O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Hisob siyosatining buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog’liqligi


Download 264.41 Kb.
bet71/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

8.1. Hisob siyosatining buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog’liqligi
Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning hisob siyosatiga bo’lgan ehtiyoji faqat bozor iqtisodiyoti sharoitidagina vujudga keladi. Chunki bozor iqtisodiyotida davlat erkin faoliyat olib borayotgan barcha xo’jalik su’yektlariga bir xil hisob yuritishning tizimini yozib berishi bir tomondan mumkin bo’lmasa, ikkinchi tomondan esa, har bir tadbirkor faoliyatiga alohida hisob tizimini yozib berish imkoniyati ham yo’q. Shuning uchun ham u yoki bu operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqish har bir xo’jalik yurituvchi su’yektning vazifasi hisoblanadi. Faqat tegishli davlat organlari hisob siyosatini shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishlari zarur.
Jahon tajribasi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir mamlakat buxgalteriya hisobining asosiy qoida va tamoyillarini markazdan tartibga solishi, ya’ni tegishli qonuniy, me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalarni ishlab chiqishi, ushbu hujjatlar asosida esa har bir xo’jalik su’yekti o’zining boshqaruv va tashkiliy-texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni aniqlashtirishi zarur bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining davlat tomonidan markazlashtirilgan holda tartibga solinishining asosiy maqsadi bozordagi barcha ishtirokchilarning manfaatlarini birday himoya qilish va kafolatlash, shuningdek, hisob va audit sohasida faoliyat ko’rsatayotgan professional buxgalterlar hamda auditorlar manfaatini himoya qilishni kafolatlash hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini tartibga solish investorlar, kreditorlar, mol yuboruvchilar va boshqa buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun ham xuddi yuqoridagidek ahamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobini markazlashgan holda tartibga solish muammolaridan biri moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar manfaatini himoya qilish bilan bog’liqdir. Chunki xo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy hisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchilar barcha ma’lumotlarga bo’lgan talabi mazmuni va hajmi jihatidan turlicha bo’lib, hatto ular bir-biridan keskin farq qilishi hamda zid bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan holda tartibga solishda asosiy e’tibor shunday guruh foydalanuvchilarining manfaatiga qaratiladiki, ularning manfaati hal qiluvchi hisoblanadi.
Mulkdorlar, kreditorlar va boshqa buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini to’laroq qondirish uchun buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan holda tartibga solish jarayonida emas, balki xo’jalik su’yektlarining hisob siyosatini shakllantirishi jarayonida e’tiborga olinishi zarur. Sababi moliyaviy hisobotlarni ochib berish jarayonida tashqi foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlar yoritiladi.
Hisob siyosatining vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. Birinchi marta hisob siyosatini xalqaro miqyosda tan olish 1973-yilda tashkil topgan hisobning xalqaro standartlari komiteti tomonidan ishlab chiqilgan va unga «Hisob siyosatini ochib berish» nomli 1-standartida ta’rif berilgan edi. Ushbu ta’rif tobora rivojlantirilib borilmoqda.
137

1997-yilda «Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish» nomli standart qayta ishlanib, u buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarining uchtasini: moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartining (MHXS) 1- «Hisob siyosatini ochib berish», MHXS 5-«Moliyaviy hisobotlarda ochib beriladigan ma’lumotlar», MHXS 13-«O’isqa muddatli aktivlar va majburiyatlarni taqdim qilish»14 o’zida mujassam etgan.


Hozirgi paytda ushbu standart moliyaviy hisobotlar xalqaro standartining birinchisi hisoblanadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarining keyingi (BHХS va MHXS bir xil tushuncha va 1998-yildan keyingi nashrlarda MHXS deb atalmoqda) 1-«Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish» standartida hisob siyosatiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Hisob siyosati – bu kompaniya moliyaviy hisobotlarini tayyorlash va taqdim qilish uchun qabul qilingan aniq tamoyillar, asoslar, shartlar, qoida va amaliyotdir».
Respublikamizda ishlab chiqarilgan buxgalteriya hisobining milliy standartlarining 1- «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» deb ataladi va unda hisob siyosatiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Ushbu standartda hisob yuritish siyosati deganda, xo’jalik yurituvchi su’yekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot, ularning qoida va asoslariga mos usullarning qo’llanilishi tushuniladi».
Yuqoridagi ikki ta’rifni taqqoslaydigan bo’lsak, ularning quyidagi farqlarini ko’rsak bo’ladi.


  1. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartida kompaniya moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilish uchun qabul qilingan bo’lsa, buxgalteriya hisobining milliy standartida korxona rahbari tomonidan qabul qilinadi. Masalalarning bunday qo’yilishi, eng avvalo, buxgalteriya hisobining xalqaro standartida tavsiya ko’rinishida ekanligidan, ya’ni uning asosida buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan.




  1. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilish uchun qabul qilingan aniq tamoyillar, asoslar, shartlar, qoida va amaliyot bo’lsa, buxgalteriya hisobining milliy standartida esa, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot, ularning qoidalariga va asoslariga mos usullarning qo’llanilishi tushuniladi. Albatta, buxgalteriya hisobining xalqaro standartida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishga keng qamrovli yondoshishni ko’rish mumkin. Chunki ushbu standartlarni ishlab chiqishda, asosan, rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarida tuziladigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishda qo’llaniladigan shart-sharoitlar va ularning boshqa mamlakatlarning buxgalteriya hisobotini tuzishidagi talablari ham inobatga olingan.

Buxgalteriya hisobining milliy standartida esa, mamlakatimizda qabul qilingan qonuniy va me’yoriy hujjatlar, shuningdek, respublika iqtisodiyoti rivojining o’ziga xos xususiyatlari ham asos qilib olingan. Shu bilan birgalikda BHMA va BHХSda keltirilgan talablar, shart- sharoitlar aniq mamlakatdagi qonuniy hamda me’yoriy asoslardan kelib chiqib aniqlashtirilgan.



14 Международые стандарты финансовый отчетности.. -издание на руском языке АСКЕРИ –АССА, 1998. с. 62.
138

Hisob siyosati buxgalteriya hisoboti bilan uzviy bog’liq bo’lib, uni ishlab chiqarishdan ko’zlangan asosiy maqsad ham korxonaning faoliyatini hisobotda aniq va ob’yektiv aks ettirishdan iboratdir.



Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling