I semester 1 – mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish davrlari


Download 57.27 Kb.
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi57.27 Kb.
#1058195
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JTNU 1-MAVZU

1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish davrlari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining rivojlanishi bir necha davrlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi davr - inson o‘zining ijtimoiy faoliyati davomida harakat-faoliyatini organizmga ta’siri haqidagi eng dastlabki (emperik) bilimlari (Ponamarev. N.I. 1975 ). Eng dastlabki emperik-bilimlarning to‘planishi “mashqlanganlik”ning foydasini sezib, ma’nosiga yetish va tajribasini kuzatish usullarini anglashga imkon yaratadi. Bu “jismoniy mashqlar”ning va “jismoniy tarbiya”ning paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratilishida omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi davr - jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llanila boshlagan birinchi uslubiyotlarning yaratilishi – qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davrini va o‘rta asrni o‘z ichiga oladi.
Jismoniy tarbiyadagi bu uslublar, tajribalar orqali vujudga keltirilgan bo‘lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar, odam organizmini faoliyati qonuniyatlarini hali bilmasligi sababli jismoniy mashqlar ta’siri mexanizmini tushuntira olmas, shunga ko‘ra jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning foydasini tashqi natijalarga qarab baholadilar.
Yunonistonning jismoniy tarbiya uslubiyotlari aytarli darajada ma’lum edi. U mavjud vositalar va usulubiyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtira olgan edi. O‘rta asrlarning o‘rtalarida uslubiyotlarning xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o‘yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bo‘yicha dastlabki qo‘llanmalar paydo bo‘ldi.
Uchinchi davr jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni intensiv to‘planishi, uyg‘onish davridan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Inson tarbiyasi uni o‘qitish davolash haqidagi fanning rivojlanishning filosoflar, pedagogik va tibbiy ma’lumotlarning, bilimlarning vujudga kela boshlagan davri.
Bu ma’lumotlar hali turlicha edi. Chunki ko‘pincha o‘sha davrda mustaqilroq sanalgan falsafa, pedagogika, tibbiyot fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yo‘l-yo‘lakay ammo zarur bo‘lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko‘pincha o‘z muammolarini jismoniy tarbiyaning ro‘lini hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar.


Jismоniy tarbiyaning umumiy nazariyasi

Tabiiy fanlarning aralash sоhalari


JTNU




JTN ning bоshqa sоhalari

Spоrt nazariyasi







Xususiy maxsus fanlari





Jismоniy tarbiya




Jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, uning kasbiy sohalari va maxsus fanlarining xususiy predmetlari sxemasi
To‘rtinchi davr - XIX asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va uslubiyati shakllanib bordi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi olimlaridan biri Petr Frantsevich Lesgaft o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlar bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy - nazariy va o‘quv fani ekanligini ilmiy amaliy isbotladi.
Beshinchi davr - rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘ro davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o‘sha davrda ilg‘or hisoblangan metodlarga tayanib amalga oshirildi.



Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling