O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


O„zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o„tishning asosiy xususiyatlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

5.O„zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o„tishning asosiy xususiyatlari 
O‗zbekiston oldida ikki strategik-istiqbolda ko‗zlangan vazifa turadi. Uning biri - 
mustaqillikning iqtisodiy poydevorini yaratish. Ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga o‗tish.
Bozor islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‗tishning nazariy 
modeli yaratildi. (Shu mavzuning 1-§ da qarab chiqildi).Bu modelda yangi iqtisodiyotga 
o‗tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islorotlarning asosiy 
yo‗nalishlari belgilanadi.Respublikada iqtisodiy islorotlarni amalga oshirishning asosiy 
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish; 
- agrar islohotlar; 
- moliya-kredit va narx-navo islohoti; 
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; 
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; 
- ijtimoiy islohotlar. 
Iqtisodiy islorotlarni amalga oshirishning bu asosiy yo‗nalishlari I.A.Karimovning 
«O‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida» kitobida bayon qilib berilgan. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang‗ish nuqtasi bozor iqtisodiyotining 
huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‗ladi. 
Iqtisodiy mustaqillikka bozor mexanizmi orqali erishiladi, lekin uning O‗zbekistonda shakllanishi 
o‗ziga xos yo‗l bilan yuz bermoqda. Bu yo‗l bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini e‘tirof etgan 
holda, O‗zbekistonning milliy xususiyatlarini hisobga oladi. Bu xususiyatlar quyidagilardir: 
O‗zbekiston 
iqtisodiyoti kam 
rivojlangan 
bo‗lsa­da, uning 
ishonchli 
saloriyati bor 
O‗zbekiston 
tabiiy 
va 
Mehnat 
resurslariga boy 
diyor, 
uning 
saxiy yeri va 
Mehnatsevar 
xalqi bor 
Respublikamiz 
aholisining o‗sish 
sur‘atlari jadal, 
shu 
boisdan 
mehnat resurslari 
tez ortib boradi 
O‗zbekiston 
iqtisodiyotida 
mustaqillikning 
dastlabki 
yilarida 
qishloq 
xo‗jaligining o‗rni 
katta 
bo‗lib, 
aholining 
katta 
qismi 
(60%) 
qishloq 
joylarda 
istiqomat qilardi 
O‗zbekiston sharqiy 
sivilizatsiyaga 
mansub 
mamlakat. 
Bu yerda sharqona 
iqtisodiy 
ko‗nikmalar, 
ota­bobolardan 
meros 
qolgan 
xo‗jalik 
yuritish 
usullari bor 
Bu xususiyatlar O‗zbekistonda bozor iqtisodiyoti sari borish yo‗lini tanlash uchun asos 
bo‗ldi. Bu yo‗l jahon tajribasiga tayangan holda, ammo mamlakatimizning milliy manfaatini, 
undagi real sharoitlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyotiga o‗tishni bildiradi. Bu yo‗l 
bozor iqtisodiyotiga inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, tinchlik va xotirjamlik 
sharoitida, xalqni ijtimoiy rimoya qilish orqali sekin­asta, bosqichma­bosqich o‗tilishini 
ta‘minlaydi. 


37 
O‗zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‗tishning o‗ziga xos yo‗li Respublikamiz Prezidenti 
I.A.Karimov tomonidan olg‗a surilgan besh tamoyilda ifodalab berildi: 

iqtisodiyot siyosatdan ustuvor bo‗lishi va buning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishidir. 

davlat bosh islorotshi bo‗lishi kerak. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o‗tish tartibsiz ravishda
o‗zibo‗larshilik asosida emas, balki davlat harbarligida amalga oshiriladigan islorotlar orqali yuz 
berishini bildiradi. 

qonunlar va ularga amal qilinishining ustivorligini ta‘minlash. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga 
o‗tish tartibli ravishda, hammaning keng jamoatshilik ishtirokida ishlab chiqqan davlat qonunlariga 
so‗zsiz rioya etishi orqali borishini bildiradi. 

faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bu iqtisodiyotga kuchli ta‘sir eta oladigan, xalqning ijtimoiy 
rimoyasini, uning faolligini ta‘minlaydigan, ijtimoiy adolatni yuzaga chiqaradigan siyosatni olib 
borishni anglatadi. 

bozor iqtisodiyotiga sekin­asta, bosqichma­bosqich o‗tish. Bu tamoyil chuqur iqtisodiy islorotlarni 
shoshilmasdan, sobitqadamlik bilan amalga oshirishni talab etadi. 
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy – boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay 
boshqa yangi turiga o‗tish, iqtisodiy islorotlar strategiyasini ishlab shiqish va uning asosiy 
yo‗nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islorotlar – bu bozor munosabatlarini 
shakllantirishga qaratilgan shora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islorotlardan ko‗zda tutilgan 
maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini 
yaratish, ularning ma‘naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni ta‘minlashdan iborat. Respublikada iqtisodiy islorotlarning huquqiy negizini 
yaratish bo‗yicha amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo‗nalishini ajratib ko‗rsatish 
mumkin. 
Birinchi yo‗nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini yaratish, 
davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish. Boshqaruv 
tizimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chegaralab qo‗yildi. Vakolatli 
rokimiyatning yagona to‗la huquqli organi bo‗lgan rokimlik instituti yaratildi, fuqarolarning 
o‗z-o‗zini boshqarish sohasida fuqarolar yig‗ini joriy qilindi. 
Ikkinchi yo‗nalish – tizimdagi o‗zgarishlarga, yangi iqtisodiy
munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo‗ladigan qonunlar 
tizimini yaratish. Respublikada bu yo‗nalish bo‗yicha qabul qilingan qonunlarda mulkdorning 
huquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e‘tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari 
uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab 
chiqildi. qisqacha aytganda bozor munosabatlarining negizi bo‗lgan ko‗p ukladli iqtisodiyotni 
shakllantirishning barcha huquqiy asoslari yaratildi. 
Uchinchi yo‗nalish – xo‗jalik yuritishning va institutsional o‗zgarishlarning bozor 
sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmni yaratishga qaratadigan qonunlar. Bozor 
infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta‘minlaydigan 
qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning turli sohalarida xo‗jalik yuritayotgan 
sub‘ektlarning huquq va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar 
qabul qilindi. Korxonalar to‗g‗risidagi qonun, kooperatsiya to‗g‗risidagi, derqon xo‗jaligi 
to‗g‗risidagi, xo‗jalik jamiyatlari va shirkatlari to‗g‗risidagi qonunlar shular jumlasidandir. 
To‗rtinchi yo‗nalish – Respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli 
sub‘ekti sifatida, ta‘riflovchi huquqiy normalarni yaratish. Bu yo‗nalishdagi qonunlarni qabul 
qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi tarixida sifat 
jihatdan yangi bosqish boshlandi. 
Beshinchi yo‗nalish – kishilarning konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy 
kafolatlarini va aholini ijtimoiy rimoyalashni ta‘minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish. Bu 
qonunlar bozor munosabatlariga o‗tish sharoitida aholining eng murtoj tabaqalari 
manfaatlarini qonun kuchi bilan rimoya qilishgagina emas, balki ularning ma‘naviy 
imkoniyatlarini namoyon qilish, islorotlar uchun mustarkam ijtimoiy zamin yaratishga ham 
imkon beradi. YUqorida qarab chiqilgan barcha qonunlarda bozor iqtisodiyotining huquqiy 


38 
asoslarini yaratish ham amaliy, ham iqtisodiy islorotlarni amalga oshirishning huquqiy asosini 
tashkil qildi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling