IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING
O„QUV DASTURI
Kirish
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan
milliy xo‗jalik qaror topmoqda va uinng institutsional jihatlari takomillashmoqda.
Transformatsiya jarayonlarida milliy iqtisodiyot barpo bo‗lishi va uning jahon xo‗jaligiga
qo‗shilishi o‗ziga xos tendensiyalarni yuzaga chiqaradi va qonuniyatlar shakllanadi.
O‗zbekistonda ham boshqa qator davlatlar kabi resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan
zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, milliy ishlab
chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish yo‗nalishlarida islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiyot nazariyasi predmetini chuqur o‗rganish,
barcha jamiyatlarga xos bo‗lgan nazariyalar, umumiy qonuniyatlardan xabardor bo‗lish,
nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg‗ab olish, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining
global va lokal masalalarini tushunish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni
o‗rganish zaruriyatini izohlaydi.
O„quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o„qitishdan maqsad - talabalarga iqtisodiyot nazariyasi tushunchalari va
tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish
tendensiyalari hamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur
usullarini, bilim, malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar mohiyatini
tushuntirish, iqtisodiy nazariyalar, g‗oyalar va yondoshuvlar evolyutsiyasini aniq tushunchalar
orqali singdirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiqtisodiy nazariya doirasidagi
ustuvor yo‗nalishlarini o‗rgatishdan iborat.
Fan bo„yicha talabalarning bilimiga, ko„nikma va malakasiga
qo„yiladigan talablar
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani mavzularini o‗zlashtirish jarayonida bakalavr:
- iqtisodiy nazariyaning asosiy g‗oyalari, tushuncha, kategoriya va tamoyillari,
yondoshuvlari, umumiqtisodiy fanlarning o‗zaro mantiqiy bog‗liqligini bilishi kerak;
- ma‘ruza materiallarini o‗zlashtirish orqali milliy iqtisodiyotlar, shuningdek, jahon
xo‗jaligi shakllanish va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tushuna olish, iqtisodiy
tushunchalar va atamalarning amaliy namoyon bo‗lish shart-sharoitlari, omillarini tahlil qilish
va iqtisodiy voqelikni ilmiy mushohada(idrok) etish ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak;
- iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishi va yechimi, asosiy ta‘limot va nazariyalarni
tushunish orqali milliy iqtisodiyotning amal qilishi, boshqarilishi va bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog‗liq ilmiy va amaliy
faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo„lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |