O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Bozor iqtisodiyotiga o„tish yo„llari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

4.Bozor iqtisodiyotiga o„tish yo„llari 
Bozor iqtisodiyotining oldingi mavzuda tilga olingan belgilari uzoq davr davomida 
shakllanib, pirovard natijada yaxlit ijtimoiy tizimni tashkil qiladi. 
Bunda bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗llari (modellari) xilma-xil bo‗lib, ularning umumiy 
va xususiy tomonlari farqlanadi. 
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‗tishning barcha yo‗llari
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy
modelga bo‗linadi: 
Rivojlangan mamlakatlar yo‗li 
Rivojlanayotgan mamlakatlar 
yo‗li 
Sobiq sotsialistik mamlakatlar 
yo‗li 
Bu yo‗llarning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‗tishni 
maqsad qilib qo‗yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‗p 
jihatdan umumiy bo‗ladi. Shu bilan birga har bir yo‗lning o‗ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa 
bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil 
bo‗lishidan kelib chiqadi. 
Masalan, bozor munosabatlariga o‗tishning g‗arbsha modeli (rivojlangan mamlakatlar 
yo‗li)da oddiy tovar xo‗jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor 
iqtisodiyotiga va undan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o‗tiladi. 
Mustamlakashilikdan ozod bo‗lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish yo‗lining xususiyati - bu qoloq, an‘anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor 
iqtisodiyotiga o‗tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‗lining muhim belgisi 
markazlashtirilgan, ma‘muriy – buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon 
rivojlangan bozor tizimiga o‗tishdan iboratdir. Bu yo‗lning boshqa yo‗llardan farqi shundaki, 
totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‗q, ular batamom bir-biriga zid. 
Shu bilan birga uchinchi yo‗lda bozor munosabatlariga o‗tayotgan mamlakatlarning o‗zi o‗tish 
sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‗jalik yuritish shakllari bilan bir-


36 
birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‗tishning mazkur yo‗lining o‗ziga 
xos xususiyatlaridir. 
Markazlashgan ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga 
o‗tishda maqsad bir xil bo‗lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‗llarni tanlashlari mumkin. Hammaga 
ma‘lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o‗tishda ikki yo‗l, ya‘ni revolyutsion va evolyutsion 
yo‗llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor 
iqtisodiyotiga o‗tishning revolyutsion yo‗lini, birdaniga katta to‗ntarishlar qilish yo‗lini tanladilar. 
Boshqasha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo‗lladilar. Bu yo‗lni amalga 
oshirish uchun Rossiyada «300-kun», «500-kun» degan o‗tish dasturlari ishlab shiqildi. Bu 
dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga 
o‗tishda ancha uzoq muddatli o‗tish davri bo‗lishini unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab 
chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko‗plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko‗paydi, pulning 
qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo‗q, odamlarning arvoli 
og‗irlashdi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling