O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


O„zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

5.O„zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish 
xususiyatlari 
Mulkiy munosabatlarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish muhim 
o‗rin tutadi. Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara 
korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas‘uliyati sheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli 
mulk bo‗lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‗lmagan yuridik shaxslarning 
davlat mulki ob‘ektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib 
olishdir. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy
qonun­qoidalari: 
Davlat tasarrufidan 
chiqarish va 
xususiylashtirish 
vaqtida mulkni
pulli va pulsiz 
topshirishni 
qo‗shib olib borish; 
Pulsiz va pulli 
xususiylashtiri 
ladigan mulkdan 
ulush olishda 
fuqarolar 
tengligi; 
Davlat tasarrufidan 
chiqarish va 
xususiylashtirish 
sharoitida barcha 
fuqarolarning 
ijtimoiy rimoya 
qilinishini 
ta‘minlash; 
Davlat tasarrufidan 
chiqarish va 
xususiylashtirish 
tadbirlarini amalga 
oshirish ustidan 
davlat va jamoat 
nazoratini yo‗lga 
qo‗yish; 
Monopoliya 
ga qarshi 
qonunlar 
talablariga 
rioya etish. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari quyidagilardan iborat: 
davlat korxonasi, jamoa korxonasining aksiyali jamiyatga yoki shirkatga hamda davlat 
korxonasining ijara korxnasiga aylantirilishi. O‗zbekiston Respulikasida davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi: 


27 

davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoalarining 
mustaqil aniqlanishi; 

davlat tasarrufidan shiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat 
jamoalarining ijtimoiy jihatdan murofaza qilinishini ta‘minlash; 

boshqa respublikalar va xorijiy davlatlarning ijtimoiy va yuridik shaxslari davlat 
tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilayotgan ob‘ektlarni, ularning aksiyalarini 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Markamasi tomonidan yoki u vakil 
qilgan idora tomonidan belgilanadigan kvotalar bo‗yicha sotib oladilar; 

davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning to‗la oshkohaligi hamda bu 
xaqda axborot e‘lon qilish, ularni korxonalar xodimlari tomonidan, kasaba uyushmalari va 
boshqa ijtimoiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilish. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ob‘ektlarini sotish tartibi, narxi, 
bitimlarni rasmiylashtirish tartibi, mablag‗i 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan 
«O‗zbekiston Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to‗g‗risida»gi qonun»da batafsil bayon etilgan. O‗zbekistonda tovar­pul munosabatlari 
rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub 
korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini yuritish, qayta tashkil etish va tugatishning umumiy 
xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beruvchi ―O‗zbekiston Respublikasidagi 
korxonalar to‗g‗risidagi qonun‖ mavjud. qonun foyda olishni ko‗zlab ish olib boradigan 
korxonalarning mustaqilligini ta‘minlashga qaratilgan bo‗lib, ularning huquqlari va 
mas‘uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, xalq deputatlari Kengashlari, 
davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling