O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Download 264.41 Kb.
bet47/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig’indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy



  1. Сотиволдиев А.С ва бош=алар. Бухгалтерскй учет в условиях р ыночной экономики. Т.: 2000.-113 б.




  1. Хелферт Э. Техника финансового анализа. -М.: Юнити, 1996 г. -377 стр.




  1. Ыша жойда. 263-бет.

101


aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi.
Ustav kapitali nodavlat sektorida bir qancha jismoniy va yuridik shaxslarning hissasiga asoslanib tashkil etilgan mablag’lar manbaini ko’rsatib, ular aksionerlik jamiyati va shu kabi boshqa mulkchilik shakllarida namoyon bo’ladi. Shu bilan birgalikda ustav fondi atamasi ham mavjud.
Ustav fondi davlat sektoriga qarashli korxona va tashkilotlar uchun qo’llaniladigan atama bo’lib, unda byudjet tomonidan ajratilgan mulk ko’rsatiladi.
Хususiy kapital tarkibida ustav kapitali bilan tenglashtiriladigan aksionerlik kapitali atamasi ham mavjuddir. Ammo ustav kapitali bilan aksionerlik kapitalining o’xshashlik tomonlari bilan birgalikda quyidagi farqlar ham majud:
aksionerlik kapitali faqat aksionerlarning mulkdagi hissasini ko’rsatsa, ustav kapitali barcha sarmoyadorlar summasini belgilaydi;
ustav kapitali aksionerlik kapitalidan mazmuni va ko’lami bo’yicha farq qiladi; aksionerlik kapitali faqat aksiya chiqarish va joylashtirish bilan ham

shakllantiriladi;


ustav kapitalini foyda hisobiga o’stirish mumkin bo’lsa, aksionerlik kapitalini qayta oshirish yo’llari bilan ko’paytirish mumkin;
aksionerlik kapitali – aksionerlik jamiyatlari (ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yopiq turdagi aksionerlik jamiyati)ni tashkil etishdagi mablag’lar manbaini shakllantirsa, ustav kapitali-ham xususiy va aralash korxonalarda qo’llaniladi.
Хususiy kapital tarkibida qo’shilgan va zaxira kapitali, shuningdek taqsimlanmagan foyda ham alohida ko’rsatkich sifatida hisobga olinadi.

Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling