O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Хususiy kapital to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish qoidalari


Download 264.41 Kb.
bet54/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

6.8. Хususiy kapital to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish qoidalari
Korxonalar faoliyatining barqaror rivojlanishida maqsadli tushumlar alohida ahamiyatga ega. Maqsadli tushumlar tarkibi quyidagilardn iborat:

grantlar;

subsidiyalar;

a’zolik badallari;


maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari; boshqa maqsadli tushumlar.
Maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali tarkibiga kiritish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

  1. mablag’larning belgilangan maqsadlar uchun ishlatilishi;

  2. mablag’larni jalb qilish uchun xarajatlarning mavjud emasligi;




  1. belgilangan shartlar bajarilganda berilgan mablag’larning qaytarilmasligi. Grant ijtimoiy xususiyatga ega maqsadlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-

texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun hukumat, nodavlat, xorijiy hamda xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ko’rsatiladigan bepul, gumanitar yoki moddiy-texnik mablag’lar tushuniladi. Grant mablag’lari qat’iy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.


Chet el valutasida olingan grant summasi xo’jalik muomalalari amalga oshirilgan kundagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining kursi bo’yicha milliy valutaga o’tkaziladi.
Grant (subsidiya) xo’jalik yurituvchi su’yektlarga belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi yordam tushuniladi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalarga taqdim etilishi mumkin.
A’zolik badallari ta’sis hujjatlarida jamiyat a’zolarining to’lashi ko’rsatilgan summa bo’lib, undan yig’ilgan mablag’lar korxonani rivojlantirish va boshqa turli maqsadlar uchun sarflanadi.
110

A’zolik badallari summalari ularni to’lash tartibi va yig’ilgan barcha summalarining qaysi maqsadlar uchun sarflanishi ta’sis hujjatlarida belgilab beriladi.


Korxonalarning rivojlanishini ta’minlash maqsadida hukumat qarori bilan ma’lum davrga ularni soliq to’lashdan ozod qilinadi. Soliq to’lashdan ozod qilinishi natijasida bo’shagan mablag’lar aniq belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi. Ushbu mablag’lar boshqa maqsadlar uchun ishlatilganda jarima va jazo choralari qo’llaniladi.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda yuqoridagi maqsadga tushumlarning barchasi «maqsadli tushumlar» ustunida ko’rsatiladi.
Umuman maqsadli tushumlar ustunida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun byudjetdan, maxsus jamg’armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari ko’rinishida tekinga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek o’z kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari ko’rsatiladi. Ushbu ustunda quyidagi ko’rsatkichlarning to’ldirilishi belgilangan:

yil boshiga qoldiq;


maqsadli foylanish uchun olingan mablag’lar; xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari; yil oxiriga qoldiq.
Yil boshiga qoldiq summasini aniqlash uchun buxgalteriya hisobining 8800-«Grantlar, subsidiyalar va beg’araz yordamlar schyoti»ning joriy yilning boshiga qolgan qoldiq summasi olinadi. Ushbu ma’lumotni hisobotda ko’rsatishdan oldin uni buxglteriya balansining passividagi «maqsadli tushumlar» moddasi (460-satr) bilan solishtirish maqsadga muvofiqdir. Ikkala summaning bir-biriga mosligi tekshirilgandan so’ng, uni hisobotga kiritiladi. Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag’lar ko’rsatkichini aks ettirish uchun ma’lumotlar buxgalteriya hisobining 8800-«Grantlar, subsidiyalar va beg’araz» yordamlar schyotining yil davomidagi aylanmasining yig’indisi olinadi. Ushbu ma’lumotlarning to’g’riligi va aniqligiga ishonch hosil qilish uchun ushbu ma’lumotlarni yutilgan grantlar, berilgan subsidiyalar va beg’araz yordamlarni olishda asos bo’lgan hujjat ma’lumotlari bilan taqqoslaniladi. Shuningdek, ushbu mablag’larning kelib tushishi ularni hisobga oluvchi schyotlarning ma’lumotlari asosida tekshiriladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalarida grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari va soliq imtiyozlaridan tashqari kelib tushgan mablag’lar ko’rsatiladi.
Yil oxiriga qoldiq summasini aniqlash uchun 8800-«Grantlar, subsidiyalar va beg’araz yordamlar» schyotining yil oxiriga bo’lgan summasi olinadi. Ushbu ma’lumotning to’g’riligini tekshirish uchun yangi yilning birinchi kuniga tuzilgan balans passividagi «maqsadli tushumlar» moddasida ko’rsatilgan summa bilan taqqoslanadi. Shuningdek, ushbu schyotning yil boshiga qoldig’i va hisobot davridagi aylanmasi ma’lumotlari tekshirib ko’riladi. Shundan so’ng ushbu ma’lumotlar hisobotda aks ettiriladi.
Maqsadli tushumlar hisobiga xususiy kapitalning ko’payishi (+) yoki kamayishi (-) hisobotning 120-satrida ko’rsatiladi. Ushbu summani aniqlash uchun hisobotning yuqoridagi ko’rsatkichlari summalari asos bo’lib xizmat qiladi.
111

6.9. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari izoh va tushintirish xatlarida ochib berish


Yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan izoh va tushuntirish xatlari tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki moliyaviy hisobotda korxona faoliyatining barcha sohalari to’g’risida to’liq ma’lumotlar berish imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun izoh va tushintirish xatlarida asosiy ko’rsatkichlarning mazmuni to’g’risida kengroq ma’lumotlar beriladi.
Хususiy kapital to’g’risidagi ma’lumotlarni izoh va tushintirish xatlarida yoritish alohida mohiyatga ega. Chunki ushbu hisob ko’rsatgichlari asosida qo’shimcha ma’lumotlarsiz aniq xulosaga kelish imkoniyati mavjud emas. Ushbu hisobot shaklida juda ko’pchilik qatorlar to’ldirilishi belgilanmagan.
Тushuntirish xatida qimmatli qog’ozlar emissiyasi ko’rsatkichini ochib berishda, joriy yilda emissiya qilingan qimmatli qog’ozlar va ularning joylashtirilishi to’g’risidagi ma’lumotlar, ularning qanchasi korxona ishchi va xodimlari o’rtasida joylashtirilganligi hamda qancha imtiyozli va oddiy aksiyalar ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar korxona qimmatli qog’ozlar emissiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar olish uchun yetarli bo’ladi.
Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash to’g’risidagi ma’lumotlarni izoh xatida keltirishda eng avvalo baholashda qanday usuldan foydalanilganligi yoritishi lozim. Shundan so’ng uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash natijalari ochib beriladi.
Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo’lgan valuta kursi farqlari moddasini ochib berishda eng avvalo xorijiy valutada ustav kapitalini shakllantirish uchun kelib tushadigan summa va ularning kelib tushish sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek, haqiqatda kelib tushgan mablag’lar hamda ulardan olingan kursdagi farq summalari haqidagi ma’lumotlarning izoh xatlarida keltirilishi ushbu ma’lumotlarni to’ldiradi.
Rezerv kapitaliga ajratmalar moddasini ochib berishda korxona ustavida belgilangan ajratma hajmini va uning bajarilishi, shuningdek taqsimlanmagan foyda
hisobidan ajratilgan summalar hamda ularning foydalanishi haqidagi ma’lumotlarning ochib berilishi tashqi foydalanuvchilar uchun ahamiyatli hisoblanadi.
Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi to’g’risidagi ma’lumotlar va ushbu mablag’larning qaysi maqsadlar uchun ishlatilishi to’g’risidagi ma’lumotlar izoh xatida o’z aksini topadi. Тekinga olingan mol-mulk va uning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar korxonaga joriy yilda kelib tushgan ushbu mablag’lar va ularning kelib tushish manbalari, sabablari hamda ularning qaysi maqsadlar uchun ishlatilishi to’g’risidagi axborotlarni tushintirish va izoh xatlarida keltirishni talab qiladi.
Maqsadli foydalanish uchun mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlar korxonaning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega bo’lib, tushintirish va izoh xatlarida quyidagi masalalar ochib berilishi lozim:

maxsus foydalanish uchun olingan mablag’larning tartibi;


sotib olingan grantlarning maqsadi va vazifalari hamda ularning qiymati, sarflanadigan ob’yektlari ulardan korxonani rivojlantirish uchun olinadigan naflar;
112

subsidiya berishdan ko’zlangan maqsad va korxonaning rivojlanishiga ta’siri hamda kelgusida moliyaviy natijalarga ta’siri;


a’zolik badallarini to’lash tartibi, uning maqsadi va korxonaning rivojlanishiga

ta’siri:
maqsadli soliq imtiyozlarini berishdan ko’zlangan maqsad va unga erishishda korxona oldiga qo’yilgan vazifalar hamda joriy yilda bu sohada bajarilgan ishlar.


Тo’langan dividendlarning qaysi maqsadlar, ya’ni imtiyozli aksiyalar va oddiy aksiyalar uchun yo’naltirilgan mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlar ochib beriladi. Shuningdek, taqsimlanmagan foydaning dividendlar to’lash uchun ajratilgan qismi va oxirgi yillardagi o’sish yoki kamayish tendensiyalari ochib berilishi lozim.
Хususiy kapital shakllanishidagi boshqa manbalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berishda har bir manba va uning shakllanishi hamda maqsadini yoritish zarur.
Izoh va tushuntirish xatlarida xususiy kapital to’g’risida yuqoridagi ma’lumotlarning ochib berilishi tashqi foydalanuvchilar uchun yetarli ma’lumotlar majmuini shakllantiradi.

Хulosa
Тaqsimlanmagan foyda xususiy kapitalda muhim manba hisoblanadi. Korxona uni to’la ishlatishi ham mumkin. Bu bir jihatdan ijobiy hol deb qaraladi, ya’ni yaratilgan qiymat yoki iqtisodiy naf to’liq ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoki divident uchun to’langan deb hisoblanadi. Ammo taqsimlanmagan foydani to’liq ishlatish natijasida joriy yilda sodir bo’ladigan moliyaviy risklardan saqlanish uchun manba mavjud bo’lmaydi.
Grant (subsidiya) xo’jalik yurituvchi su’yektlarga belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi yordam tushuniladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapitalning asosini tashkil qiluvchi oddiy va imtiyozli aksiyalarni boshqarish jarayonini ifodalaydi.
Хususiy kapital shakllanishidagi boshqa manbalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berishda har bir manba va uning shakllanishi hamda maqsadini yoritish zarur.


Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling