O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-yil holatiga O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o'sish sur'atlari, %


Download 0.53 Mb.
bet4/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#195951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Nosirov Timur ST-52

2020-yil holatiga O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o'sish sur'atlari, %1

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Toshkent shahriga (10,0 %) to’g’ri keladi. Shuningdek, Navoiy (7,2 %), Namangan (6,1 %) viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi (6,1 %) hamda Surxondaryo (5,3 %), Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida (4,6 %) aholi jon boshiga umumiy daromad ko'rsatkichlarining real o'sishi respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.

Aholi umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada o’sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 69,1 % ulushga ega bo’lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar) va 25,3 % ni tashkil

1.Www.stat.uz O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi rasmiy sayti

etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o’zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Hududlarning aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning (yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar) eng yuqori ulushi Navoiy (83,6 %) viloyatida kuzatildi. Aksincha, Toshkent shahri, Xorazm, Samarqand, Farg'ona, Surxondaryo, Andijon, Namangan viloyatlari, hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida o'rtacha respublika darajasidan past ko'rsatkichni tashkil etdi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling