O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy kategoriyalar, umumiqtisodiy kategoriyalar, 
formasion­maxsus kategoriyalar, davriy­ohaliq kategoriyalar, iqtisodiy qonunlar, induktiv va 
deduktiv usullar, umumiqtisodiy fanlar, xususiy iqtisodiy fanlar, moddiy ehtiyojlar
ijtimoiy­ma‘naviy ehtiyojlar, Mehnat ehtiyoji, ehtiyojlarning yuksalishi, ehtiyojlarni qondirish 
vositalari. 
Asosiy savollar 
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. 
2. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar. 
3. Iqtisodiyot nazariyasining tahlil usullari. 
4. Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar. 
5. Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari. 
6. Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari. 
1.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti 
Iqtisodiyot nazariyasi qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. U doim olimlar va ziyoli 
kishilar diqqatini jalb qilib kelgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, iqtisodiyot nazariyasini 
o‗rganish barcha davrlarda - Aristotel va Ksenofondan tortib to bugungi kunga qadar kishilar 
iqtisodiy faoliyati va xo‗jalik yuritish qonunlarining harakatlantiruvchi kuchlarini bilishning 
ob‘ektiv zaruhiyatini amalga oshirishdir. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanish va rivojlanishidagi birinchi bosqich - bu 
merkantilizmning yuzaga kelishidir. 
Merkantilistlar ta‘limotining mohiyati boylikning yuzaga kelishi manbaiga berilgan 
ta‘rifdan iborat (ularning xizmati shundaki bu to‗g‗rida birinchi bo‗lib fikr bildirganlar). Ular 
o‗z davrining shart-sharoitlari, boylikni qo‗lga kiritish omillarini o‗rganib, boylikning manbai 
muomala sohasidadir, boylikning o‗zi esa pulda ifodalanadi, degan mazmunda xulosalar 
chiqarganlar.
Siyosiy iqtisodning rivojlanishidagi yangi bosqich fiziokratlar misolida ko‗rinadi, ular 
yirik yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchilar bo‗lib maydonga kelganlar. Mazkur 
yo‗nalishning bosh vakili va tashkilotchisi Fransua Kene (1694­1774) dir. Uning ta‘limotida 
boylikning manbai faqat dehqonchilikdagi mehnatdir, deb hisoblanadi. 
Iqtisodiyot fani keyingi bosqichda A.Smit (1723­1790) va D. Rikardo (1772­1823) 
asarlarida yanada rivojlantirildi. A.Smit iqtisodiy fikrlar tarixiga mumtoz (klassik) siyosiy 
iqtisodning asoschisi sifatida kirib keldi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab marjinalizm (Inglizcha ―margin‖ so‗zidan 
olingan bo‗lib, ―chegara‖, ―chetki‖, ayrim hollarda ―oxirgi qo‗shilgan», degan ma‘nolarni 
beradi) oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy 
maktabining namoyondalari Karl Menger, Fon Vizer, Bem Bavek va boshqalar bo‗lib, ular 
tomonidan «qo‗shilgan tovar nafligi, qo‗shilgan mehnat yoki resurs unumdorligi» nazariyalari 
ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‗lgan talab va uning bahosi 
o‗rtasidagi bog‗liqlik hamda o‗zaro ta‘sirni tahlil qilishda keng qo‗llaniladi. 
Markaziy Osiyoda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishi Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf 
Xos Rojib, Alisher Navoiy va boshqa dunyoga mashhur mutafakkirlar nomlari bilan bog‗liq. 
Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar hali falsafiy va butun ijtimoiy bilimlar majmuidan 


18 
ajralmagan bo‗lsa­da, katta ahamiyatga ega edi. Forobiy va Ibn Sino qarashlarida insonning 
ehtiyojlari to‗g‗risidagi ta‘limot markaziy o‗rinni egallaydi. 
Iqtisodiyot nazariyasi - kishilarning cheklanmagan ehtiyojlarini to‗laroq qondirish 
maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishning eng samarali yo‗llarini izlash sharoitida 
kishilik jamiyati rivojlanishining qonunlari va qonuniyatlarini o‗rganish bilan shug‗ullanuvchi 
fandir. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi to‗g‗risidagi 
fan bo‗lib, uning predmeti ishlab chiqarish munosabatlaridir. 
Ishlab chiqarish munosabatlari - bu hayotiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash
ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida kishilar o‗rtasida ob‘ektiv yuzaga keladigan 
munosabatlardir. 
Iqtisodiyot nazariyasi tarkiban o‗z ichiga mikroiqtisodiyot (alohida iqtisodiy 
sub‘ektlarning hatti­harakati) va makroiqtisodiyot (butun milliy iqtisodiy tizim hatti­harakati 
va amal qilishi)ni oladi. Uning tarkibida yana mezoiqtisodiyot (milliy iqtisodiyotning alohida 
kishik tizimlari yoki xalq xo‗jaligi tarmoqlari hatti­harakati) va supermakroiqtisodiyot (butun 
jahon iqtisodiyotining hatti­harakati)ni ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi - iqtisodiy hodisalarning shunchaki talqinini 
berish emas, balki ularning o‗zaro bog‗liqligi va o‗zaro aloqadorligini ko‗rsatish, ya‘ni 
iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini yoritib berishdan iborat. Shu bilan u 
boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farq qiladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling