Foizlar va dividendlarni to’lash va olish bilan bog’liq pul oqimlari. Foizlar va dividendlar to’lash va olish bilan bog’liq bo’lgan pul mablag’larining harakati alohida ochib beriladi. Ular su’yektning xo’jalik faoliyati turiga bir hisobot davridan keyingisiga bir maromda operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyat kabi tasniflanadi. Hisobot davri davomida to’lanadigan foizlarning umumiy summasi ularni xarajat sifatida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda tan olinishi yoki olinmasligiga qaramasdan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ochib beriladi. Moliyaviy muassasalarda to’lanadigan va olinadigan foizlar hamda dividendlar pul mablag’larining harakati sifatida klassifikatsiyalanadi.
Boshqa korxonalar uchun esa to’lanadigan va olinadigan foizlar hamda dividendlarni operatsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida tasniflash mumkin, chunki
96
ular sof foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadilar. Lekin ular moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida ham tasniflanishi mumkin. Bunga sabab, ular olingan moliyaviy resurslar uchun to’lov yoki investitsiyalardan daromad hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |