I semester 1 – mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining manbalari


Download 57.27 Kb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi57.27 Kb.
#1058195
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JTNU 1-MAVZU

2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining manbalari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
- jismoniy tarbiya jamiyat mahsuli ekanligi, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog‘liqligi
- jismoniy tarbiyaning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamoyillari;
- jismoniy tarbiyaning vositalari, metodik tamoyillari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- jismoniy mashqlar va uni o‘qitish jarayonini tuzilishi;
- jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining tashkilashning shakllari
- jismoniy tarbiya jarayonining rejalashtirish va uning hisoboti;
- jismoniy tarbiya usullarini xususiyatlari;
- maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi;
- sport trenirovkasi jarayoni xarakteristikasi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyani umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining o‘rganish predmeti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda aholining har qanday tabaqasini: bolalar, o‘smirlar, yoshlar, o‘rta yoshdagilar, katta va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni endigina boshlaganlari, malakali sportchilarning jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlarini tushuniladi.

Eslab qоling:
Jismоniy tarbiya nazariyasini ko‘pincha jismoniy tarbiya amaliyotini aks ettiruvchi nazariy bilimlar to‘plami, uni qоnuniyatlarini ifоdоlоvchi va uni amalga оshrishga xizmat qiladigan fan sifatida qaraladi.


Farqlash kerak bo‘ladi:

  1. Xususiy maxsus fanlar

  2. Ayrim spоrt sоhalarning fanlari
Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyoti (sport o‘yinlari, gimnastika, va h.k.larning o‘qitish metodikasi ) alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va o‘quv fanlari tarzida shakllangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi fani esa ularni yagona nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, o‘rganish predmeti xarakteriga ko‘ra pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida o‘z qoidalarini ijtimoiy, psixologik va biologik faktorlar hisobiga to‘ldiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining rivojlanishi uchun quyidagilar asosiy manbaalar hisoblanadi.
- mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yuksaltirishning yo‘llari va hozirgi payitdagi ahvoli, haqidagi hukumat qarorlari, qonunlari;
- jamiyatning rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv (ilg‘or) ta’limotlar. Bu ta’limotlar insonni har tomonlama rivojlanishi xuquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmaydi, uning mazmunini ochishga o‘rganish hamda shu g‘oyalarni amalga oshirish yo‘llarini nazariy, amaliy jihatdan asoslashdan iboratdir;
- jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to‘plagan nazariy, amaliy bilimlar tizimi;
- jismoniy turmush tarzining hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilarga talabi
- jamiyat a’zolarinning jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga intilishini vujudga kelishi;
- jismoniy tarbiya tizimi mavjud jamiyat ma’naviyatining bir bo‘lagi hisoblangan jismoniy madaniyat kontseptsiyalari;
- jismoniy tarbiya amaliyoti – manbaa sifatida nazariy qoidalarning hayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug‘ilgan original g‘oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitadi.
- arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining rejalari va h.k.lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga manbaa bo‘lib xizmat qiladi.



Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling