O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 
 


23 
2-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR 
VA MULKChILIK MUNOSABATLARI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va 
bosqichlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati, 
mulkchilik shakllari, mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari hamda O‗zbekistonda mulkchilik 
munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish xususiyatlari to‗g‗risida tushuncha hosil 
qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Ijtimoiy­iqtisodiy tizim; monostruktuhali tizim; poliiqtisodiyot; aralash iqtisodiyot; 
ko‗p ukladli iqtisodiyot, mulkchilik munosabatlari, mulkchilik shakllari, mulk ob‘ektlari, 
mulk sub‘ektlari. 
Asosiy savollar 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar.
3. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati. 
4. Mulkchilik shakllari. Mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari. 
5. O‗zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish 
xususiyatlari. 
1.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari 
Har bir tizim ma‘lum davrda amal qilib, o‗z imkoniyatlarini tugallagash, uning o‗rniga 
yangi tizim keladi, u ham eskirib o‗z o‗rnini boshqasiga bo‗shatib beradi. Tizim – bu 
jamiyatning ijtimoiy­iqtisodiy tuzilishi, uni tashkil etuvchi, bir­birini taqozo etuvchi, o‗zaro 
ta‘sir o‗tkazuvshi unsurlarning majmui bo‗lib, bunda unsurlar birgalikda amal qiladi, natijada 
ayrim unsurlarga xos bo‗lmagan umumiy xususiyatlar paydo bo‗ladi. Tizim – bu har xil 
unsurlar ta‘sirida paydo bo‗ladigan umumiylikdir. 
Tizim tarkibiga ishlab chiqarishning shaxsiy­insoniy va moddiy­ashyoviy omillari 
kiradi, ularning bir­birini taqozo etishga asoslangan yaxlitligi jamiyatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlari deb yuritiladi. Ijtimoiy­iqtisodiy tizimga iqtisodiy faoliyat natijasi bo‗lgan ijtimoiy, 
ya‘ni jamiyat miqyosida yaratilgan mahsulot ham kiradi.
Hamma tizimlarda mehnat taqsimoti yuz berib, mehnat, birinchidan, ixtisoslashadi; 
ikkinchidan, mehnat turlari bir­biri bilan bog‗lanib, bir­birini to‗ldiradi. Natijada mashg‗ulot 
jamiyatdagi o‗zaro bog‗langan Mehnat turlarining natijasi bo‗ladi. Hamma tizimlarda mehnat 
turlari o‗rin almashadi, kishilar bir mehnatdan boshqa mehnatga o‗tadilar, o‗z kasbini 
o‗zgartiradilar. Qayerda bo‗lmasin mehnat malaka va mahoratni talab qiladi. Turli tizimlarda, 
ularni tashkil etuvchi unsurlar bir xil bo‗lsa­da, ularning o‗zaro bog‗lanishi har xil bo‗ladi. 
Shunday bog‗lanishlar orasida ishlab chiqarish omillarining birikishi mulkiy munosabatlarni 
yuzaga keltiradi. Tizimda omillarning birikish usuli asosiy o‗rin tutadi, shu jihatdan tizimlar 
farqlanadi. 
Turli tizimlarga baho berilganda ularning xalq farovonligi uchun nima bera olganligi 
bosh mezon bo‗ladi. Hozirgi taraqqiyot bosqishida turli tizimlarning samarali ekanligini xalq 
farovonligining o‗sishi ko‗rsatib turadi. Farovonlikni oshirish, bilish qobiliyati tizimning 
yashovshanligi yoki uning boshqasi bilan almashuvi zarurligini bildiradi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling