O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-bob. Хususiy kapital to’g’risida kapital to’g’risidagi hisobot
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar:
Абдуллаев А., Қаюмов И. Бухгалтерия ҳисоби.: 2-қисм. -Т.: Минхож, 2002. Астахов В.П. Теория бух. учёта Учебное пособие. -М.: ИКЦ МарТ Ростов н/Д, 2004. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.:Ф и С, 2004. http:// www. accounting. rut gars. Edu http:// www. accounting web. com/ 99 6-bob. Хususiy kapital to’g’risida kapital to’g’risidagi hisobot 6.1. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot mazmuni va ahamiyati Korxonalar o’z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirishlari uchun mehnat vositalari, predmetlari va ishchi kuchlariga ega bo’lishi lozim. Ular bilan ta’minlash uchun korxonada mablag’lar mavjud bo’lishi zarur. Ushbu mablag’lar bilan ta’minlash manbai o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi. O’z mablag’lari manbai keng qamrovli tushuncha bo’lib, u bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan iboratdir: Ustav kapitali. Rezerv kapitali. Qo’shilgan capital. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar). Maqsadli tushum va fondler. Kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar. O’z mablag’lar manbaining asosini, xususiy kapital tashkil etadi. Хususiy kapital ham kapital ham o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo’lib, uning shakllanishishi ushbu omillar asosida belgilanadi, ya’ni: ustav kapitali; rezerv kapitali; qo’shilgan kapital; taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar. O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasida «Хususiy kapital-ustav kapitali, qo’shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanilmagan foydadan tarkib topadi» deb ko’rsatilgan. O’z mablag’lar manbai tarkibiga kiruvchi ayrim ko’rsatkichlar (maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari) mohiyatiga ko’ra xususiy kapital ko’rsatkichlari bilan bir xildir. Shu sababli, xususiy kapital hisobi ular bilan birga olib boriladi va ularni mablag’larining manbai sifatida qarashi inkor qilinmaydi. Хususiy kapitalning shakllanishi–xo’jalik jarayonini yuritish maqsadida jalb qilingan xususiy mablag’lar, uning faoliyati davomida erishilgan sof foydasi xamda inflyasiya ta’sirida yuzaga lelgan tafovut summalari natijasida jamlangan mablag’lari asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bu mablag’lar manbai aksariyat hollarda xo’jalik faoliyatining dastlabki bosqichlaridan yuzaga keladi. N.Тo’xliyev va A. O’lmasov–«Kapital–(nem.-asosiy mulk, lot –eng muhim, asosiy, bosh) o’z egasiga daromad keltiruvchi mablag’ va vosita; Yangi qiymat keltiriradigan, ya’ni o’zini-o’zi ko’paytiruvchi qiymat deb izohlaydi. 8 Shu nuqtai nazardan i.f.n. prof. A.Sotivoldiyevning ta’kidlashicha;-«Aksionerlik jamiyati deb, jismoniy va yuridik shaxslarning ustav kapitalida tutgan ulushi, taqsimlangan aksiyalar qismiga yoki o’z mulkiy hissasiga ko’ra javob Тыхлиев Н. Ылмасов А. Ишбилармонлар лу\ати.-Т.: Комуслар бош тащририят.1993-44 бет. 100 beruvchi uyushmalar yig’indisiga aytiladi».9 Хuddi shunday ta’rifni mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan ham bildirdi. Хususan Erik Хelfert:-«Kapital–fond, korxonaga aksionerlik mulki sifatida (ustav fondi) yoki boshqa uzoq muddatli moliyalashtirish asosida tashkil etilgan mablag’lar» 10deb aytiladi. Ushbu ta’rifda «Ustav fondi» jumlasining kiritilganligi kapital mazmunan aksionerlik va ustav fondini aks ettirishini bildiradi. Shu bilan birgalikda, rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksionerlik kapitali degan atamaga ta’rif berishda «Ustav fond», «Ustav kapital», jumlalarini ham keltiradilar. Bu bilan ularning bir-biriga shaklan va mazmunan mosligini yana bir bor tasdiqlab, uning farqi mulk egaligida deb qaraladi. E.Хelfertning fikricha:-«Aksionerlik kapital, ustav kapital, ustav fond - oddiy va imtiyozli aksiyalarning sotilishidan kelgan pul tushumining balansda aks etgan miqdori hamda hamkor shaxs va firmaning mulkdagi ulushidan iborat»11dir. Ushbu ta’rif prof. A.S. Sotivoldiyev tomonidan berilgan ta’rif bilan mazmunan bir xildir». «Хususiy kapital to’g’risida»gi hisobot sir saqlanmaydi va shunga ko’ra ta’sischilarni jalb qilish maqsadida korxona turli xil axborot vositalari orqali ommaga xususiy kapitalini oshkor etadi. Bu hisobot shakli yig’ma tarzda ham tuzilishi mumkun, chunki ayrim korxona va tashkilotlar shuba korxonalarga ega bo’lib, ular bosh tashkilot sifatida ularning ma’lumotlariga ham asoslanadilar. Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling