O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

6.Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari 
Yuksalib bohayotgan ehtiyojlarni qondirishning birdan­bir vositasi ishlab chiqarishdir. 
Ammo mahsulot va xizmatlarni yaratishning o‗zi hali ehtiyoj qondirilganini bildirmaydi. 
Yaratilgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar iste‘molga yetib borgandagina bunga erishiladi. 
Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning o‗zlari iste‘mol etishlari shart 
emas, bu ko‗p hollarda yuz bermaydi ham. Shu sababli ular ayrboshlash orqali iste‘molga 
kelib tushadi, ya‘ni iste‘molchilarga kerakli mahsulotlar ayrboshlanib, ehtiyoj qondiriladi. 
To‗xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar oqilona 
ishlatilishi shart. Ammo resurslardan samarali foydalanish darajasi ularning kamyobliligi 
darajasiga teskari mutanosib bo‗ladi. Resurslar qisqargan sari ulardan to‗laroq foydalanish 
zarurati kelib chiqadi. 
1. 
Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama 
bo‗ladi: 
2. 
Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan ko‗proq iste‘mol buyumlari 
olishni talab qiladi.
3. 
Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko‗p xildagi mahsulot olishni 
talab qiladi. 
Resursning bir mahsulot uchun ko‗p sarflanishi, uni boshqa mahsulot ishlab chiqarishdan 
ko‗proq ajratib olishni talab qiladi. 
Ehtiyojlarning uzluksiz yuksalishi iqtisodiy o‗sishning to‗xtovsiz borishini talab qiladi. 
Ehtiyojni to‗laroq qondirish uchun iqtisodiy o‗sish yuksak samarali bo‗lmog‗i zarur. Resurslar 
sarfining birligidan olingan natija ko‗paysa, ehtiyoj yaxshiroq qonadi va aksincha. Resurslarning 
tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir.


22 
Ishlab chiqarish rivojlangan joyda ehtiyoj ham yaxshi qondiriladi. Uni iste‘mol hajmi 
ishlab chiqarishga bog‗liq ekanligidan ko‗rish mumkin. 
Ehtiyojlarning naqadar qondirilib borishini turmush darajasi ifoda etadi. Turmush darajasi 
aholi ehtiyojlarining qondirilish me‘yoridir. U birinchidan, ehtiyojning yuksalishi, ikkinchidan
ishlab chiqarish uni qondirishga qanchalik qodir ekanligini bildiradi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling