O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

4.Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar 
Iqtisodiy fanlar shartli ravishda ikki guruhga bo‗linadi:
1) Umumiqtisodiy fanlar, ya‘ni iqtisodiyotni yaxlit olib o‗rganuvchi fanlar; 2) Xususiy 
iqtisodiy fanlar – iqtisodning u yoki bu sohasini yoxud korxona iqtisodini o‗rganuvchi fanlar. 
Iqtisodiyot nazariyasi butun bir kompleks fanlar, ya‘ni tarmoqlar iqtisodiyoti (savdo, 
sanoat, transport, qurilish iqtisodiyoti va r.k.), funksional iqtisodiyot (moliya, kredit, 
marketing, menejment, istiqbolni belgilash va boshqalar); tarmoqlararo iqtisodiyot (iqtisodiy 
geografiya, demografiya, statistika va boshqalar) kabi fanlarning metodologik asosidir. 
Iqtisodiyot nazariyasining amaliy ahamiyati shundan iboratki, bilimlar oldindan ko‗ra 
bilishga, oldindan ko‗ra bilish esa harakatga olib keladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy 
siyosat asosida yotishi kerak, bu orqali esa xo‗jalik amaliyoti sohasini yoritishi lozim. Harakat 
(amaliyot) bilishga, bilish-oldindan ko‗ra bilishga, oldindan ko‗ra bilish esa to‗g‗ri harakatga 
olib keladi. Iqtisodiy siyosat ijtimoiy ishlab chiqarish, ne‘matlarni taqsimlash, ayirboshlash va 


20 
iste‘mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadlarga qaratilgan tadbirlari tizimidir. U 
jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini aks ettirmog‗i lozim va milliy iqtisodiyotni 
mustarkamlashga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. 
5.Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari 
Odamlar yashash uchun iste‘mol qilishlari kerak; oziq­ovqat yeyishlari, kiyim­kechak 
kiyishlari, ma‘lum turar­joy sharoitlariga ega bo‗lishlari lozim. Odamlarga zarur bo‗lgan bu 
narsalar tabiatda tayyor holda mavjud bo‗lmaydi. Moddiy ne‘matlarning manbalari mavjud 
bo‗lsada, ularni iste‘molga yaroqli narsalarga aylantirish uchun insonga kuch­quvvat, 
aql­idrok berilgan. Aql­idrokni ishga solib, kasb­korni egallab, moddiy imkoniyatlardan o‗z 
rizqini hosil qilish insonlar YAIMasiga yuklatildi. Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko‗p. Ular 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, ma‘naviy va ratto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. 
Ular orasida ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlar ustuvor ahamiyatga ega, chunki ularni qondirishning 
o‗zi inson uchun birlamchi zarurat, bu ishlab chiqarishning rivojlanishini ta‘minlaydi. 
Odamlar madaniyat, san‘at, siyosat va boshqa qandaydir ijtimoiy faoliyat bilan 
shug‗ullanishlaridan avval, ularning birlamchi ehtiyojlari - ovqatlanish, kiyinish, boshpanaga 
ega bo‗lish, Mehnat qilish ehtiyojlari yuzaga chiqishi tabiiy.
Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlar - kishilarning yashashi, Mehnat qilishi va ma‘lum iqtisodiy 
mavqega ega bo‗lishi uchun iste‘mol etilishi zarur mahsulotlar va xizmatlar majmuidir 
Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topishi zarurati 
hamdir. Uning odatdagi jismoniy ehtiyojdan farqi shuki, uni Mehnat vositasida va tabiat 
ishtirokida qondiriladi, ya‘ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj, avvalambor, 
yakka tartibda bo‗ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi. Ehtiyoj 
odamning jismoniy holati, Mehnati, didi va odatlariga ham bog‗liq. 
Jamiyatdagi ehtiyojlar o‗zining turidan qat‘i nazar, jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida 
erishilgan daraja; jamiyatning ijtimoiy­iqtisodiy tuzumi; hayot kechirishning tabiiy­geografik 
sharoiti; tarixiy­milliy an‘analar va odatlar bilan bog‗lanib ketadi. 
Muhokama uchun matn: Iqtisodiyot qoloq bo‗lsa, ehtiyojlar doirasi tor bo‗ladi. Aksincha, 
iqtisodiyot yuksak bo‗lsa, ehtiyoj keng va xilma­xil bo‗ladi. Shu jihatdan o‗rta asrdagi ehtiyoj 
bilan hozirgi asr ehtiyojini solishtirib bo‗lmaydi. Yoki postindustrial bosqichdagi jamiyat 
ehtiyojlari bilan an‘anaviy iqtisodiyotlardagi kishilar ehtiyojlari hajmi va tarkibi o‗rtasida ham 
katta tafovutlar yuzaga chiqadi 
Ehtiyoj inson hayotining ajralmas qismidir. Ammo, ehtiyoj inson uchun tug‗ma belgi 
emas, u nasldan­naslga o‗tmaydi ham. U jamiyatda insonning sub‘ektiv xususiyatiga bog‗liq 
holda yuzaga keladi. Shu sababli kishilarda u yoki bu ne‘matni afzal ko‗rish mavjud. 
Ehtiyojlar xilma­xilligidan bir odamning ehtiyoji boshqasinikiga o‗xshamaydi, chunki u 
qat‘iy ravishda yakkalashgan. Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab 
ehtiyojni guruhlarga bo‗lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi 
asos qilib olinadi.
Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo‗linadi 
Moddiy ehtiyojlar 
Ijtimoiy­ma‘naviy 
ehtiyojlar 
Mehnat ehtiyoji 
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular 
inson 
paydo 
bo‗lishi 
bilan 
yuzaga kelgan. Ular tabiiy 
ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar 
eng zarur va hayotiy bo‗lib, 
oziq­ovqat, 
kiyim­kechak, 
turar­joy, 
transport, 
aloqa, 
gigiena 
ehtiyojlaridan 
iborat 
bo‗ladi. Ularning qondirilishi 
yashashning 
birlamchi 
sharoitidir. 
Ijtimoiy­ma‘naviy 
ehtiyojlar 
asosan 
xizmatlar 
(masalan, 
o‗qituvchi, 
vrach, 
san‘at 
arbobi 
xizmati)dan 
iborat 
bo‗lib, ular ma‘lum 
faoliyat shakliga ega, 
ularning 
yaqqol 
moddiy 
ko‗rinishi 
yo‗q. 
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat 
Mehnatsiz 
nozu 
ne‘matlar 
yaratib 
bo‗lmasligidan emas, balki Mehnatsiz 
inson 
hayotining 
bo‗lmasligidan, 
Mehnatsiz inson shaxsi kamol topa 
olmasligidandir. 
Mehnat 
ehtiyoji 
insonning o‗zida mujassamlashgan, uning 
moddiy shakli yo‗q, u ishlashga bo‗lgan 
ishtiyoqda ifoda etiladi. Mehnat ehtiyoji 
insonda 
Mehnat 
qilish, 
ijod 
etish 
qobiliyati borligidan kelib chiqadi. 


21 
Ehtiyojlar kishilarning yoshi, jinsi, oilaviy arvoli, kasbi, Mehnatining turi kabi 
omillarga bog‗liq. Jamiyatning umumiy ehtiyoji jamiyatda yashayotgan kishilarning yakka 
ehtiyojlaridan iborat ekan, umumiy ehtiyojga aholining soni va tarkibi ham ta‘sir qiladi. 
Keyingi 200 yil ishida yer yuzidagi aholi soni deyarli 5 marta ko‗paydi. Bu ehtiyojga ta‘sir 
etmay qolmaydi, albatta. Aholining yosh, jins, ma‘lumot va kasb jihatidan tarkibiga, uning 
sanoat, qishloq xo‗jaligi, ilm­ma‘rifat sohalarida band bo‗lishiga qarab jamiyatdagi umumiy 
ehtiyojlar har xil miqdorda va turlarda shakllanadi. 
Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to‗xtovsiz yangilanib borishidan iborat. Bunday 
jarayon barcha ijtimoiy­iqtisodiy tizimlarda mavjud bo‗lgan. Insoniyat paydo bo‗lgan davrdan 
boshlab shu kungacha ehtiyojlarning o‗sishi kuzatiladi. Ehtiyojni qondirishga intilish har 
doim iqtisodiy o‗sishni ta‘minlab kelgan. Ehtiyoj o‗sishining to‗xtashi jamiyat hayotining 
to‗xtashini bildiradi. Bu esa mutlaqo mumkin emas. 
Ehtiyojlar yuksalishining to‗rt jihati 
Muayyan 
ehtiyoj 
saqlangan 
holda, uning 
kengayib, 
miqdoran 
ortib borishi. 
Mutlaqo 
yangi 
ehtiyojlar 
paydo bo‗lib, 
uning 
ichki 
tarkibi 
o‗zgarishi. 
Muayyan ehtiyojlar 
guruhi doirasida turli 
ehtiyojlar nisbatining 
o‗zgarishi. 
Bunda 
ehtiyoj 
umumiy 
tarzda 
saqlanadi, 
lekin 
uning 
aniq 
ko‗rinishlari 
va 
shakllari o‗zgaradi. 
Bir 
ehtiyojning 
ikkinchisi 
bilan 
almashtirilishi. 
Bunday 
almashuv 
o‗rinbosar 
ehtiyojlarning 
paydo 
bo‗lishi bilan yuzaga keladi va bunday 
ehtiyojlar 
yuksak 
rivojlangan 
iqtisodiyotga xos. Bu o‗rinbosarlik 
mahsulotlarning sifatiga, narxiga va 
iste‘mol uchun qulayligiga bog‗liq. 
Iste‘molsiz ehtiyoj yuzaga kelmaydi, chunki faqat iste‘mol jarayonida mahsulot va 
xizmatlarning naqadar foydaliligi, ya‘ni ehtiyojni qondira olish xususiyatlari amaliy sinovdan 
o‗tadi. Shundan so‗nggina yangi ehtiyoj tarqalib, ommaviy tus oladi. Ehtiyojni qondirish 
uchun ishlab chiqarish yuritiladi. O‗z navbatida ishlab chiqarish yangi ehtiyojlarni yuzaga 
keltiradi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling