O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi
Download 334.18 Kb.
|
Kurs ishi. 15.06.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsad va vazifalari
- Kurs ishining obyekti va predmeti.
- Kurs ishning tuzilishi.
Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi. Ilmiy adabiyotlarning manbashunoslik tahlili shuni ko‘rsatadiki, Xiva xonligining XVII asr va XVIII asr davri manbashunosligi shu kunga qadar maxsus o`rganish obyekti sifatida alohida tadqiq etilmagan. Buxoro xonligi xonligi tarixi va manbashunosligiga Ashtarxoniylar hukmronligi davriga oid tarixiy manbalar Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Mahmud ibn Valining “Bahr al-asror”, Xoja Samandar Termiziyning “Dastur al- muluk”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Xo‘jamqulibek Balxiyning “Tarixi Qipchoqxoniy”, Abdurahmon Tolening “Tarixi Abulfayzxoniy”, Muhammad Vafo Karmanagiyning “Tuhfat al-xoniy”, Fazlulloh ibn Ro‘zbehon Isfahoniyning “Mehmonnomayi Buxoro” kabi asarlar mazkur davlat tarixini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi4.
Mamlakatimiz tarixshunosligida XVII-XVIII asr birinchi yarmi Ashtarxoniylar davlati tarixining turli jihatlari R.G.Muqminova,H.Z.Ziyoev, G.A. Agzamova, V.V. Bartold5, P.P. Ivanov6, B. Ahmedov7, K. Shoniyozov8, A. Asqarov9 kabi yirik olimlarning ishlari bu borada tayanch vazifasini o’tadi. Masalaning o’rganilish tarixi hamda bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar ko’lami akademik K. Shoniyozov tomonidan atroflicha ochib berilgan. K. Shoniyozov tahlillarida ikkinchi jahon urushi arafasida G’arbiy yevropalik ayrim olimlar, xususan Germaniyada fashistik oqim namoyondalarining shovinistik nazariyalariga qarshi olib borilgan ishlar, ularning ilmiy ahamiyati ham batafsil yoritilgan. Olimning mavjud nazariy-ilmiy qarashlar yuzasidan bergan yakuniy xulosalari ham katta ahamiyatga ega. Xususan, urug’’-qabilachilik an’analarini saqlab, asosan chorvachilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchilik bilan kun o’tkazib kelgan Dashti Qipchoq o’zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kelib o’rnashgach, mahalliy aholi bilan yaqinlashib, qorishib borishlari natijasida umumiy iqtisodiy va madaniy birlik xosil bo’lganligi hamda buning asosida keyinchalik o’zbek millati tashkil topganligi ta’kidlangan. Shuningdek, tadqiqotda masalani yoritishda ushbu davrga oid ayrim manbalargina muomalaga tortilgan. Ba’zi xolatlarda esa manbalardagi ma’lumotlarni keltirishda ba’zi jo’z’iy kamchiliklarga ham yo’l qo’yilgan. Jumladan, XVI asrning 30- yillarida Buxoro hukmdorlarining yurishlari natijasida Xiva xonligi aholisining bir qismini turli hududlarga olib ketilish jarabni yoritilgan saxifalarda ayrim chalkashliklar, iqtiboslardagi noaniqliklar ko’zga tashlanadi. O’z o’rnida akademik B. Ahmedov ham o’zbek xalqining kelib chiqishi va xalq bo’lib shakllanishi masalasini tadqiq etishda qo’lyozma manbalarning muhim o’rin to’tishini alohida ta’kidlab o’tgan. Jumladan, “O‘zbekistonda tarix fani: yutuqlar va rivojlanish muammolari” to‘plamida O.G. Pugovkina, U.A. Abdurasulov, M.U. Qayumovlar tomonidan Ashtarxoniylar sulolasi davri tarixining manbashunoslikdagi talqini yoritilgan., O. Masalieva tadqiqotida e'tiborini Buxoro xonligi tarixining XX asr xorijiy manbashunosligida o‘rganilishiga qaratsa10, Buxoro xonligining XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-30 yillari davri siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining ayrim masalalariga oid asarlar va tadqiqotlar mavjudligiga qaramasdan, Ashtarxoniylar davlatchilik muammosi manabshunoslik nuqtai nazaridan hozirga qadar yaxlit tarzda jamlab tahlil etilmagan va manbashunoslik fanida o‘z yechimini kutayotgan muammolar sirasini tashkil qiladi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu Kurs ishining asosiy maqsadi – Ashtarxoniylar davri tarixi manbashunosligida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli masalalarining qay darajada yoritilganini ko‘rsatib berish, muammo bilan bog‘liq yangi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish, mavjud tadqiqotlardagi tarixiy ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilib, ilmiy jihatdan umumlashtirishdan iborat. Mavzu yuzasidan oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi: – Ashtarxoniylar davri tarixining sovet manbashunosligidagi talqinini o‘rganish, asosiy nazariya va yondashuvlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish; – mustaqillik yillari tadqiqotlaridagi muammoga oid yangi konsepsiya va yondashuvlarni o‘rganish, tarixchilar tadqiqotlarining qiyosiy tahlili orqali xulosa chiqarish; - Ashtarxoniylar davri tarixini mahalliy mualliflar asarlari orqali o’rganib xulosa chiqarish; - Ashtarxoniylar davri tarixini sayyoh va elchilarning asarlari orqali o’rganish tushuncha hosil qilish. Kurs ishining obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyektini Buxoro xonligining XVII-XVIII asr davri tarixi, tadqiqotning predmetini XVII-XVIIIasr xonlik tarixining o‘rganilish darajasi tashkil qiladi. Ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Mahalliy tarixnavislarning xronologik tartibda yozilgan asarlaridagi ma'lumotlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarga ajratilgan holda o‘rganildi; – Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovet davri tarixshunosligida qayd qilingan ma'lumotlar mustaqillik yillarida qiyosiy o‘rganildi; – xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan adabiyotlardagi ma'lumotlar tahlil qilindi; – mustaqillik yillari tadqiqotlaridagi muammoga oid yangi konsepsiya va yondashuvlari o‘rganildi; – Ashtarxoniylar davri tarixining kam o‘rganilgan tomonlari har bir bob xulosasida ko‘rsatib berildi, yangi ma'lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi va muammoning yechimini keng ko‘lamda o‘rganilishiga oid amaliy tavsiyalar berildi. Kurs ishning tuzilishi. Ushbu kurs ishi, kirish, ikki bob, to‘rt bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Download 334.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling