O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mulkchilik shakllari. Mulk ob‟ektlari va sub‟ektlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

4.Mulkchilik shakllari. Mulk ob‟ektlari va sub‟ektlari 
Mulkchilik munosabati o‗zining ob‘ekti va sub‘ektiga ega. Mulkchilik ob‘ekti - bu 
mulkka aylangan barcha boylik turlari. Unga yer, suv, konlar, o‗simlik va rayvonot dunyosi, 
mashinalar, mashina­uskunalar, imoratlar va inshootlar, moddiy va madaniy buyumlar, pullar, 
qYAIMatli qog‗ozlar, mahsulotlar­xizmatlar, tarixiy yodgorliklar, ilmiy­texnikaviy g‗oyalar, 
tovar belgilari, tovarlarning o‗zi, insonning unumli va ijodiy Mehnat qilish qobiliyati kiradi. 
Mana shu moddiy va nomoddiy ne‘matlarni o‗zlashtirish yuzasidan mulkiy aloqa shakllanadi. 
Ne‘matlar mulkka aylangandagina o‗zlashtiriladi. Mulkchilik sub‘ekti - mulk ob‘ektini 
o‗zlashtirishda qatnashuvshilar, mulkiy munosabatlarning ishtirokshilari. 
Bular jumlasiga davlat, jumruhiyat fuqarolari, jamoalar, ularning uyushmalari, jamoat 
va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va boshqa birlashmalari, xalq deputatlarining 
barcha kengashlari ularning vakil qilgan organlar siymosida, ajnabiy davlatlar, xalqaro 
tashkilotlar, boshqa xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar kiradi. Turli yuridik shaxslar va 
fuqarolar bitta mulkning subektlari bo‗lishi mumkin. Aytilgan sub‘ektlarga qarab o‗zlashtirish 
individual, oilaviy, ijtimoiy­sinfiy, hududiy va umummilliy tus oladi.


26 
Mulohaza qiling: Ijtimoiy tabaqalashgan jamiyatda o‗zlashtirish uning darajasi va usuliga qarab har 
xil bo‗ladi. O‗zlashtirish odatda ikki xil bo‗ladi: ishlab chiqarish resurslari, ya‘ni vositalarni 
o‗zlashtirish; ishlab chiqarish natijalarini o‗zlashtirish. Ishlab chiqarish resurslarini o‗zlashtirishda 
moddiy va Mehnat resurlari ishlab chiqarish soribining mulkiga aylangandan so‗ng o‗zlashtiriladi. 
Ishlab chiqarishdagi o‗zlashtirish birlamshi. Bu yerda ishlab chiqarishning har ikkala omili (moddiy va 
inson omillari) birikadi, mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Mana shu omillarning o‗zlashtirilishiga 
qarab, Mehnat natijalariga nisbatan mulk shakllanadi. 
Jamiyatda kishilarning mulkiy maqomiga qarab manfaat
to‗rt guruhga bo‗linadi: 
Individual 
manfaat 
mulk 
egasining 
shaxsan 
o‗ziga 
tekkan 
daromadda 
ifodalanadi; 
Korporativ­guruhiy 
manfaat 
mulk 
egasi 
bo‗lgan 
jamoaning 
hamjihatlik 
bilan 
o‗zlashtiradigan 
daromadi orqali yuzaga 
chiqadi; 
Umumdavlat 
manfaati. 
Buni 
davlat 
byudjeti 
daromadlari 
ifodalaydi; 
Milliy 
manfaat. 
Milliy 
manfaat-jamiyatdagi 
milliy 
boylikning 
ko‗payishini 
bildirib, individual, guruhiy va 
umumdavlat manfaatlarining 
birligidan iborat. 
Shu to‗rt manfaatlarning zamirida xususiy, jamoa, davlat va milliy mulk yotadi. 
Mulkning xarakteri va miqyosiga qarab, uni realizatsiya qilinadi, ya‘ni amalga 
oshiriladi. Uning quyidagi usullari mavjud: 
1. O‗z mulkini kapital sifatida ishlatib, o‗zgalar Mehnatini qo‗llab, tadbirkorlik qilish 
orqali foyda olish. 
2. O‗z mulkini ijaraga berib, ijara haqi olish. 
3. Shayqovshilik qilish orqali daromad topish. 
4. O‗z mulkiga tayangan holda Mehnati bilan daromad topish, o‗z Mehnatiga asoslangan 
xo‗jalik yuritish yo‗li bilan pul topish. 
5. Pul shaklidagi o‗z mulkini qarzga foiz hisobida berish. 
6. Yollanib ishlash orqali o‗z mulki bo‗lgan ish kuchidan daromad topish, ya‘ni ish haqi 
olish. Demak, mukl o‗z egasiga naf, foyda keltiradi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling