O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 1.03 Mb.
|
Iqtisodiy statistika Nosirov Timur ST-52 Kurs Ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ”Statistika” KAFEDRASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “Moliya va buxgalteriya hisobi”fakulteti “Statistika” kafedrasi Ro‘yhatga olindi № __________ Ro‘yhatga olindi № __________ “______ ___________2021 y. ______ ___________2021 y. ”Statistika” KAFEDRASI “Iqtisodiy statistika” fanidan KURS ISHI Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari va uning samaradorligining statistik tahlili Bajardi: Moliya va Buxgalteriya fakulteti ST-52 guruh talabasi Nosirov Timur
MUNDARIJA Kirish. 3 1.Xarajatlar haqida umumiy tushuncha. 3 2.Xarajatlarning turlari. 5 3.Xarajatlarning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar. 14 4.Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo’nalishlari va iqtisodiy samaradorlikning statistik tahlili. 18 Xulosa 34 Foydalanilgan adabiyotlar. 35 Kirish Har qanday korxonada ham mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish ma’lum miqdoridagi xarajatlar bo'lishini taqozo etadi.Ishlab chiqarish xarajatlari — mahsulotlarni ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazish bilan bog‘liq bo'lgan tirik va mujassamlangan mehnat qiymati yig'indilaridan tashkil topadi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga yetkazib berish funksiyalarini bajaruvchi tarmoqlar mustaqil tarmoqlarga ajratilgan bo'lsalar ham , lekin bu holat shartli holat hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida ham tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berishning ma’lum funksiyalari, yetkazib berish jarayonida esa tovarlam i ishlab chiqarish jarayonining davomi bo'lgan ma’lum elementlari amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tkazilishi munosabati bilan davlatning ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha foydalanadigan ma’lumotlari hajmi kamayib, asosiy e’tibor soliq va soliqqa tortishga qaratildi.Korxona va tashkilotlar mahsuloti amaldagi tannarxini davlat tomonidan nazorat qilinishi bekor qilindi. Shu bilan birga statistik usullar yordamida mahsulot tannarxini tahlil qilishning ahamiyati kamaygani yo'q. Amaldagi xarajatlar hajmini bilish, mahsulot bahosini va korxonalarning moliyaviy holatini o'rganish uchun zarurdir. Mahsulot tannarxining pasayishi tadbirkor uchun foydani ko'paytirish va konkurensiya kurashida ustunlikka erishish imkoniyatini beradi. Korxonalarning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi xarajatlari uch guruhga bo‘linadi: — mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo'lgan joriy xarajatlar; — ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilash bilan bog'liq bo'lgan kapital xarajatlar; — bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan (xodimlarga madaniy-maishiy xizmatlarni ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan) boshqa xarajatlar.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling