O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

MUNOSABATLARINING ShAKLLANIShI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda tovar ishlab chiqarishga o‗tish jarayoni shart-
sharoitlari, tovar va tovar ishlab chiqarishning xususiyatlari, qiymatning Mehnat nazariyasi 
hamda uning ahamiyati, pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari kabilar to‗g‗risida 
tushuncha hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Natural ishlab chiqarish; tovar ishlab chiqarish; tovarning iste‘mol qiymati; tovar 
qiymati; aniq Mehnat; abstrakt Mehnat; umumiy ekvivalent; pulning vazifalari; qiymat 
o‗lshovi; muomala vositasi; jamg‗arish vositasi; qiymat qonuni. 
Asosiy savollar 
1. Tovar ishlab chiqarishga o‗tish jarayoni shart-sharoitlari. 
2. Tovar va tovar ishlab chiqarishning xususiyatlari.
3. Qiymatning Mehnat nazariyasi. Uning ahamiyati.
4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari. 
1.Tovar ishlab chiqarishga o„tish jarayoni shart-sharoitlari 
Tovar­pul munosabatlari - bozor iqtisodiyoti mohiyatini tashkil etuvchi munosabatlar: 
tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning 
yaxlitligidir.Kishilik jamiyati rivojlanishida tovar ishlab chiqarishdan oldin natural ishlab 
chiqarish mavjud bo‗lgan.Natural ishlab chiqarish tarixan ibtidoiy jamoa tuzumida mavjud 
bo‗lgan, ammo u rozirda ham primitiv tipdagi an‘anaviy iqtisodiy tizimlarda ham mavjud 
bo‗lishi mumkin. Natural xo‗jalikda mahsulotlar bozorda sotish uchun emas, balki 
xo‗jalikning o‗zida uning xodimlari va yaratuvshilari iste‘moli uchun ishlab chiqarilgan. 
Natural ishlab chiqarish alohidalashgan xo‗jaliklardan iborat bo‗lgan. Bu esa natural ishlab 
chiqarishga chegaralanganlik xos ekanligini ko‗rsatadi va iqtisodiy jarayonlarni bir doirada 
qat‘iy mardudlab qo‗ygan, tashqi aloqalarning shakllanishiga yo‗l qo‗ymagan. Natural 
xo‗jalikda xom ashyoni topishdan tortib, mahsulotni tayyor xolga keltirishgasha bo‗lgan 
ishlarni alohida xo‗jaliklarning o‗zi bajargan. Ishlab chiqarish qo‗l mehnatiga asoslangan. Bu 
esa natural xo‗jalikka bir qancha asrlar davomida universal qo‗l mehnati xos bo‗lganligini 
ko‗rsatadi. Ishlab chiqarishning natural shakli ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab 
chiqarish munosabatlarining shunday darajasiga xosdirki, bunda ishlab chiqarishning asosiy 
maqsadi nihoyatda shegaralangan hamda hajmi katta bo‗lmagan va tarkibi jihatidan deyarli 
bir xil bo‗lgan ehtiyojlarni qondirishga bo‗ysundirilgan. 
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanib borishi natijasida natural ishlab chiqarishga 
nisbatan ishlab chiqarish unumdorligining o‗sishiga mukammalroq ishlab chiqarish 
vositalarini qo‗llashga sharoit yaratadigan tovar xo‗jaligi vujudga kelgan, uning kurtaklari 
ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi davrida vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarish 
shunday xo‗jalik tizimidirki, bunda mahsulot yakka, alohida ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
ishlab shiqariladi va ularning har biri biron xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi, 
natijada ijtimoiy talabni qondirmoq uchun mahsulotni bozorda sotish va sotib olish zarur 
bo‗ladi. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va mavjud bo‗lishining ijtimoiy­iqtisodiy 
asoslari-ijtimoiy Mehnat taqsimoti ishlab chiqaruvchilarning alohidalashuvi, ularning 
iqtisodiy mustaqilligidir. U yoki bu jamiyatda tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy­iqtisodiy 
mohiyati, tutgan o‗rni, rivojlanganlik darajasi va amal qilish chegarasi shu jamiyatning 
mulkiy munosabatlariga va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining teranlik darajasiga bog‗liq 
bo‗ladi. 
Tovar bozorning asosiy unsurlaridan biri hisoblanadi. Tovar inson mehnati natijasida 
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot. U insonning ma‘naviy, jismoniy, 
ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiradi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling