I semester 1 – mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Download 57.27 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi57.27 Kb.
#1058195
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JTNU 1-MAVZU


I SEMESTER


1 – MAVZU: Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari
Reja:
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani o’quv predmeti sifatida.
2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy tushunchalari: “Jismoniy madaniyat”, “Jismoniy tarbiya”, “Jismoniy rivojlanish”, “Sport”, “ Jismoniy madaniyat tizimi”.
3. Jismoniy madaniyat nazariyasining oliy ta’lim tizimidagi o’rni.
Tayanch iboralar: Ilmiy fan, o‘quv fani, ma’nbalari, kontseptsiya, davr, fundamental bilim, ob’ekt omil, sub’ekt omil, o‘qitish fani, hayotiy amaliy harakat malakasi, jismoniy sifat, jismoniy mashq, jismoniy barkamol, jismoniy tarbiya vositalari


1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o‘quv fani sifatida
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fani mutaxasislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxasislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish va boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan sifatida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonning jismoniy barkamolligining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning uslubiyoti haqidagi amaliy nazariy bilimlarni beradi, hayotiy zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini oshiradi.
O‘quv fani sifatida jismoniy jismoniy tarbiya nazariyasi fani tarbiya nazariyasi va sport bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda kasbiy ma’lumot berishning asosiy predmeti bo‘lishini taqazo etadi.
Jismoniy jismoniy tarbiya o‘quv fani sifatida 4 qismdan iborat;
1. Jismoniy jismoniy tarbiya nazariyasiga kirish.
2. Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy asoslari.
3. Jismoniy tarbiyani tipik yo‘nalishga xarakteristika shakllaridan foydalanishi.

Muammо:
Jismоniy tarbiyaning xususiy qоnuniyatlarini belgilash, undan pedagоgik jarayonda fоydalanish, jismоniy tarbiya jarayonini bоrishini o‘rganish.
4. Inson hayotining turli davrlarida jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy asoslaridan foydalanish.
O‘quv fani sifatida shakllanishiga va rivojlanishiga jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkunligi haqida nazariy fikrlarni vujudga kelishi va unga intilish sabab bo‘ldi. Bu bilan insoning jismoniy rivojlanishi boshqarish mumkunligi haqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishi isbotlandi.


Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling