylar sulolasi davrida barpo etilgan inshootlarni ham sanab o‘tadi62. Ashtarxoniylar davriga kelib shaharsozlikda asosan ansambl shakldagi tarixiy-me’moriy inshootlar qad ko‘tarishni boshladi. Hozirgi kunda Buxoro shahrining eski shahar qismida saqlanib qolgan tarixiy inshootlarda o‘z aksini topadi. Ular o‘z davri me’morchiligining ulkan va betakror namunalari sanalib, katta hajmdagi qurilish ishlari ushbu davrda ham jadal davom etganligini ko‘rsatadi. Eng qiziqarli jihati shaharni obodonlashtirish va yangi inshootlarning qurilishiga saroy amaldorlari ham o‘z hissalarini qo‘shib, o‘z nomlarini tarix sahifalariga bitib qo‘yishdi. Me’morchilikda ushbu davrda me’morlar inshootlarning qurilishiga alohida e’tibor berishgan hamda binolarning bezak ishlarida naqshinkor mayolika aralash usuldan foydalanganlar, ko‘pincha terrakota asosida geometrik mozaikani ham ishlatishgan. Ammo siyosiy va iqtisodiy tanazzul oqibatida ularda ishlatilgan bezaklarning sifati tobora pasayib boravergan. Hozirga qadar saqlanib qolgan joniylar davri masjid va madrasalardagi devoriy bezaklar bunga misol. XULOSA Ashtarxoniylar hukmronligi davrida hamtarixiy manbalarini asosan shariat, huquqiy, odatlar va xonlarning amr-farmonlari tashkil etgan. Mulkiy munosabatlar, nikoh-oila va jinoyat-jazo masalalari hamda sud ishlarini yuritish tartibi shariat normalari bilan belgilangan. Bu davrga oid yer huquqiga bag'ishlangan muhim manbalardan biri «Buxoro yer hujjatlari» to'plami bizgacha yetib kelgan. "Unda XVII-XIX asrlarda butun O'zbekiston hududidagi yerga egalik qilish va undan foydalanish tartibini ko'rsatuvchi qoidalar, davlat boshliqlarining bu boradagi farmonlari, sud hujjatlari haqida qimmatli ma'lumotlar beriladi. Hujjatlarda, jumladan, vaqf mulkini almashtirish, xususiy yer egaligi huquqining. davlat : tomonidan buzilib turishi, g'alla uyumlarini muhrlash va boshqa shu kabi yerga oid munosabatlar tartibga solinadi. Masalan, mulkning vaqfga aylanishi unga egalik qilish va uni tasarruf etishda muhim o'zgarishlar kelib chiqqan, ya'ni uni olish-sotish, almashtirish mumkin bo'lmay qolgan. Huquqshunos olim Z.Muqimov ko'rsatganidek, to'plamdagi ba'zi hujjatlar, xususan, 1721-yildagi savdo vasiqasi istisno hollar ham bo'lib turganligini ko'rsatadi. Unga ko'ra, Samarqand viloyatining Shovdor tumanidagi vaqf yerlar daromadidan foydalanuvchi Darvesh Muhammad Tarxonning avlodlari qonunda qat'iy taqiqlanganligiga va barcha yuridik qiyinchiliklar, cheklashlarga qaramay, vaqf yerlarini Samarqand yaqinidagi Olloyorbiyga qarashli asosiy yer mavzesidan chekkada joylashgan yer maydoniga almashtirishga muvaffaq bo'lgan. Chunki, Olloyorbiyning mulklari o'rtasida joylashib qolgan vaqf yerlaridan daromad kelishi juda kamayib ketgan (37-hujjat). Bu muomala, albatta, ma'him ustama haq evaziga amalga oshirilganligi bois uni almashuv emas, balki savdo-sotiq shartnomasi deb baholash mumkin. Mazkur hujjatlarda yerlar bora-bora turli yo'llar bilan bir ki.shi egaligiga o'ta borishi va bunda musulmon huquqidagi shuf'a qoidasi yordam berganligi aks etgan. Shunga oid birtalay hujjatlar keltirilgan. Ularga ko'ra, «mulki hur xolis» - soliqlardan ozod yerlar, xiroj yerlari, amlok (davlat) yerlari, vaqf yer mulklari hamda xususiy shaxslarga tegishli yer mulklari bo'lib, shartli yer-mulk egaligida «tanho» berish keng yoyilgan. Umrbod berilgan (lekin merosiy bo'lmagan) «tanho» yer mulki barcha soliqlardan ozod etilgan. Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki bu davr hozirgi kunga qadar o’rganilmayotgan davr bo’lib ,u davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar haqida unchalik ham ko’p ishlar amalga oshrilmagan, ammo bu davrda Ashtarxoniylar davriga kelib shaharsozlikda asosan ansambl shakldagi tarixiy-me’moriy inshootlar qad ko‘tarishni boshladi va bu hozirgi kunda Buxoro shahrining eski shahar qismida saqlanib qolgan tarixiy inshootlarda o‘z aksini topadi. Ular o‘z davri me’morchiligining ulkan va betakror namunalari sanalib, katta hajmdagi qurilish ishlari ushbu davrda ham jadal davom etganligini ko‘rsatadi. Eng qiziqarli jihati shaharni obodonlashtirish va yangi inshootlarning qurilishiga saroy amaldorlari ham o‘z hissalarini qo‘shib, o‘z nomlarini tarix sahifalariga bitib qo‘yishdi. Me’morchilikda ushbu davrda me’morlar inshootlarning qurilishiga alohida e’tibor berishgan hamda binolarning bezak ishlarida naqshinkor mayolika aralash usuldan foydalanganlar, ko‘pincha terrakota asosida geometrik mozaikani ham ishlatishgan Ammo siyosiy va iqtisodiy tanazzul oqibatida ularda ishlatilgan bezaklarning sifati tobora pasayib boravergan. Hozirga qadar saqlanib qolgan joniylar davri masjid va madrasalardagi devoriy bezaklar bunga misol. Download 334.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling