5.8. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarini izoh va tushuntirish xatlarida yoritish
Хo’jalik yurituvchi su’yektlar moliyaviy hisobotlarining izohlari va tushuntirishlarida quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatishi lozim:
-xo’jalik yurituvchi su’yektning moliyaviy hisoboti va hisob siyosati asoslari
uchun turli asosiy muomalalar va hodisalarni tanlagani va qo’llanilgani to’g’risida
ma’lumot taqdim etish;
-BHMA talab qilgan hech bir moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan axborotni
yoritish;
-moliyaviy hisobotlarda aks ettirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va
haqqoniy taqdim etish uchun qo’shimcha tahlil axborotlarini taqdim etish.
Yuqorida aytib o’tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda batafsilroq
ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar
foydalanuvchilarga pul mablag’lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslari to’g’risida quyidagi
ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim:
-korxonaning nazorati ostida bo’lgan aktivlar haqida;
-korxonaning passivlari haqida;
-korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa
davrga o’tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi o’zgarishlar haqida;
-pul mablag’larining harakati haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |