O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

4.Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari 
Tovar qiymati ishlab chiqarishda vujudga keladi, ammo faqat bozorda bir tovarni 
ikkinchisiga tenglashtirish orqali aniqlanadi. 
Almashuv hozirgi zamon shakliga yetib kelgunsha bir qancha bosqishlarni bosib 
o‗tadi. Qiymatning eng elementar shakli bir tovar qiymatining boshqa tovarda 
gavdalanishidir. Qiymatning oddiy shakli ayirboshlashning endigina paydo bo‗lgan davriga 
to‗g‗ri keladi: bu vaqtda u hali tasodifiy xarakterga ega bo‗lgan. Masalan, 10 metr mato - 2 
qop g‗alla. Bunda tovar ekvivalent rolini g‗alla o‗ynayapdi. 
Mehnat taqsimoti va tovar ishlab chiqarishning o‗sishi almashinadigan tovarlar sonini 
ko‗paytiradi, qiymatning to‗la yoki kengaytirilgan shakli kelib chiqadi, almashish jamiyatda 
doimiy tus oladi. Endi tovar qiymati bir nesha tovarlarning qiymatlari bilan ifodalanishi 
mumkin bo‗ladi, ya‘ni 2 ta qo‗y ( 2 qop g‗alla yoki 25 metr shit yoki 3 ta bolta kabi. 
Ushbu fikrni 
zamonaviy 
misollar bilan 
rivojlantiring 
Qiymatning kengaytirilgan shakli asta­sekin uning umumiy shakliga 
aylanadi. Hamma tovarlar o‗z qiymatini bir tovarda aks ettira boshlaydi. 
Masalan: 8 qop g‗alla yoki 10 metr shit yoki 1 ta bolta yoki 1 ta qo‗y. 
yoki 2 gr oltin va rokazo. Bunda tovar-ekvivalent rolini bitta qo‗y 
o‗ynamoqda. Shu yo‗sinda umumiy ekvivalent kelib shiqqan va bu rolni 
o‗ynovshi tovarning asosiy vazifasi odamlarning shaxsiy ehtiyojini 
emas, ijtimoiy almashuv ehtiyojini qondirishdan iborat bo‗lib qoldi. 
Xalqlarda va tarixning turli bosqishlarida ekvivalent vazifasini turli tovarlar bajargan. 
Ishlab chiqarishning yanada taraqqiy etishi, tovar almashuvining rivojlanib, savdo­sotiq 
ishlarining milliy doiradan chiqib ketishi, katta xalqaro bozorlarning paydo bo‗lishi, yagona 
umumiy ekvivalent zaruhiyatini keltirib shiqargan. Shu yo‗sinda qiymatning pul shakli kelib 
shiqqan. Umumiy ekvivalent vazifasini oltin bajara boshlagan. Oltin pulga aylandi. Pul rolini 
tarixda boshqa materiallar ham (mis, temir, kumush) o‗ynagan. Shunday qilib pul-o‗ziga xos 
tovar, umumiy ekvivalentdir. 
Pul quyidagi vazifalarni
bajaradi: 
1.Pul-qiymat 
o‗lchovidir. 
2. Pul-muomala vositasi. 
3.Pul-jamg‗arish vositasi. 
Pul turli tovarlarning 
qiymatini 
o‗lshab, 
miqdorini 
taqqoslab 
beradi. 
Tovarlar 
qiymatining 
pulda
ifodalanishi tovarning 
bahosidir. 
Tovar­pul muomalasi jarayonida pul naqd 
bo‗lishi kerak, chunki uning yordamida 
tovarlar oldi­sotdi qilinadi. Tovarlarning 
pulga 
aylanishi 
tovar 
ishlab 
chiqaruvchining 
tovarni 
tayyorlashga 
sarflangan Mehnati jamiyatga kerakli deb 
e‘tirof etilganligini bildiradi. Shuning 
uchun pulga tovar ayirboshlash bozor 
iqtisodiyotining muhim tomoni hisoblanadi. 
Turli vaziyat taqozosi muomala 
jarayonining uzilib qolishiga olib 
kelishi 
mumkin. 
Buning 
natijasida 
pul 
muomalada 
bo‗lmay turib qoladi. Bunday 
holda pul boylik to‗plash vositasi 
vazifasini bajara boshlaydi. 
Pulning vujudga kelishida asosiy sabab-tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi, Mehnat 
taqsimotining shuqurlashuvidir, buning natijasida ortiqsha mahsulotni ayirboshlash zaruhiyati 
vujudga kelgan. Pul esa ayirboshlashning eng qulay vositasi bo‗lganligi sababli insonlar
tomonidan qabul qilingan. 


31 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling