O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Fanning o„quv rejadagi boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi va uslubiy jihatdan


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

Fanning o„quv rejadagi boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi va uslubiy jihatdan 
uzviy ketma-ketligi 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani 1 – blok fani hisoblanib, bakalavriat bosqichining Xorijiy 
mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‗yicha) 
yo‗nalishida 1-semestrida, boshqa barcha talim yo‗nalishlarida 5- semestrda o‗qitiladi. Ushbu 
o‗quv dasturiga kiritilgan savollar o‗quv rejasidagi matematik va tabiiy-ilmiy fanlar - 
«Axborot texnologiyalari», «Oliy matematika», umumkasbiy fanlar ‖Iqtisodiy ta‘limotlar 
tarixi‖, ―Mikro- va makroiqtisodiyot‖, ―Iqtisodiy statistika‖, ―O‗zbekiston iqtisodiyoti‖, 
―Moliya va kredit‖ kabi fanlarning dasturlari bilan uzviy bog‗liq va uslubiy jihatdan o‗zaro 
bir-birini to‗ldiruvchi mazmundadir. Fanni o‗qitishda shuningdek, zamonaviy iqtisodiy 
nazariya va ta‘limotlariga, rivojlangan, rivojlanayotgan va bozor transformatsiyasi 
mamlakatlariga xos bo‗lgan tendensiya va qonuniyatlarga tayaniladi. 
 
 



Fanning ishlab chiqarishdagi o„rni 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligi 
va farovonligi, uning globallashuv shart-sharoitlaridagi faoliyati, axborotlashuv darajasi 
qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar, iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy tafakkur tarzini va ob‘ektiv 
voqelikni idrok etish salohiyatini kengaytirishda nazariy-ilmiy va uslubiy asos bo‗lib xizmat 
qilaveradi. Ushbu fanning ob‘ekti kengayadi, predmeti toraymaydi. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ umumiqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va 
tendensiyalarini nazariy jihatdan tadqiq etadi, turli jamiyatlarda namoyon bo‗lish 
xususiyatlarini aniqlaydi, zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi yangi tushunchalar va 
atamalarning ishlab chiqilishida salmoqli rol o‗ynaydi. Shuningdek, boshqa iqtisodiy fanlar 
uchun uslubiy-nazariy ishlanmalarni, yondoshuvlarni, g‗oyalarni taqdim etadi. Shuning uchun 
bu fanni o‗rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati yuqoridir. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling