O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

Q o n u n l a r 
Umumiqtisodiy 
qonunlar 
Formatsion­maxsus 
qonunlar 
Davriy­oraliq qonunlar 
Jamiyat taraqqiyotining 
hamma bosqichlarida, 
iqtisodiyotning aniq 
ijtimoiy shaklidan qat‘i 
nazar amal qiluvchi 
qonunlar 
Maxsus iqtisodiy qonunlar 
– faqat muayyan ijtimoiy-
iqtisodiy tizim doirasida 
amal qiluvchi, shu 
tizimning o‗ziga xos 
xususiyatlarini ifoda 
etuvchi qonunlar 
Bu turli ijtimoiy­iqtisodiy tizimda, 
ammo ma‘lum davrda amal 
qiluvchi tizimlarning maxsus 
tuzumiga aloqasi bo‗lmagani 
holda, ularni birlashtirib bog‗lab 
turuvchi munosabatlarga xos 
qonunlar 
Iqtisodiyot nazariyasi kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga mansub bo‗lmasin, 
yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda o‗zaro ta‘sir ostida amal qilishini hisobga 
oladi. Kategoriya va qonunlar tizimi – iqtisodiyotga xos bo‗lgan barcha, bir­birini taqozo 
etuvchi qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. 
3.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil usullari 
Iqtisodiyot nazariyasi hodisalarni bilishga bag‗ishlangan umumfalsafiy usullarni 
qo‗llaydi. Eng avval iqtisodiyotni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi 
ma‘lumotlar (faktlar) jamlanib baholanadi. Jamlangan ma‘lumotlarga bir qator belgilariga 
ko‗ra umumiy tarzda baho beriladi. Natijada dastlabki sinab ko‗rilmagan xulosa ­ gipoteza 
olg‗a suriladi. Faktlarni tartiblab xulosaga kelishda abstraksiyalash usuli asosiy usul bo‗lib 
xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy­texnikaviy fan emas; u o‗z gipotezalarini tajribalar 
yoxud laboratoriya tahlili orqali tekshirib ko‗rmaydi. U ijtimoiy fan, u iqtisodiyotdagi g‗oyat 
ko‗p qirhali, chirmashib ketgan aloqa­bog‗lanishlarga duch keladi. Abstraksiyalash - bu 
iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o‗rganishdagi 
uchinchi bosqich - bu nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog‗lashdir. Nazariya iqtisodiyotga 
qanday tendensiyalar xos bo‗lishi, uning qanday omillari ta‘sirida rivojlanishi, unda qanday 
o‗zgarishlar bo‗lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariya – iqtisodiy siyosatning ilmiy 
asosi deb aytish mumkin. Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat 
miqyosidagi siyosatni, balki ayrim korxona, firmaning amaliyoti dasturini, uning qanday 
ratti­xarakatga qo‗l urishini ham tushunish zarur. 
Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik 
bilimdan abstraksiyaga o‗tib, nazariy xulosalar chiqarish, so‗ngra ulardan iqtisodiy siyosatga 
o‗tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo‗llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga 
o‗tiladi. Bunda olg‗a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko‗riladi. Har ikkala 
usul bir­birini to‗ldiradi. Nazariy xulosalar ikki - makro va mikro darajadagi iqtisodiy 
tahlildan kelib chiqadi. Iqtisodiyot o‗rganilganda miqdor va sifat tahlili qo‗llanadi. 
Iqtisodiyot nazariyasida qonuniyatlarni bayon etish uchun egri chiziq chizmalari, statistik 
jadvallar qo‗llanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling