O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

 
 
 
 
 


32 
4-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI MAZMUNI VA UNGA O„TIShNING
O„ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy 
belgilari, bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari, bozor turlari va tuzilishi, bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish yo‗llari, ularning farqlari va umumiy tomonlari, O‗zbekistonda bozor 
iqtisodiyotiga o‗tishning asosiy xususiyatlari to‗g‗risida tushuncha va tasavvur hosil qilishdan 
iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Bozor iqtisodiyoti; bozor iqtisodiyoti ob‘ektlari; iqtisodiy plyuhalizm; narxlarning 
liberallashuvi; 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o‗tish modellari; 
sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti; «o‗zbek modeli». 
Asosiy savollar 
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. 
2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. 
3. Bozor turlari va tuzilishi. 
4. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗llari, ularning farqlari va umumiy tomonlari. 
5. O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tishning asosiy xususiyatlari 
1.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy 
belgilari 
Bozor iqtisodiyotining asl, lo‗nda ma‘nosi - iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish 
tajribasidan voz kechib, o‗zini o‗zi boshqaradigan mexanizm yaratishdir. Ana shu o‗zini o‗zi 
tartibga solib, yo‗naltirib, barqaror o‗sish sur‘atlarini ta‘minlab turadigan yangi bozor 
mexanizmi markazida inson turadi, inson omili yotadi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor 
iqtisodiyotidir. yer yuzidagi ko‗pgina mamlakatlar har xil darajada va o‗ziga xos xususiyatlar 
bilan rivojlanib bormoqda. 
Hozirgi dunyoda, ayniqsa, G‗arb mamlakatlarida iqtisodiyot haqida gap ketganda 
faqat bozor iqtisodiyoti tushuniladi. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda 
iqtisodiy xatti­harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor 
mexanizmi orqali bir­biriga bog‗lanib muvofiqlashuvi tuchuniladi. Bozor iqtisodiyoti g‗oyat 
ko‗p qirhali va murakkab iqtisodiyotdir. Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub 
belgilarni yaxlitlikda olib qarash kerak. Bu belgilar shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga 
aylangan bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga keladi, bu esa hozirgi eng rivojlangan 
mamlakatlarda aniq ko‗rinadi. 
Bozor iqtisodiyotining quyidagi sub‘ektlari mavjud: 
a) iqtisodiy mustaqil mulk egasi yoxud 
iste‘molchi bo‗lgan ayrim kishilar yoki 
guruhlar. 
b) 
firma, 
korxona, 
xo‗jaliklar, ularda band 
bo‗lgan tadbirkorlar. 
v) davlat, aniqrog‗i, davlatning 
barcha 
markama-idora 
tashkilotlari. 
Bularga 
odatda 
yollanib 
ishlovshilar, 
yer 
egalari, 
kapital 
soriblari, 
ishlab 
chiqarish 
vositasi 
egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, 
o‗z mulkidan daromad topadi yoki 
yollanib ishlaydi 
Ular foyda olish 
yo‗lida 
mustaqil 
ish 
yuritadilar, 
ishlab 
chiqarish omillarini ishga 
soladilar 
Ular 
ham 
ishlab 
chiqarish, ham iste‘mol bilan 
shug‗ullanadilar, 
bozor 
va 
unda qatnashuvshilar faoliyati 
ustidan nazorat qiladilar 
Bozor 
iqtisodiyoti 
erkin 
tovar­pul 
munosabatlariga 
asoslangan, 
iqtisodiy 
monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo‗ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‗nalishiga 
ega bo‗lgan va boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir. O‗ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy 
yo‗nalishlari va tartiblanib turish usullari jihatidan bu tizim kapitalistik iqtisodiyotdan va 
tarixda mavjud bo‗lgan sobiq sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o‗zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, yer, kapital va
boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o‗z navbatida ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanib, tovar va xizmatlar yaratadilar, ularni taklif etadilar. 
Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi-iqtisodiy plyuhalizm hisoblanadi, ya‘ni 
mulk shakllari va xo‗jalik yuritish usullarining turli­tuman bo‗lishidir. Turli shakllardagi 


33 
mulklar erkin, yonma­yon, rech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar 
muvozanatda bo‗lib, ayrim mulk shaklining hukumronligiga yo‗l berilmaydi. Xo‗jalik 
yuritish usullari ham har xil bo‗ladi. Yakka tartibda, jamoa­uyushmaga birikkan holda, 
sherikchilik­paychilik yoxud aksionerlik asosida, o‗z mablag‗iga yoki qarzga olingan 
mablag‗ga tayanib xo‗jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar 
birgalikda boradi.
Bozor iqtisodiyoti to‗g‗risidagi 
ushbu fikrlarni o‗zingizning 
kuzatishlaringiz asosida 
rivojlantiring. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
erkin 
iqtisodiyotdir. 
Iqtisodiy 
faoliyat 
erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan 
tovarlarning 
mulk 
ob‘ekti 
bo‗lishi, mulkdorlarning 
esa 
mustaqillikka ega bo‗lishidir. Ishlab chiqaruvchi yoki iste‘molchi 
o‗z tovarini yoki pulini o‗zi bilganisha ishlatadi. Bozor iqtisodiyoti 
erkin bo‗lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. 
Iqtisodiy monopolizm - korxona, tashkilot yoxud davlatning 
umuman iqtisodiyotda yoki uning biror sohasida tango hukumronlik 
qilishi. Iqtisodiyotdagi monopolizm ishlab chiqarishning o‗zida, 
savdo­sotiqda, kredit­bank tizimida yoki iste‘mol doirasida mavjud 
bo‗ladi. Iqtisodiyotdagi monopolizmning tayanshi muayyan mulk 
shaklining tango hukumronligidir. Bunday mavqe esa siyosiy 
xokimiyat va g‗oyaviy sohadagi monopolizmni yuzaga chiqaradi. 
Iqtisodiy taraqqiyotga yo‗l o‗shish uchun iqtisodiyotdagi monopolizmni tugatish 
zarur, chunki monopoliya o‗z tabiatiga ko‗ra ishlab chiqarishda turg‗unlik paydo qiladi, 
hukumron mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay, foyda ko‗rishi mumkin, raqobatning 
yo‗qligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorda o‗z izmini o‗tkazishi mumkin. Monopoliya 
turg‗unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusni chegaralaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti u 
bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jihatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‗nalishga ega. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‗zaro munosabatlar manfaatlarni ko‗zlagan holda 
o‗rnatiladi. Ish yuzasidan bo‗lgan munosabatlar (sheriklik) erkin shakllanadi. Turli ishlab 
chiqaruvchilar bir­biri bilan manfaatli aloqa o‗rnatadilar. Bozorda esa xaridor bilan sotuvshi 
bir­birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‗lmaydi, shu sababdan 
bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste‘molchi (xaridor) o‗z izmini o‗tkazadi, tovar va 
xizmatlarning sifatiga va narxiga qarab tanlab olish imkoniga ega bo‗ladi. 
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi narxlarning liberallashuvi, ya‘ni narx­navoning 
erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab 
chiqaruvchi yoki iste‘molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga 
qarab, xaridor bilan sotuvshining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. 
Bozor iqtisodiyoti moslashuvshan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o‗zgarishlariga darhol 
javob beradi, nima yetishmasa, shuni darhol ishlab chiqarishni ta‘minlaydi. Uning muhim 
belgilaridan yana biri innovatsiyaga moyillikdir. U fan­texnika yangiliklarini darhol qabul 
qiladi, yangi tovarlarni, yangi texnologiyani va ishlab chiqarishni boshqarish usullarini joriy 
etishni ta‘minlaydi, chunki bu raqobatda yutqazmaslik, yaxshi foyda ko‗rish, obro‗­e‘tibor 
orttirish sharti bo‗lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar to‗kinshiligini 
yuzaga keltiradi, ko‗pshilik tovarlardan eng yaxshisini tanlab olgan holda ehtiyojni qondirish 
imkonini beradi. 
Ammo bozor iqtisodiyotini hamma dardga davo deb, uni haddan tashqari olqishlash 
unga xolisona baho berishdan yiroq. Uning o‗ziga xos muammolari, zaif tomonlari ham yo‗q 
emas. Bozor iqtisodiyoti millionlab ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilarning faoliyati 
bo‗lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) ham xos. U o‗z­o‗zidan davlat va 
jamoatshilik ishtirokisiz tabiatni murofaza etish, ekologik muvozanatni ta‘minlashni yuzaga 
shiqarmaydi. Jamiyat uchun zarur bo‗lgan, lekin xarajatlar qaytimi sekin bo‗ladigan, katta 
mablag‗ talab qiladigan inshootlar va binolarning qurilishi rag‗batlantirmaydi. Darhol foyda 
keltirmaydigan, lekin ilm­ma‘rifat kelajagi uchun muhim bo‗lgan nazariy izlanishlarni ham 
rag‗batlantirmaydi. Bozor iqtisodiyoti ham sakrab-sakrab, siklli ravishda rivojlanadi
iqtisodiy yuksalishlar bilan birga inqiroz va tanglik ham paydo bo‗ladi. Bozor iqtisodiyotining 


34 
ham, har qanday iqtisodiyot kabi, o‗z rivojlanish qonunlari mavjud. Unga xos qonunlar 
tizimini ikki guruhga bo‗lish mumkin: 
a) umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotida ham amal qilishda davom etgan 
qonunlar; 
b) faqat bozor iqtisodiyotining o‗ziga xos bo‗lgan qonunlar. Bozor iqtisodiyotiga xos 
bo‗lgan tub belgilar sekin­asta shakllanib, pirovard natijada yaxlit iqtisodiy tizimni hosil 
etadi. Bu jarayon murakkab bo‗lganidan, uzoq davom etadi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish XX 
asrga xos bo‗lgan umumbashariy, ya‘ni umumjahon voqeligidir. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish 
kishilarning xorish irodasi emas, balki, ob‘ektiv zaruratdir. Insoniyat tajribasi ko‗rsatganidek, 
hozirgi zamon bozor munosabatlari zaminidagina ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, 
ko‗plab va sifatli tovarlar yaratish, ularga bo‗lgan talabni qondirish, tejamli xo‗jalik yuritish, 
to‗kinshilik yaratib, xalqni farovon turmush sari yo‗llash, ralol va samarali Mehnatni 
qadrlash, adolatni o‗rnatish mumkin. Bozor munosabatlari tizimida shunday rag‗bat kuchi 
jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o‗sish va ijtimoiy rivojlanishni ta‘minlaydi. Xalqaro tajriba 
ko‗rsatganidek, bozor iqtisodiyotiga o‗tishning ikki shakli yoki modeli mavjud. 1) G‗arbiy 
yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‗li; 2) mustamlakashilikdan ozod 
bo‗lib, mustaqil taraqqiyot yo‗liga o‗tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi 
mamlakatlari yo‗li. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling