O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Tovar va tovar ishlab chiqarishning xususiyatlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

2.Tovar va tovar ishlab chiqarishning xususiyatlari. 
Tovar ikki xossaga ega: 
a)iste‘mol qiymati; b) qiymat. 


29 
Tovarning iste‘mol qiymati mahsulotlarning foydali tomonidan kishilarning biron bir 
iste‘molini qondira olish qobiliyatidan iborat va har qanday jamiyat boyligining moddiy 
mazmunini tashkil etadi. Tovar har doim Mehnat marsulidir, ammo tovar bo‗lishi uchun 
bozorda ayirboshlanishi zarur. Demak, u almashuv qiymatiga ega. Tovarning almashuv 
qiymati nima? 
Bir tovarning ikkinchi tovarga biror bir nisbatda ayirboshlanishiga uning almashuv 
qiymati deyiladi. 
Almashuv qiymati, qiymatning namoyon bo‗luvshi shaklidir. qiymatga asoslanib 
tovarlar hisoblanadi va bir­biriga ayirboshlanadi. 
Demak, tovar ikki xossaga: iste‘mol qiymati va qiymatga ega. Tovar iste‘mol qiymati 
va qiymatning birligidan iborat, ammo bu birlik ziddiyatlidir, bir vaqtning o‗zida ikki 
yoqlama shaklga, ya‘ni ashyoviy va qiymat shakliga ega. 
Tovar ishlab chiqaruvchilar qo‗lida qiymat sifatida, sotib oluvchilar qo‗lidaligida esa 
iste‘mol qiymati sifatida namoyon bo‗ladi. Shuning uchun ham tovar sotilmasa, u qiymat 
sifatida tan olinmagan bo‗ladi. Ushbu ziddiyat tovarlarni kerakligicha sifatli va arzon ishlab 
chiqarish orqali yechiladi.Tovarning ikki xossasi borligiga sabab, unda gavdalangan 
Mehnatning ikki yoqlama xarakterga egaligidadir. 
Masalan, 
kostyumda-yigiruvchilar, 
to‗qimachilar, 
tikuvchilar; 
nonda-novvoy, 
traktorchi, tegirmonshi va boshqalar ishtirok etadilar. Agar har bir aniq iste‘mol qiymatida 
masalan, kostyumda ma‘lum aniq cmehnat gavdalansa, uning qiymatida ish kuchi sarfi 
sifatida umuman sarf qilingan inson mehnati gavdalanadi. Aniq mehnat turlari bir­biridan farq 
qiladi. Masalan, tikuvshining mehnati novvoy mehnatidan farq qiladi, chunki birinchisi 
kostyum yaratadi, ikkinchisi esa non. Inson mehnatining umuman sarflanishi nuqtai 
nazaridan, ya‘ni insonning jismoniy, ma‘naviy, ruhiy energiyasini sarf etishi nuqtai nazaridan 
tikuvchi va novvoy mehnati bir xildir. Demak, tovarda gavdalangan mehnat ikki yoqlama 
xarakterga ega. Birinchisi-aniq Mehnat. Ikkinchisi, umuman insonning mehnati va aqliy 
energiyasining sarfi-abstrakt mehnat. Aniq mehnat tovarning iste‘mol qiymatini, abstrakt 
mehnat tovarning qiymatini yaratadi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling