O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING 
O„QUV DASTURI 
Kirish
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan 
milliy xo‗jalik qaror topmoqda va uinng institutsional jihatlari takomillashmoqda. 
Transformatsiya jarayonlarida milliy iqtisodiyot barpo bo‗lishi va uning jahon xo‗jaligiga 
qo‗shilishi o‗ziga xos tendensiyalarni yuzaga chiqaradi va qonuniyatlar shakllanadi. 
O‗zbekistonda ham boshqa qator davlatlar kabi resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan 
zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, milliy ishlab 
chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish yo‗nalishlarida islohotlar olib borilmoqda. 
Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiyot nazariyasi predmetini chuqur o‗rganish, 
barcha jamiyatlarga xos bo‗lgan nazariyalar, umumiy qonuniyatlardan xabardor bo‗lish, 
nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg‗ab olish, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining 
global va lokal masalalarini tushunish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni 
o‗rganish zaruriyatini izohlaydi.
O„quv fanining maqsadi va vazifalari 
Fanni o„qitishdan maqsad - talabalarga iqtisodiyot nazariyasi tushunchalari va 
tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish 
tendensiyalari hamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur 
usullarini, bilim, malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar mohiyatini 
tushuntirish, iqtisodiy nazariyalar, g‗oyalar va yondoshuvlar evolyutsiyasini aniq tushunchalar 
orqali singdirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiqtisodiy nazariya doirasidagi 
ustuvor yo‗nalishlarini o‗rgatishdan iborat. 
Fan bo„yicha talabalarning bilimiga, ko„nikma va malakasiga 
qo„yiladigan talablar 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani mavzularini o‗zlashtirish jarayonida bakalavr: 
- iqtisodiy nazariyaning asosiy g‗oyalari, tushuncha, kategoriya va tamoyillari, 
yondoshuvlari, umumiqtisodiy fanlarning o‗zaro mantiqiy bog‗liqligini bilishi kerak;
- ma‘ruza materiallarini o‗zlashtirish orqali milliy iqtisodiyotlar, shuningdek, jahon 
xo‗jaligi shakllanish va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tushuna olish, iqtisodiy 
tushunchalar va atamalarning amaliy namoyon bo‗lish shart-sharoitlari, omillarini tahlil qilish 
va iqtisodiy voqelikni ilmiy mushohada(idrok) etish ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak; 
- iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishi va yechimi, asosiy ta‘limot va nazariyalarni 
tushunish orqali milliy iqtisodiyotning amal qilishi, boshqarilishi va bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog‗liq ilmiy va amaliy 
faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo„lishi kerak. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling