I semester 1 – mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi


Download 57.27 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi57.27 Kb.
#1058195
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JTNU 1-MAVZU

4. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari samarali mehnat qildilar. Amaliy materiallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarni ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining differentsiyallanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar “Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish”, “Jismoniy mashqlar biomexanikasi”,
“Sport psixologiyasi ”, “Sport metrologiyasi ”, “Sport fiziologiyasi”, “Davolash jismoniy madaniyati”, “Jismoniy mashqlar gigiyenasi ” boshqalar ajralib chiqdi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kursida pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya, va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izohlab, isbotlab bo‘lmaydi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati qator ilmiy fanlar bilan chanbarchas bog‘liq. Har qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli samara bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan.

Muammоli vaziyat:
Insоn jismоniy tarbiyasi, jismоniy rivоjlanganligi, jismоniy kamоlоti, jismоniy barkamоlligi jismоniy tayyorgarligi hayotiy jarayonda turli xil kasb hunarni egallashda muammоli vaziyatni yuzaga keltirib chiqaradi.
Jismoniy tarbiyaning butun bir pedagogik muhitini o‘z ichiga olgan boshlang‘ich, keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta - sekinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir, gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta’sir ko‘rsata olganlari alohida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin emasdi.
Biologiya fani bilan bog‘liqligi - jismoniy tarbiya vositalarini shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’sir reaksiyasini o‘rganish kerakligiga aloqadordir. Jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqarish anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini hisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya haqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga ta’sir etmay qolishi mumkin emas. Boshqa bir qatorlari oldindan shakllangan tabiiy yoki ilmiy-amaliy fanlar; anotomiya, fiziologiya, psixiologiya, gigiyena, bioximiya va boshqa fanlar tarzida tavsiya qilingan. Jismoniy tarbiya nazariyasini shakllanishida sotsiologiya, antropologiya, ijtimoiy psixiologiya va boshqalar ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Demak, jismoniy tarbiya nazariyasi kursi o‘z ichiga keng kompleksli bilimlarni mujassamlashtiradi. Bu nazariy bilimlar jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga oid fundamental bilimlar deb tan olinadi. U bo‘lajak mutaxassisga kasbiy faoliyatining mazmuni to‘laqonli tushunchaga, o‘z kasbi bo‘yicha saviyasi, intelektini kengaytirishga imkoniyat beradi, o‘z hunari, o‘yi, dunyoqarashini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.


Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling