O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobotda aks ettirilishi
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
6.7. Sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobotda aks ettirilishi
Aksiyadorlik jamiyatlari o’zining chiqargan aksiyalarini sotib olishi va uni qaytadan sotishi mumkin. Хususiy aksiyalarni quyidagi maqsadlarda vaqtinchalik sotib olishi mumkin: aksiyalar kursining barqarorligini ta’minlash uchun; aksiyalarga to’lanadigan divident summasini oshirish uchun; aksiyalarni korxona ishchi va xizmatchilariga sotish uchun; aksiyalarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinishini nazorat qilish maqsadida; aksiyadorlik jamiyati faoliyatining alohida aksionerlar tomonidan nazorat qilish va kuchli ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik uchun. Sotib olingan xususiy aksiyalar qiymati aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali miqdorini kamaytiradi va balansda ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa sifatida ko’rsatiladi. Emitent tomonidan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati haqiqiy sotib olish bahosida aks ettiriladi. Sotib olingan xususiy aksiyalarni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotganda o’rtadagi farq summasi «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» agarda sotib olingan xususiy aksiya sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotilsa o’rtadagi farq summasi «Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar» sifatida ko’rsatiladi. Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda ushbu qiymatlar o’rtasidagi farq «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» sifatida aks ettiriladi. Agar bekor qilingan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati ularning nominal qiymatdan yuqori bo’lsa, unda farq «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» sifatida tan olinadi. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning sotib olingan xususiy aksiyalar ustunida aniqlanishi uncha murakkab bo’lmagan quyidagicha ko’rsatkichlar belgilangan: yil boshiga qoldiq; xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari; yil oxiridagi qoldiq. Hisobotning yil boshiga sotib olingan xususiy aksiyalar qoldig’ini aniqlash uchun 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy» va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar-imtiyozli» schyotlarining yil oxiriga qoldiq sumasiga asoslaniladi. Shu bilan birgalikda hisobot yilining 1-yanvariga tuzilgan buxgalteriya balansi passividagi «sotib olingan xususiy aksiyalar» moddasi (440-satr) ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Buxgalteriya hisobining 8600-«Sotib olingan xususiy aksiyalar» schyoti bilan buxgalteriya balansi passivining xuddi shu nomdagi moddasi bilan taqqoslanadi. Ikkala summa bir-biriga mos kelishi lozim. Shundan so’ng ushbu ma’lumotlar hisobotga kiritiladi. 109 Хususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari ko’rsatkichida sotib olingan xususiy aksiyalarni sotilishi yoki sotib olinishi natijasida ko’payishi yoki kamayishi ko’rsatiladi. Yil oxiridagi qoldiq summasini aniqlashda buxgalteriya hisobining 8600 «Sotib olingan xususiy aksiyalar» schyoti va buxgalteriya balansi passivining «Sotib olingan xususiy aksiyalar» moddasi ma’lumotlarini taqqoslash yo’li bilan tekshiriladi. Agar ular o’rtasida tafovut bo’lmasa, unda ushbu ma’lumotlar hisobga kiritiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalar summasining yil boshiga va oxiriga bo’lgan qoldiq summalari o’rtasidagi farq summasi «Хususiy kapitalning ko’payishi (+) yoki kamayishi (-)» ko’rsatkichini to’ldirish uchun (120-satr) asos bo’ladi. Shunday qilib, sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapitalning asosini tashkil qiluvchi oddiy va imtiyozli aksiyalarni boshqarish jarayonini ifodalaydi. Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling