O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

2.Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari 
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyotiga o‗tishning umumjahon voqeasiga aylanishi XX 
asrning muhim belgisidir. Insoniyat tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bozor iqtisodiyoti bir qator 
muammolarni samarali ral eta oladi, xususan: 
a) muttasil ravishda ishlab chiqarishni o‗stirib, to‗kinchilikni ta‘minlash; 
b) tejamli xo‗jalik yuritib, barcha resurslardan oqilona foydalanish; 
v) ommaviy farovonlikni ta‘minlash; 
g) mazmuni yoki shaklidan qat‘i nazar ralol va samarali Mehnatning qadriga yetish; 
d) umuminsoniy ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tadbiq etish. 
Bozor iqtisodiyotining tamoyillari, qonun­qoidalari umum insoniy, ammo boriladigan 
marra bir xil bo‗lsa­da, uning yo‗llari har xildir.  
3.Bozor turlari va tuzilishi 
YUqorida qayd qilinganidek, bozor iqtisodiyoti deganda hozirgi rivojlangan 
mamlakatlardagi iqtisodiyot tushuniladi. 
Tarixiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyotining ikki turi mavjud. Birinchisi - asov yoki 
yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotning asl namunasi 18-19 asrlarda bo‗lgan. 
Uning ba‘zi bir alomatlari rozir ham ushrab turadi.
Yovvoyi bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari 

YAkka egalikdagi xususiy muklning hukumron bo‗lishi, mulkning ozshilik qo‗lida to‗planishi 

Iqtisodiyotning stixiyali o‗sishi, ya‘ni iqtisodiy beboshlik va tartibsizlikning kuzatilishi 

Noma‘lum bozor uchun ko‗r­ko‗rona ravishda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, ularning 
sotilish yoki sotilmasligining noma‘lumligi 

Raqobat kurashining qonun­qoidasiz, terror, zo‗ravonlik, qalloblik kabi g‗ayriinsoniy usullar 
bilan borishi 

Tadbirkorlar o‗rtasidagi sherikshilik aloqalarining tasodifiy bo‗lishi 

Davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi, undan chetlashib qolishi 

Tartibsizlik natijasida kushli iqtisodiy tangliklar va bo‗rronlarning kelib shiqishi, iqtisodiy 
talafotlarning yuz berishi 

Kishilarning o‗ta boy va o‗ta kambag‗allarga ajhalib qolishi, ular o‗rtasidagi sinfiy kurashning 
mavjudligi, ijtimoiy muvozanatning yo‗qligi 
Bunday iqtisodiyotni asov daryoga tenglashtirish mumkin. Asov daryo tartibsiz oqadi, 
uning o‗zaklari tez o‗zgarib turadi, uning suvini tartibga soluvchi to‗g‗onlar, suv omborlari 
bo‗lmaydi. Bunday daryo nafaqat obi­hayot olib keladi, balki uning toshqinlari qirg‗oqlarni 
yuvib ketish bilan talafot ham keltiradi.


35 
Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadiy saqlanmaydi. U sivilizatsiyalashgan yoki 
madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib boradi. 
Taraqqiy etgan bozor iqtisodiyotining
asosiy belgilari 

Asosiy bo‗lib hisoblangan xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham 
xarakatda bo‗ladi, mulkiy muvozanat yuzaga keladi. 

Iqtisodiyotdagi beboshlik qattiq cheklanadi, iqtisodiyot tartiblanadi. 

Bozor talabni hisobga oladi, ishlab chiqarish talabga moslashadi, bozordagi noma‘lumlik 
aryon­aryon uchrab turadi. 

Raqobat kurashi belgilangan qoidalarga binoan ralol boradi, uning madaniy usullari 
qo‗llaniladi. 

Iqtisodiyot sub‘ektlari (ishtirokchilari) o‗rtasidagi doimiy va uzoq davrga mo‗ljallangan, 
o‗zaro manfaatli sherikshilik aloqalari o‗rnatiladi. 

Davlat iqtisodiy hayotga aralashadi, o‗z shora­tadbirlari bilan iqtisodiy tamoyillarning amal 
qilishi uchun sharoitlar yaratadi. 

Iqtisodiyot tartiblanib turganidan shuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi yoki iqtisodiy 
tanglikdan tezda shiqiladi. 

Iqtisodiyot yuqori darajada rivojlanganligi uchun jamiyat boy bo‗ladi, tadbirkorlik, shu 
sababdan, faqat foyda topish uchun emas, balki el og‗ziga tushish, obro‗­e‘tiborli bo‗lish 
uchun ham olib boriladi. 

Iqtisodiyot ijtimoiy yo‗naltirilgan, ommaviy farovonlikni ta‘minlashdek aniq mo‗ljalga ega 
bo‗ladi. 

Kishilarning iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi chegaralanadi, o‗ziga to‗q, o‗rtarol aholi asosiy 
ijtimoiy qatlamga aylanadi. 
Shu boisdan jamiyatda ijtimoiy muvozanat saqlanib, kishilar o‗rtasida to‗qnashuvlarga 
o‗rin qolmaydi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o‗tish deganda sivlizatsiyalashgan 
iqtisodiyot sari borish tushuniladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling