O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Qiymat va uning mehnat nazariyasi. Uning ahamiyati


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

3.Qiymat va uning mehnat nazariyasi. Uning ahamiyati. 
Qiymat deganda mahsulot ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat miqdori tuchuniladi. 
Mehnat sarflari jonli (ish kuchi sarflari) va buyumlashgan (ishlab chiqarish vositalari, xom 
ashyo va r.k.) turlarga ajratiladi. Binobarin, ―tovarning qiymati‖ deganda, uni ishlab 
chiqarishga ketgan xarajatlar tushuniladi. 
Ishlab chiqaruvchining har doim xarakat qilishiga, yangiliklarga intilishiga, ishlab 
chiqarish xarajatlarini pasaytirishga nima undaydi? Bu savolga qiymat qonuni javob beradi. 
Ushbu fikrni rivojlantiring: Qiymat qonuniga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash 
ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Bu qiymatning miqdori ijtimoiy zaruhiy Mehnat 
sarflari bilan o‗lshanadi. 
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talabi ishlab chiqaruvchi kam Mehnat sarflab, ko‗p 
va sifatli tovar ishlab shiqargandagina, ya‘ni kishilarning talab va ehtiyojini to‗laroq 
qondirgandagina foyda ko‗rib ishlashi mumkin, aks holda sinadi. Demak, qiymat qonuni 
ijtimoiy Mehnatni hisobga olish, tartibga solish, vaqtni tejash va rag‗batlantirish vazifalarini 
bajaradi.
Qiymat qonunining amal qilishi oxir­oqibat ishlab chiqaruvchilarning tabaqalashuviga 
olib keladi. Tabaqalashuvning kechishi faqat sarf­xarajatlardagina emas, shuningdek, bozor 
talabini hisobga olishga, unga moslasha bilishga ham bog‗liqdir. Shunga ko‗ra, qiymat qonuni 
tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini o‗stirib borishga yoki boshqa bir tovar 
ishlab chiqarishga o‗tish uchun rag‗batlantiradi. 
Demak, qiymat qonunining yana bir vazifasi-tovar ishlab chiqaruvchilarni 
tabaqalashtirishdir. Bozordagi tovar bahosi asosida qiymat yotadi. Shunga ko‗ra qiymat 
qonuni baholar qonuni sifatida ko‗rinadi. Lekin qiymat qonunining vazifasi baho qiymat bilan 
teng bo‗lganda ham, farq qilganda ham amalga oshaveradi. Chunki eng yuqori unumdorlikka 


30 
erishgan tovar ishlab chiqaruvchilar, bir muncha vaqt yuqori daromad olib turishlari mumkin, 
lekin bu bilan ularning arvoli butunlay kafolatlangan deb bo‗lmaydi. Agar ular texnik va 
tashkiliy yangiliklarni, ko‗proq samara beradigan ishlab chiqarish yo‗llarini muntazam qidirib 
topib, ishlab chiqarishga qo‗llab turmasalar, bir muncha vaqtdan keyin o‗z ustunliklaridan 
ajhalib qolishlari mumkin. 
Shunga ko‗ra, qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni Mehnat sarfini kamaytirish 
yoki kamaytirmaslikni tanlab olish erkinligidan marrum qiladi. Ular doimo iqtisodiy tazyiq 
ostida bo‗ladilar va doimo ish vaqtini tejash imkoniyatlarini axtarish bilan shug‗ullanishga 
majburdirlar. Tarix tajribasi­qiymat qonuni yaratadigan rag‗batlar va tazyiq g‗oyat samarali 
ekanligini ko‗rsatadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling