O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Download 334.18 Kb.
bet1/7
Sana22.06.2023
Hajmi334.18 Kb.
#1648482
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi. 15.06.2023




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI
KURS ISHI


Mavzu:Ashtarxoniylar davriga oid manbalar


Taqrizchi: t.f.n., dots. Odilov B. _______


Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi:
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va
etnologiyasi kafedrasi mudirasi,
t.f.n., dots. Alimova R.R. _______________


Bajardi: “Tarix (Markaziy Osiyo
mamlakatlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi
4-kurs talabasi
o‘g‘li_______


Ilmiy rahbar: Salimov S._____________
Toshkent – 2023


MUNDARIJA:
KIRISH..…………………………………………………………………………...3
I-BOB. Ashtarxoniylar davriga oid siyosiy-etnografik va sayyohlarning manbalari
1.1 Ashtarxoniylar davriga oid etnografik va siyosiy manbalar………….……….7
1.2. Sayyoh va elchilarning asarlarida Buxoro xonligining XVII-XVIII asrlarda iqtisodiy aloqalariga oid manbalar…………………………………………...17
II-BOB.Ashtarxoniylar davriga oid iqtisodiy-siyosiy manbalar tahlili
2.1.Ijtimoiy-siyosiy hayot,tashqi siyosat,oliy hukmdorlar faoliyatiga oid manbalar………………………………………………………………26
2.2.Ashtarxoniylar davri me’morchiligi oid manbalar……………………………….33
XULOSA…………………………………………………………………………39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………..…………………41

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek davlatchiligi tarixiga katta e'tibor qaratila boshlandi. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori o‘zbek davlatchiligi tarixi muammosining maqsadli rivojlanishiga imkon yaratdi1. O`zbekiston Respublika birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvidagi tarix fani borasida bildirgan fikrlari o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasining yaratilishiga g‘oyaviy asos bo‘lib, unda “ilmiy nuqtai nazarga tayangan davlatchilik tarixini yaratish”2 asosiy maqsad sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning Buxoro shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqid3,Buxoro shaharsozlik va davlatchilik tarixini o‘rganish masalasi ilgari surilgan.O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida Buxoro vohasining XVII asr va XVIII asr davri manbashunosligini yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida davlatchilik muammosining o‘rganilishiga haqqoniy baho berish muhim vazifalardan biriga aylandi. Zero, Buxoro xonligining XVI asr va XIX asr davri tarixi keng o‘rganilgan bo`lsa-da, lekin sovet davri manbashunosligida turlicha aralashishlar mavjud bo`lgan. XIX asr boshida ushbu sulola vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan keyin jamiyatda mavjud bo‘lgan nisbatan barqarorlik va osoyishtalik jarayoni xonlikning taraqqiy qilishiga asos bo‘ldi.
Mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar xonlik tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga, Rossiyadan ko‘plab elchilar, savdogarlar, harbiylarning xonlikka yuborilishi natijasida hisobot, xotira va monografiyalarning paydo bo‘lganligi xonlik haqida keng ma'lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Buxoro xonligiga oid ilk yozma manbalar o‘rganila boshlangan bo‘lsa ham, ularning mazmuni kam tadqiq etilgan. XX asrning 20 - 30-yillariga kelib, arxiv ma'lumotlarini tarixiy adabiyotlardagi ma'lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yuzaga kelgan. Ammo, sovet tarixshunosligida Buxoro xonligining davlatchilik tarixi alohida ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu davrda davlatchilik yagona bo‘lgani holda, milliy respublikalarning davlatchiligi ko‘pincha yo‘l-yo‘lakay, u yoki bu davlatning mavjud bo‘lganligini qayd etish shaklida tavsiflanar edi. Mustaqillik yillarida mavzuning yoritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoliga oid asosiy ma'lumotlarni chuqur o‘rganish, yangicha qarash va yondashuvlarni umumlashtirish imkoniyati vujudga keldi. Buxoro xonligining XVII asr va XIX asr manbashunosligini o‘rganishning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, bunday tadqiqot vatan olimlari tomonidan muammoni o‘rganishning manbalarini aniqlash, sovet va xorij tarixchilari tomonidan uni o‘rganish bosqichlarini tavsiflash, XXI asrda Xiva xonligini o‘rganish tarixining dolzarb yo‘nalishlarini ta’riflashga imkon beradi. Shunday qilib, XIX – XXI asrning boshlarida ushbu muammoni kompleks tadqiq etish va qayta baholash tahlillarning yangi yo‘nalishlarini belgilab, mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining ko‘p jildli tarixini yaratish maqsadlariga xizmat qiladi.

Download 334.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling