O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Davlatning iqtisodiyotga ta‟sir qilish usullari va vositalari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

3.Davlatning iqtisodiyotga ta‟sir qilish usullari va vositalari. 
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu 
usullarni umumlashtirib quyidagisha guruxlash mumkin:
- bevosita ta‘sir qilish usullari; 
- bilvosita ta‘sir qilish usullari;
- tashqi iqtisodiy usullar. 
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‗lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy 
jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun bo‗lsa, bozor iqtiodiyoti esa 
birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog‗langan. Shu bilan 
birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat xilma - xil 
shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu 
davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma‘muriy vositalardan foydalaniladi. 
Ma‘muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur 
qilish xarakterdagi tadbirlarni o‗z ishiga oladi. Tartibga solishning ma‘muriy vositalaridan 
foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tartibga solish ko‗zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga ushragan 
davrda iqtisodiyotga bilvosita ta‘sir qilish tadbirlari kam samarali bo‗lib, ma‘muriy 
vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‗rsatish 
mumkin:


110 
a) iqtisodiyotning ayrim bo‗g‗inlari - transport, aloqa, atom va elektr - energetika, 
kommunal xizmat va boshqalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor 
sifatida o‗ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat 
tadbirkorligi, ma‘lum doirada amal qilib, ko‗pinsha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun 
qulay bo‗lmagan korxonalar doirasi bilan sheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, 
ma‘lum sharoitlarda iqtisodiy o‗sish uchun zarur bo‗lsa, ikkinchi tomondan vaqt o‗tishi bilan 
samarasiz bo‗lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob‘ektiga 
aylantiriladi.
b) narxlar va ish haqini qotirib qo‗yish siyosati:
Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani 
yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun 
bilan taqiqlandi yoki ma‘lum doira bilan sheklanadi. Antiinflyatsion tadbirlar orqali 
inflyatsiya darajasini pasayishi investitsiyalarga rag‗bat beradi.
v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (Mehnat birjalari) ni tashkil qilish.
Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‗radi. 
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta‘minlanmaganlarga nafaqa beradi, 
muhtojlarga yordam ko‗rsatadi.
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‗zda tutuvshi qonuniy aktlarni ishlab shiqish va 
qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunshilik, soribkorlik to‗g‗risidagi, bank sohalari, 
qYAIMatli qog‗ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‗zda tutuvshi qonunlar). 
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‗li bilan kafolatlanadi, turli 
mulk shakllarining daxlsizligi ta‘minlanadi, monopoliyalarga yo‗l berilmaydi va erkin 
raqobatga sharoit yaratiladi. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va 
vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul - kredit va byudjet siyosatida o‗z ifodasini 
topadi.
Pul - kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‗ladi:
- hisob stavkasini tartibga solish;
- moliya kredit muassasalalarining markaziy bankdagi ertiyotlari minimal 
hajmini o‗rnatish va o‗zgartirish;
- davlat muassasalarining qYAIMatli qog‗ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat 
majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to‗lash).
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan 
yo‗nalishda o‗zgartirishga xarakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul miqdorini 
o‗zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bo‗lgan talab va 
taklifni markaziy bank orqali quyidagi yo‗llar bilan o‗zgartiradi.
Birinchidan, davlat markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag‗larining qarzga 
beriladigan va extiyot (rezerv)da turadigan qismlari ulushini o‗zgartiradi. Natijada qarzga 
beriladigan pul miqdori o‗zgaradi, ya‘ni uning taklifi oshsa foiz kamayadi, aksincha u 
kamaysa foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kushaytiradi va bu 
investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantiradi.
Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning 
kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‗sishiga ta‘sir qilishini ta‘minlaydi.
Uchinchidan, davlat markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o‗z 
obligatsiyalarini sotadi yoki qYAIMatli qog‗ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul 
mikdori o‗zgarib, bu foizga ta‘sir etadi. Davlatning pulga bo‗lgan talab va taklifini 
o‗zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.
Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini o‗zgartirishga 
qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag‗larni jalb qilishning eng 
asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo‗jalik sub‘eklari faoliyatiga va ijtimoiy 
barqarorlikga ta‘sir ko‗rsatishda xam keng foydalaniladi. Soliqlar yordamida davlat 
tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq 
turlari va soliq to‗lashda berilgan imtiyozlarga bog‗liq bo‗ladi. Davlat iqtisodiyotni 


111 
tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi 
navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni 
sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo‗ladi.
IDTSda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari aloxida 
rol o‗ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg‗arish va iktisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlarni 
rag‗batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikli va bandlikka ta‘sir ko‗rsatuvshi 
muhim dastak hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‗yilmalari muhim 
rol o‗ynaydi. Jumladan, bozor kon‘yukturasi yomonlashgan, turg‗unlik yoki inqiroz sharoitida 
xususiy kapital qo‗yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‗sadi. Shu orqali 
davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‗sishiga qarshi turishga xarakat qiladi. 
Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi o‗zgarishlarda ham sezilarli o‗ringa 
ega bo‗ladi, masalan, davlat xususiy kapitalining oqib kelishi yetarli bo‗lmagan mintaqalar, 
tarmoqlar yoki faoliyat sohalarida yangi ob‘ektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish 
orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bulardan tashqari davlat kapital 
quyilmalari ilmiy - tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital 
chiqarishda ham katta rol o‗ynaydi. IDTS ning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari 
hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks 
foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‗rta muddatli, favqulodli va maqsadli bo‗lishi 
mumkin. O‗rta muddatli umum iqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favqulodli 
dasturlar tig‗iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kushli inflyatsiya 
sharoitlarida ishlab shiqilib, qisqa muddatli xarakterga ega bo‗ladi. Bunday maqsadli 
dasturlarning ob‘ekti tarmoqlar mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil 
yo‗nalishlari bo‗lishi mumkin.
IDTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita 
va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‗jalik aloqalariga 
bevosita ta‘sir ko‗rsatiladi. Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan - texnika yutuqlari eksportini 
rag‗batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport 
kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga sheklashlar kiritish yoki bekor qilish, 
tashqi savdoda boj to‗lovlarini o‗zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb 
qilish yoki sheklash bo‗yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro 
iktisodiy tashkilotlarda va davlatlaharo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi 
iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, IDTSning qarab shikilgan barcha ishki va tashqi iqtisodiy usullari 
(vosita va dastaklari) birgalikda milliy iktisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va 
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling