O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb




 
 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI 
 
 
FANIDAN 
O„QUV-USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT - 2012 



O‗quv-uslubiy majmua namunaviy dastur va ta‘lim yo‗nalishining o‗quv rejasi asosida 
ishlab chiqilgan va ―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasining 2012 - yil 28 avgustdagi majlisi .......-
sonli bayonnomasi bilan, hamda Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamalakatshunoslik 
fakulteti Ilmiy-uslubiy kengashining 20......- yildagi ....... - sonli majlisi bayonnomasi bilan 
nashrga tavsiya etilgan. 
Tuzuvchi:
 
Xolmatov N.B -
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 
―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi dotsenti, i.f.n. 
Sodiqov Z.R. -
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 
―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi dotsenti, i.f.n. 
Taqrizchilar:
 
To‗xliyev N.T. -
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 
―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi professori, i.f.d.
Xoshimov P. -
O‗zbekiston Milliy Universiteti
―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi dotsenti, i.f.n.
 
Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O‗quv-
uslubiy kengashida ko‗rib chiqilgan va tasdiqlangan. (2011 yil ―........‖...............dagi ―........‖ - 
sonli bayonnoma). 



KIRISh 
O‗zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy 
iqtisodiyotning jahon xo‗jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor 
qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‗jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning 
tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi 
jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o‗ziga xos tendensiya va 
qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona 
foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib 
ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish 
va barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar ko‗rilmoqda, tegishli 
islohotlar olib borilmoqda. Xususan, 2011-2015 yillarga mo‗ljallangan Oliy o‗quv yurtlarini 
rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda. Bu dasturning amaliy ahamiyatiga e‘tibor qaratib, 
Prezidentimiz Islom Karimov ―Dasturdan ko‗zlangan asosiy maqsad – oliy ta‘lim 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‗quv, 
laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihozlash, pirovardida o‗quv dasturlarini 
takomillashtirish, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni 
tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondoshuvlarni hayotga tatbiq etishdan iboratdir‖, deb 
ta‘kidladilar
1
. Ushbu fikrlarga asoslangan holda aytish o‗rinliki, talabalarga ta‘lim va tarbiya 
berish jarayonida ham yangicha yondoshuvlar ishlab chiqish, mavjud o‗quv adabiyotlari 
tarkibini va mazmunini takomillashtirib borish davr talabiga aylanmoqda.
Uslubiy qo‗llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yetakchi professor-
o‗qituvchilarining ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanidan ta‘lim texnologiyasi‖ nomli uslubiy 
qo‗llanmasiga tayangan holda yozilgan bo‗lib, mazkur qo‗llanmadagi ta‘lim texnologiyalari, 
ularni qo‗llash bo‗yicha uslubiy tavsiyalar to‗la inobatga olingan
2
. Shuningdek, qo‗llanmani 
tayyorlashda ma‘ruza va seminar mashgulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va 
vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta‘limni texnologiyalash qoidalarini hisobga 
olgan holda, fanning predmeti va asosiy vazifalari, fanni ToshDShIda o‗qitish xususiyatlari 
e‘tiborga olingan, hamda mualliflarning o‗quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy tajribalaridan 
foydalanilgan. 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini o‗qitish ta‘lim texnologiyasi, o‗qituvchidan talab 
qilinadigan puxta ilmiy-nazariy bilimga ega bo‗lish va pedagogik-tarbiyaviy malakani 
kuchaytirib borish mas‘uliyatini pasaytirmaydi, balki, talabalarga mavzularning asosiy 
materiallarini qisqa va tushunarli tilda etkazib berishga, bilim, ma‘lumot va axborotlarni 
qiyoslash, guruhlash, ta‘riflash orqali talabalarning iqtisodiy idrok va tafakkur jarayonini 
1
Karimov I. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga 
xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‗ljallangan 
eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan O‗zR Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruza, 2011 yil 
21 yanv./I.A.Karimov.-T.: O‗zbekiston, 2011.- 37- bet.
2
Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G‗afurov, G.T.Minavarova, M.Sh.Xalilov. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ta‘lim 
texnologiyasi. Uslubiy qo‗llanma. «Iqtisodiy ta‘limda o‗qitish texnologiyalari» seriyasidan. – T.: TDIU, 2010, 
329 bet. 



jadallashtirishga xizmat qiladi. Albatta, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini chuqur o‗zlashtirish, 
fanning asosiy masalalarini talabalarga tushuntirish uchun 38 soatlik ma‘ruza mashg‗uloti 
etarli hisoblanmaydi, 38 soatlik seminar mashgulotlarida mavzularning ko‗p qirralarini 
qamrab olish qiyin kechadi. Shu munosabat bilan mazkur ta‘lim texnologiyalari fan 
predmetining muhim jihatlarini sodda shaklda muammoli tarzda etkazishga yo‗nalgan bo‗lib, 
talabalarni iqtisodiy bilimlarni puxta egallashga rag‗batlantiradi.
O‗quv uslubiy majmuaning maqsadi - talabalarga iqtisodiyot nazariyasi tushunchalari 
va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish 
tendensiyalari ҳamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur 
usullarini, bilim, malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
O‗quv uslubiy majmua yordamida o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr milliy iqtisodiyot amal qilishining mikro 
parametrlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar va uy xo‗jaligi faoliyatining 
tamoyillarini, shart-sharoitlarini va omillarini bilib olishi, ma‘ruza materiallarini 
o‗zlashtirish va chuqur tahlil qila olish asosida milliy iqtisodiyotiga oid nazariy materiallarga 
tayangan holda amaliy va ilmiy faoliyatni mustaqil tashkil etish, O‗zbekistondagi islohotlar 
strategiyasining ustuvor yo‗nalishlari, uning natijasi, milliy iqtisodiyotning asosiy, tub 
muammolari, korxonalar va uy xo‗jaligi uchun maqsadga muvofiq faoliyat yo‗nalishlarini 
tahlil qilish ko‗nikmalariga ega bo‗lishi hamda milliy iqtisodiyotning amal qilishi, 
korxonalarning boshqarilishi va bozor islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini 
takomillashtirish bilan bog‗liq ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga 
ega bo‗lishi nazarda tutiladi. 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ umumiqtisodiy fan bo‗lishi bilan birga amaliy iqtisodiyot 
sohalaridagi barcha muammolarni o‗rganadi, milliy iqtisodiyot rivojlanishining shart-
sharoitlari va omillarini tadqiq etadi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tizim 
xususiyatlarini yoritib beradi. Shuning uchun bu fanni o‗rganish nazariy va amaliy 
ahamiyatga egadir. 
Talabalarning ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini dastur doirasida yetarli saviya va 
darajada o‗zlashtirishlari uchun o‗qitishning ilg‗or va zamonaviy interfaol usullaridan 
foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etishga e‘tibor qaratish 
muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‗zlashtirishda, fan bo‗yicha bilim berishda va o‗qitishda 
ko‗rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng 
foydalaniladi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo‗mitasi, Iqtisodiyot 
vazirligi, tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari tahliliy materiallari, xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan statistik va tahliliy 
to‗plamlar materiallari ishlatiladi. 




Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling