O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

3.Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati 
Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mehnat orqali 
avloddan­avlodga o‗tgan boyliklar va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‗lib kelgan. Mulk 
egasi bo‗lish yoki bo‗lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, ularning ijtimoiy 
maqomi yuzaga keladi. Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi. Mulkchilikning 
qay darajada rivojlanganligi mamlakat iqtisodiy ravnaqini ko‗rsatib beradi. 
Mulkchilik munosabatlari ­ jamiyatdagi boyliklarni o‗zlashtirish xususidagi iqtisodiy 
munosabatlar. Mulkchilik, birinchidan, inson bilan boylik o‗rtasidagi munosabat, ikkinchidan, 
boylik yuzasidan kishilar o‗rtasidagi munosabat. Mulkchilik o‗zlashtirish borasidagi 
munosabat bo‗lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo 
etadi. Mana shu uch jihat mulkchilikning ajralmas unsurlaridir. Egalik qilish - mulkdorlik 
huquqining mulk egasi qo‗lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo‗lgan boylik 
qisman o‗zlashtiriladi. Mulkka egalik saqlangan xolda, uni amalda ishlatish o‗zga qo‗lida 
bo‗ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor
ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvshi o‗zlashtiradi. Foydalanish, ishlatish-mulk bo‗lgan 
boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‗llab, xo‗jalik jarayoniga kiritib, undan natija olish. 
Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun 
ishlatiladi. Mulkdor o‗z mulkini o‗zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‗lda 
bo‗ladi. YA‘ni mulkdor Mehnatidan topgan foydani o‗zi o‗zlashtiradi. 
Tasarruf etish - mulk bo‗lgan boylik taqdirini mustaqil ral etish, ya‘ni mulkni sotib 
yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab­avaylab ko‗paytirish yoki uni yo‗qotib 
yuborishdan iborat xatti­xarakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkdor o‗z mol­mulkiga 
nisbatan qonunga zid bo‗lmagan har qanday xatti­xarakatlarni qilishga raqlidir. U mulkdan 
qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xo‗jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshira oladi. 
Monoiqtisodiyot poliiqtisodiyotning tarixiy o‗tmishdoshidir. Uning doirasida har xil 
tizimlar amal qilgan. Kapitalistik monopolizmda jamiyatning bir toifasi mulk egasi, ikkinchi 
toifasi mulksiz bo‗lganidan ular o‗rtasida ekspluatatsiya munosabati paydo bo‗ladi. 
Ishlab chiqarishdan bevosita maqsad-boylik orttirish bo‗lganidan monoiqtisodiy 
tizimni insonparvar deb bo‗lmaydi. Bu yerda insonning talab­ehtiyoji, boylik orttirishdek 
maqsadga bo‗ysunadi. Xususiy mulkchilikka tayangan kapitalistik monoiqtisodiyot o‗zining 
o‗tmishdoshlari bo‗lgan tizimlarga nisbatan afzal tomonlarga ega edi. Eng muhim afzalligi-
kapitalizmning Mehnat unumdorligini o‗stira olish qobiliyatidir. Ammo uning bu imkoniyati 
sheksiz emas, bu imkoniyat tugallana borishi bilan monoiqtisodiyot inqirozga yuz tutib, 


25 
boshqa tizim-poliiqtisodiyot zaruratga aylanadi. Shunday rivojlanish monoiqtisodiyotning 
sotsialistik turiga ham xos. 
Ushbu fikrga
yaqin o‗tmishdan 
misollar keltiring 
va asoslang
Totalitar­rejali iqtisodiy tizimning asosiy belgilari iqtisodiyotni har 
taraflama davlatlashtirishdan kelib chiqadi. Davlat mulki eng afzal, eng 
oliy mulk, rejali xo‗jalik eng ustun xo‗jalik, faqat sotsialistik tizim xalqqa 
farovonlik bera oladi, degan ta‘limot hukumron bo‗ladi. Davlat mukining 
zo‗rovonligi natijasida, jamoa mulkiga yuzaki ruxsat berilsa­da, u amalda
davlatlashtiriladi. 
Kapitalistik monotizim industrial ishlab chiqarishdek moddiy bazani yaratganligi 
uning tarixiy o‗rnini belgilaydi. Kapitalistik monotizim yeshib ulgurmagan jamg‗arish 
muammosini totalitar sotsialistik tizim bajaradi. Totalitar tizim ham yirik mashinalashgan 
ishlab chiqarishni yaratishdek vazifani bajargash, uni boshqa demokratik iqtisodiy tizim bilan 
almashtirish zarurati o‗z­o‗zidan paydo bo‗ladi. 
Hozirgi yuksak rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bu tabiatan aralash iqtisodiyotdir. 
U turli xildagi iqtisodiy munosabatlarning qorishmasidan iborat, lekin uning asosi bozor 
munosabati, bu mazmunan poliiqtisodiy tizim hisoblanadi. Uning bir qator muhim belgilari 
mavjud. 
Mulohaza
uchun matn 
Aralash iqtisodiyot mukammal texnika va yuksak texnologiyaga 
asoslanadi, qo‗l Mehnatiga o‗rin qolmaydi, g‗oyat unumli mashinalar 
ishlatiladi, natijada, yuksak darajadagi Mehnat unumi va shunga ko‗ra 
moddiy to‗kinlik ta‘minlanadi. Aralash iqtisodiyotda mulkiy monopoliyaga 
o‗rin qolmaydi, aksincha bu yerda xilma­xil mulkchilik qaror topadi. 
Aralash iqtisodiyot ko‗p ukladli, ko‗p sektorli iqtisodiyotdan iborat. 
Aralash iqtisodiyotda asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va 
davlat mulki. 
Aralash iqtisodiyotga daromadlar ishlab chiqarishning o‗zida taqsimlanib, yuqori ish 
haqi berilishi xosdir. Aralash iqtisodiyot insoniy bo‗lganidan ishlab chiqarishning xalq 
iste‘molini bevosita qondiruvshi sohalari ustivor rivoj topadi.
Aralash iqtisodiyotga xos belgi milliy boylik tarkibida aholi mol­mulki rissasining 
ortib borishidir. Aralash iqtisodiyotda ekspluatatsiya dastlab sheklansa, keyinchalik tugatiladi. 
Aholining asosiy qatlamlari mulk egasi bo‗lganidan va to‗q yashaganidan ularda revolyutsiya 
yo‗li bilan o‗zgalar mulkini tortib olishga moyillik bo‗lmaydi. Aralash iqtisodiyotda ham 
iqtisodiy o‗sish jamg‗arishni davlat va tadbirkorlar bilan birga oddiy fuqarolar ham 
qatnashadi. Milliy daromadning tobora katta qismi aholiga tekkanidan, aholi jamg‗armada 
faol ishtirok etish imkoniga ega bo‗ladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling