O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Ashtarxoniylar davriga oid etnografik va siyosiy manbalar


Download 334.18 Kb.
bet3/7
Sana22.06.2023
Hajmi334.18 Kb.
#1648482
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi. 15.06.2023

1.1 Ashtarxoniylar davriga oid etnografik va siyosiy manbalar
XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo xonliklarida qarama-qarshi va murakkab tarixi jarayonlar ichgan.Ularni o'rganishda bu davr oralig'ida yaratilgan manbalar mahalliy muarrixlarning asarlari, Markaziy Osiyo hududiga XVI-XIX asrning birinchi yarmida tashrif buyurgan elchilar, sayohatchilar va boshqalarning xotiralari muhim o'rin tutadi.
XVII-XVIII asr boshlari tarixini yorituvchi Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma", Abdurahmon Tole'ning "Abulfayzxon tarixi, Muhammad Yusuf Munshiyning "Tarixi Muqimxoniy, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning "Muhit ut-tavorix", Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror do manoqib ul-ahyor" (Oliyjanob kishilarning jasorati haqidagi sirlar dengizi), Abulabbos Muhammad Tolib "Matlab ut-tolibin, (Toliblar matlabi) asarlari muhim tarixiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari Hoji Mir Muammad Salimning "Silsilat us salotin" (Podshohlar silsilasi), Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-muluk" (Podshohlar uchun dastur), Muhammad Vafo Karmanagiyning"Tuhfat ul-xoniy", asarlari ham bu davr tarixini yoritishda alohida o'rin tutadi. Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-muluk" asari O'zbekiston tarixini o'rganishda zòr qimmatga ega11. Termiziy Ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645- 1681) va Subhonqulixon (1681-1702) bilan zamondosh bo'lgan. U 1702-yilgacha Qarshida raislik lavozimida turgan1 . Abdulazizxon saroyida tarixchi (voqeanavis) lavozimida ishlagan. Shuningdek, Abdulazizxonning Buxoroga kirib kelgan xorazmiylarga qarshi yurishida ishtirok etgan. Bundan tashqari Xoja Samandar Subhonqulixonning Balxaga 1097/1685, 1104/1693 va 1107/1695-yillarda amalga oshirgan 3 ta yurishining ishtirokchisi bo'lgan. Ushbu asar Subhonqulixonga bag'ishlangan12. Asar uzoq vaqt tadqiqotchilar e'tiborini tortmadi. Bunga sabab asar nomi va tuzilishi (boblar ro'yxati) unga etik-didaktik mazmundagi asar sifatida qaralishiga olib kelgan. M,A.Salohiddinovaning so'zlariga ko'ra bu asar tadqiqotchilarni SSSR FA Sharqshunoslik institutining fors va tojik qo'lyozmalari qisqa katalogini tuzish vaqtida qiziqtiradi, chunki asarning uchdan ikki qismini tarixiy mazmundagi ma'lumotlar tashkil etadi.1694-yil Eron filologiyasi bo'yicha IV Butunittifoq ilmiy konferensiyasida "O'rta Osiyo tarixi bo'yicha yangi manba" mavzusida ma'ruza o'qildi. Ushbu ma'ruzada "Dastur ul-muluk" muallifi haqida qisqa ma'lumotlar berilib, asarning tarixiy manba ekanligini tushuntirishga harakat qilindi. "Dastur ul-muluk"da quyidagi siyosiy voqealar bayon etilgan: Xiva xoni Anushaxonning Buxoro xonligining markaziy shaharlariga bosqini, Subhonqulixonning Balxga 2 marta yurishi, Subhonqulixon qo'shinining Xurosonga Bolo Murg'ob qal'asini egallash uchun yurishi, isyonkor rahbarlarning Subhonqulixonga qarshi g'alayoni va shu bilan bog'liq Xiva xoni Anushaxonning o'g'li Erengxonning Qorako'l shahrining tumanlariga hujumi. Mazkur voqealar "Muhit ut-tavorix" va "Tarixi Muqimxoniy tarixiy asarlarida o'z aksini topgan.
“Matlab ut-tolibin” (Haqiqat izlovchilarning maqsadi) Tojidinning o’g’li Abulabbos Muhammad Tolib tomonidan 1663/64-yili yozib tamomlangan. Unda mashhur Jo’yboriy xojalaridan xoja Muhammad Islom , xoja Sa’d, xoja Tojiddin Hasan, xoja Abdurahim, Abdixoja va Muhammad Yusufxojalarning hayoti va ijtimoiysiyosiy faoliyati bayon etilgan, shuningdek, ushbu asarda ular istiqomat qilgan Buxoro shahri va hududi, undagi savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yoritiladi hamda Jo’ybor shayxlarining faoliyati va vaqf mulklari sanab o’tiladi. “Matlab ut-tolibin” faqat biografik asar bo’lib qolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga hamda Buxoro xonligi bilan Hindiston o’rtasidagi munosabatlarga tegishli o’ta muhim ma’lumotlar mavjud.Shuning uchun ham undan V.I.Vyatkin va P.P.Ivanov Jo’yboriy xojalarning yer-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan. Muhammad Tolib haqida quyidagilar ma’lum13. Asarda uchragan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, otasi 1608-yil vafot etganda u 39 yoshda bo’lgan. Shunga ko’ra, muallifning tug’ilgan yili 1579-yil bo’lib chiqadi. “Matlab ut-tolibin” tarkibi an’anaga ko’ra muqaddima, xotima va 8 bobdan iborat.Asarda Abdullaxon soniy bilan uning o’g’li va taxt vorisi Abdulmo’min sulton o’rtasida boshlangan ziddiyat haqidagi masalalarda aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Abdixo’janing XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining ichki ahvoli va uning mamlakatning siyosiy hayotida tutgan o’rni va mavqeyi haqida quyidagi ma’lumotlarni uchratamiz.So’nggi Shayboniy Pirmuhammad soniy davrida mamlakat beqarorlikka yuz tutdi. Shu payt Abdixo’ja Buxoroni tark etib Samarqandga bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi Muhammadning omadi yurishib taxtni egallaguday bo’lsa, davlatni birgalashib boshqarishga ahdlashdilar. Asarda Boqi Muhammadning mana bu so’zlari keltiriladi:”Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bo’lsak, unda mamlakatni siz, men va Vali Muhammad o’rtasida uchga taqsimlaymiz…”Ertasi kuni ertalab , nonushta paytida Abdixoja Boqi Muhammadxonga murojaat qildi ” Tabriklaymiz, ulug’ ajdodlarimiz sizga poytaxt Buxoroni in’om qildilar”14. Boqi Muhammadxon suyunib ketdi va singlisini Abdixojaga xotinlikka berdi. Ashtarxoniylar davri tarixini yoritishda rus elchilarining o'z hukumatiga yuborgan ma'lumotnomalari ham alohida ahamiyatga ega.Xususan, Rossiya elchilik mahkamasining mas'ul xodimi Florio Beneveni ma'lumotnomalari shular jumlasidan15.
Rossiya elchilari Buxoroda 3,5 yil 1721-yil 6-noyabridan to 1725-yil 8-aprelgacha turdi va Buxoroning o'sha davrdagi ahvoli haqida muhim ma'lumotlar to'playdi. Uning o'z hukumatiga yuborgan ma'lumotnomasida bu haqida mana bularni o'qish mumkin: "Uni (komerdiner N.Minerni) savdogar qiyofasida mol bilan Balx va Badaxshonga jo'natgan edim. Va ulardan o'tib Lohurgacha borishni buyurgan edim. Lekin yo'lda talonchilar ko'pligidan Balxdan orqaga qaytdi".Ushbu ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, xonlik tarixiga oid yaratilgan tadqiqotlar va nashrlarda asosiy e’tibor Buxoroning siyosiy tarixi, davlat tuzilishi, boshqaruvning xususiyatlari, Rossiya bilan munosabatlari kabi masalalarga qaratilgan16.
Ko’plab tadqiqotlarning obyekt hamda manbaviy asosi bo’lib xizmat qilgan asarlar O’rta Osiyo xonliklarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti hamda davlatlarning xalqaro munosabatlari tarixini yoritashda muhim manba sifatida ilmiy jamoatchilik orasida keng tarqalgan. Shunga qaramay, ushbu manbalardagi Markaziy Osiyo xalqlarining etnik tarixiga oid ma’lumotlar xozirga qadar ilmiy muomalaga keng tortilmagan. Manbalarda ko’rilayotgan masala yuzasidan ma’lumotlarning aks etashiga ko’ra umumiy va o’ziga xos jihatlar mavjud. Asarlarning barchasiga xos bo’lgan xususiyatlarni quyidagilarda ko’rish mumkin: Tadqiqotga jalb etilgan manbalarning deyarli barchasi maxsus O’rta Osiyo xonliklari aholisi va uning etnik tarixiga bag’ishlab yozilmagan.
Asarlarning aksariyatida xonlik aholisi tarkibini tashkil etgan etnik guruhlar biror siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqea-xodisalar bayonida tilga olingan17. Chunonchi, ushbu asarlarda urug’’, qabila nomlari biror mansab egasi yoki siyosiy jarayonlarda ishtirok etgan shaxs nomi bilan keltirib o’tiladi.
Aynan bunday turdagi manbalar qatorida Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon va xaqiqat al-gilmon”, Mulla Sharafiddin A’lam ibn Nuriddin oxunning “Tarixi Sayyid Rokim”, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod”, Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Abdurahmon Tole’ning “Tarixi Abulfayzxon”, Mahmud ibn Valining “Baxr al-asror fi manokibi al-axyor”, noma’lum muallif tomonidan yozilgan “Tarixi Koshg’ar”, Mirza Abdul Azim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya”, Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul- mulk”, Ahmad Donishning “Tarixi saltanati Mang’itiya” kabi turkiy va fors tillarida yozilgan asarlarni alohida ko’rsatib o’tish lozim18.
Yuqoridagi asarlarning mazmuni, yozilish tarixi, usuli, tahlili hamda ularning o’sha davr tarixini o’rganishdagi ahamiyati A.A. Semenov, B. Ahmedov, D.Y. Yusupova va R.P. Jalilovalar, M.X. Abuseitova va Y.G Baranovalar tomonidan chop etilgan kataloglar hamda manbashunoslikka bag’ishlangan asarlarda yoki tarjima qilingan asarlarning kirish qismlarida batafsil bayon qilingan. Shu sababli mazkur qismda asosiy e’tibor ushbu asarlarning xonlik aholisi etnik tarixi va mintaqada kechgan demografik jarayonlarni yoritishdagi rolini ko’rsatib berishga qaratildi.
Etnik masalaga oid ma’lumotlarni aks ettirishda o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan manbalardan yana biri XVII asrda yozilgan Mahmud ibn Valining “Baxr al-asror fi manokib al-axyor” asaridir. Uning boshqa manbalardan farqli jixati shundaki, ensiklopedik xarakterga ega, 7 jilddan iborat ushbu asarning “Geografiya” qismida muallif xonlik hududida yashagan ayrim urug’ hamda kabialalar va ularning siyosiy mavqei to’g’risida to’xtalgan19. Mahmud ibn Vali o’z asarining oltinchi jildini xulosa qismini Hindistonga qilgan sayohati, turk-mug’ul qabilalari hamda turli bayram tadbirlarining bayoniga bag’ishlagan. Shu sababli asarning tarix va aynan etnik tarixga oid qismlarini o’zbek tiliga tarjima qilish bugungi kun tadqiqotchilari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu esa nafaqat O’zbekistan balki, butun Markaziy Osiyoning O’rta asrlardagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda etnik tarixini muhim ma’lumotlar bilan boyitish imkoniyatini beradi. Ashtarxoniy hukmdor Imomkulixon (1611-1642)ga atab yozilgan Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” asari ham ko’rilayotgan masala bo’yicha ayrim o’ziga xos xususiyatlarni jamlaganligi bilan ajralib turadi. Unda Movarounnahr va Turkiston hududlariga Dashti Qipchoqdan kirib kelgan ko’chmanchi o’zbeklarning joylashuvi, turli etnik guruhlar o’rtasidagi nikoh munosabatlari borasida qiziqarli ma’lumotlar o’rin olgan.
XVI-XIX asrlar davomida Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi o’zaro urushlar hamda Eron va Hindistonning mintaqada o’z manfaatlarini o’rnatishga bo’lgan xarakatlari Buxoro xonligi hududining o’zgarib turishiga sabab bo’lgan. Bu xolat esa manbalarda xonlikning hududiy chegaralari to’g’risida turli xil ma’lumotlarni aks etishiga sabab bo’lgan20. O’z navbatida ta’kidlash kerakki, davlat chegaralarining o’zgarib turishi xonlik aholisining etnik tarkibi va mikdoriga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ushbu jarayon o’rta asr mahalliy manbalarida ham aks etgan bo’lib, garchi asarlarda Buxoro xonligi hududidagi aholi soni borasida aniq faktlar keltirilmasa-da, avvalgi qismlarda ta’kidlanganidek, aholining etnik tarkibi, turmush tarzi hamda urf-odatlari, tili borasida so’z yuritish imkonini beruvchi ma’lumotlarni uchratish mumkin. Chunonchi, bu davr manbalarida xonlik hududida mahalliy aholi ularning yashab kelayotgan joy nomi bilan tilga olinganligi ko’zatiladi. Jumladan, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida Temuriylar va Shayboniylar o’rtasida Movarounnahr uchun bo’lib o ‘tan janglardan birini tasvirlash jarayonida Dashti Qipchoqdan kelgan ko’chmanchi jangchilarga nisbatan mahalliy qo’shin askarlarining fe’l atvoridagi ustunlikni ko’rsatar ekan, muallif ularni – « movarounnahrliklar” deb, qayd etgan.
Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» kabi asarlarida esa ko’p xollarda ular shahar nomlari bilan ya’ni, "buxorolik ”, “samarqandliklar ”, "toshkentliklar ” tarzida keltirilgan. Ahmad Donishning «Tarixi salotini mang’itiya” asarlarida xonlik aholisiga nisbatan “el”, “elat” iboralari ham qo’llanilgan . Bundan tashqari o’rta asr muarrixlari o’z asarlarida Buxoro xonligidagi shahar aholisi to’g’risida so’z yuritganda ko’p xollarda ularni etnik nom bilan emas balki, ijtimoiy mavqei yoki kundalik mashgulotlari bilan ya’ni, dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ilm ahillari hamda diniy ulamolar deb atagan. Shuningdek, manbalarda yana hunarmand aholi yashash joyidan kelib chiqib, shaharlik hamda qishloliq hunarmandlar toifasiga ajratilgan21. Moli yashash joyining geografik xususiyatiga qarab tasniflash xolatini Muhammad Amin Buxoriyning asarida ham kuzatish mumkin. Xususan, muallif Buxoro shahrida yashovchi xalqqa nisbatan shahriy, Miyonqol atrofida yashagan aholiga esa saxroyi atamasini qo’llagan. Shuningdek, mazkur atamani muallif Buxoro xoni saroyidagi amaldorlarni ta’riflash asnosida ham keltirib o’ttan. “Ubaydullanoma”dagi mazkur ma’lumot bu davrda xonlik saroyida xizmat qilgan turli mansab egalari ham o’troq, ham ko’chmanchi aholi vakillaridan iborat bo’lganligini ko’rsatadi. XVI asrda yaratilgan manbalar orasida Zahiriddin Muhammad Bobo’rning “Boburnoma” asarida mahalliy aholi haqida ko’plab ma’lumotlar uchraydi. Garchi asardagi voqealar XV asr oxiri - XVI asr boshlariga oid bo’lsa-da, uning davriy jixatdan yakinligini hisobga olib, mazkur asarni xonlik aholisining etnik tarixi to’g’risida ma’lumot beruvchi muhim manbalar qatoriga kiritish mumkin.
“Tarixi Muqimxoniy”da esa asar muallifi Imomqulixonning Balxga qilgan tashrifini tasvirlar ekan, "... shuningdek, barcha ulug’, taniqli va martabali kishilar, olimlar, o’zbek va tojik aholisining turli ijtimoiy qatlamlari vakillaridan harbiylar va taniqli kishilar chiqdi. Usha kuni bu uchrash hamda hammasi bo’lib tahminan 100 000 kishi ishtirok etdi”, deb Balx shahri aholisining ma’lum miqdori va tarkibi haqida ma’lumot berish qatorida “o’zbek” va “tojik” atamalarini ishlatgan. Muallif bu yerda ushbu atamlarni kimlarga nisbatan ishlatgani to’g’risida izoh bermagan. Manbalarda yana “92 o’zbek urug’’i” iborasi ham ishlatilib bu ma’lumotlar ularning aksariyati Buxoro xonligi hududida yashaganligini tasdiqlaydi. Bu xolat Buxoro xonligi hududida qanday urug’’ va qabilalar yashaganligi to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi quyida manbalardagi ana shu ma’lumotlar asosida xonlik hududida yashagan urug’’ va qabilalar hamda ular bilan bog’liq jarayonlar alifbo tartibida keltiriladi: Aymoq urug’’i, XVI-XVIII asrlarda yaratilgan manbalarda Buxoro xonligida yashagan bir etnik guruh sifatida tilga olinib, asarlarda yozilishicha, ular asosan Xuroson hududida istiqomat qilgan. Xususan, “Tarixi Muqimxoniy” va “Baxr al-asror fi manokibi al-axyor” asarlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, usha davrda aymoqlar asosan Qunduz hamda Balxning Chechaktu, Darayi suf, Karki, Maymana hududlarida yashagan. “Ubaydullanoma” asarida esa xonlikda ma’lum bir mavqeyni egallagan ko’chmanchi aymoq urug’’iga mansub kishilar to’g’risida ma’lumot berilgan22.
Xonlik aholisi tarkibida arablar ham bo’lib, asarlarda yozilishicha, ular Buxoro, Qashqadaryo, Balx va boshqa hududlarda yashagan. “Baxr al-asror fi manokib al-axyor” muallifi Balxning Xulm shahri atrofida ko’chmanchi arablar yashaganligini ta’kidlasa, “Tarixi Muqimxoniy” asari muallifi arablar Balx hokimi Mahmudbiy otaliq qo’shinining asosiy tarkibini tashkil qilganligini qayd etgan. Buxoro xonligi tarixiga oid manbalarda mamlakatda arg’un urug’i ham yashaganligi va ular o’ziga xos mavqeyni egallab, yuqori mansablarda faoliyat ko’rsatganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham uchraydi “Tarixi Muqimxoniy” asarida esa devonbegi lavozimida faoliyat ko’rsatgan Ali Said devonbegi arg’un nomi zikr etilib, u boshchiligidagi arg’un qabilasi Balxda Qipchoqlarga qarshi kurashda faol ishtirok etganligi yozilgan. Barloslar nomi ham manbalarda tez-tez tilga olingan urug’’lardan biri hisoblanadi. Jumladan, “Boburnoma”, “Musaxxir al-bilod”da, nufuzli amirlar qatorida Shayx Abdullox barlos va boshqalar, temuriy hukmdor Boburmirzo qo’shini tarkibida faoliyat ko’rsatgan Qaro barlos, temuriy Badiuzzamonning xos amirlaridan Shohmuhammad barlos, Sulton Boyazid barlos, Amir Haydar Burunduq barlos, Shayboniyxonning rafiqalaridan biri Sevinch Qutluq Og’oning bobosi, buxorolik Amir Muhammad Burunduq barloslar nomi zikr etilgan23 .
XVII-XIX asrlarda Buxoro xonligida kechgan siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan urug’lardan biri kenagaslar hisoblanib, ashtarxoniy Abulfayzxon va Mang’itlar sulolasi vakili Amir Haydar hukmronligi yillarida ularning xonga qarshi ko’zg’olon ko’targanligi mahalliy manbalarda bir necha bor tilga olingan. Asarlarda kenagaslar xonlikning Shahrisabz hududida yashaganligi qayd etiladi. Buxoro xonligi hududida yashagan va undagisiyosiy jarayinlarda faol ishtirok etgan urug’lardan yana biri mang’itlar hisoblanib, ular to’g’risida manbalarda turli ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida mang’itlar haqida ma’lumotlar yozilib asar muallifi ularni asosiy yashash joyi sifatida Dashti Qipchoq hududini ko’rsatgan. Jumladan, “Ubaydullanoma” asarida dastlab Shahrisabz hokimi etib tayinlangan keyinchalik parvonachi mansabini egallagan Xudoyor biy mang’it haqida so’z yuritilib, ma’lumotlar uni ashtarxoniylar hukmronligi davrida o’ziga xos mavqega ega bo’lganligini tasdiqlaydi24.
XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarda mang’itlar bir nom bilan atalgan bo’lsa, keyingi davr manbalarida esa mang’itlarning turli nomlari uchraydi. Jumladan, Mirza Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya” nomli asarida Oqtepa mudofaasida ishtirok etgan qo’shin boshliqlari orasida Rahmonqulibiy parvonachi to’q mang’it ismi va qora mangitlar ham tilga olingan. 17 Bu urug’ni guruhlashtirish xolatini XIX asrda o’rtasiga, jumladan, Buxoroga tashrif buyurgan N. Xannikovning asarida ham ko’rish mumkin. Uning e’tirof etishicha, mang’itlar uch guruhga bo’linadi: to’q mangit, qora mang’it, oq mang’it. Ular asosan Buxoro va Qarshi atroflarida o’troq va yarim ko’chmanchi turmush tarzida yashagan. Manbalarda ko’p tilga olinadigan urug’lardan yana biri minglar xisoblanib, ma’lumotlardan ayniksa ashtarxoniylar davrida ularning siyosiy jarayonlardagi roli kuchayganligini ko’rish mumkin. “Tarixi Muqimxoniy”, “Ubaydullanoma” va “Tarixi Abulfayzxon” asarlarida bu davrda minglar o’troq va yarim ko’chmanchi tarzda hayot kechirib, asosan Shibirg’on, Karki, Maymana, Samarqandning Urgut, O’ratepa hududlari, shuningdek, Balxda yashaganligini va to’qsoba, devonbegi mansablarida faoliyat ko’rsatganligini tasdiqlovchi ko’plab ma’lumotlar uchraydi25.

Download 334.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling