O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Hisob siyosatining buxgalteriya hisobotiga ta’sirining iqtisodchilar tomonidan o’rganilishi
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
8.2. Hisob siyosatining buxgalteriya hisobotiga ta’sirining iqtisodchilar tomonidan o’rganilishi
O’zbekistonlik iqtisodchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, maqolalari, o’quv darslik va qo’llanmalarini chuqur o’rganish jarayonida hisob siyosati tushunchasi bo’yicha turlicha fikrlash hamda iqtisodiy ta’riflar berilganligi kuzatildi. Ayniqsa, A.K.Ibragimov, A.Х.Pardayev, A.B.Хasanov, R.O.Хolbekov, M.Ismoilova, M.Yu.Raximov, Х.A.Ortiqovlarning ilmiy-tadqiqot ishlari va maqolalarida hisob siyosati tushunchasi nazariy hamda amaliy ahamiyatga molik tarzda yoritib berilgan. So’zimizning isboti sifatida ayrim iqtisodchi olimlarning bayon qilgan fikrlarini keltiramiz. A.K.Ibragimov fikricha, «Hisob siyosati- bu tanlangan korxonada uning xo’jalik faoliyatini yuritishga to’liq javob beradigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari yig’indisidir»15, A.Х.Pardayevning fikriga ko’ra, «Korxona hisob siyosati-bu korxonaning o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan va umumiy qoidalardan kelib chiqqan holda belgilangan hamda e’lon qilinadigan buxgalteriya hisobining shakl va uslublar to’plamidir»16, R.O.Хolbekov «Korxona hisob siyosati deganda, buxgalteriya hisobining hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, tartib, nizom, farmonlaridan foydalanib hamda korxonaning o’ziga xos texnologik xususiyatlarini inobatga olib tashkil qilinishi tushuniladi»17, Х.A.Ortiqov «Hisob tartibi-bu xo’jalik su’yektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy hujjatlarda yagona va majburiy bo’lgan, shuningdek, ularda ruxsat etilgan buxgalteriya hisobining alternativ usullar va shakllaridan korxona tanlab olgan va e’lon qilgan buxgalteriya hisobining tizimidir»,18 deb ta’riflashgan. Albatta, barcha olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar o’rinlidir. Rossiyalik iqtisodchi olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida hisob siyosati keng o’rganilgan. «Hisob siyosati» atamasi rus tilida chop etilayotgan iqtisodiy adabiyotlarda 80-yillarning oxirlarida ingliz tilidagi «accounting policy» so’z birikmasini rus tiliga tarjima qilish orqali kirib keldi19 deb yozadi A.S. Bakayev va L.Z. Shneydman. Ular «Hisob siyosatini xo’jalik yuritish sharoitlariga mos keladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullarining yig’indisi»20 deb ta’riflash mumkinligini aytishsa, A.N. Seleznova va I.P. Skobelova esa, «Hisob siyosati deganda, buxgalteriya hisobi standartlarida ruxsat etilgan usullari yig’masidan yoki ushbu davrda amalda bo’lgan Ибрагимов А. Жаҳон ҳисоб стандартларини ¤злаштириш. //. И¢тисод ва ¦исобот. 1993. 5-сон. Пардаев А Учетной политика.//Ж. Экономика и статистика. 1997. № 5. Холбеков Р. Корхона ¦исоб сиёсатига таъсир этувчи омиллар.//Ж. Бозор, пул ва кредит. 2002, 4-сон. Орти¢ов А.Х. Яна корхоналар xисоб тартиби муаммолари ¦а¢ида. //Ж. £збекистон и¢тисодий ахборотномаси. 1999, 3-сон. Бакаев А.С., Шнайдман Л.З. Учетная политика предприятия. //Ж. «Бухгалтерский учет». 1994. с. 7. Там же. с. 8. 139
me’yoriy hujjatlarda buxgalteriya hisobining uslubiy, texnik va tashkiliy jihatlarini tartibga soluvchi tamoyil va qoidalar yig’masidan korxona tanlab olganlari tushuniladi»21, deb ta’rif beradi. M.S.Yerjanov, S.M.Yerjanovalar «Hisob siyosati - bu korxona tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni ochib berish uchun qabul qilingan usullar yig’indisidir»22, deb hisoblaydi. S.A. Nikolayeva «Korxonaning hisob siyosati, ushbu davrda amalda bo’lgan me’yoriy asoslarga binoan buxgalteriya hisobini yuritishning uslubiy va tashkiliy asoslarini tartibga soluvchi tamoyillar va qoidalar yig’indisini ifodalaydi»23, deb yozadi. Yefremova «Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni umumiy tan olingan standartlarda buxgalteriya hisobini yuritish uchun ruxsat etilgan bir necha usullardan birini aniq tanlashni o’z ichiga oladi. Agar standartlar alohida masalalar bo’yicha hisob yuritish usullarini belgilanmagan bo’lsa, hisob siyosatini shakllantirishda qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tashkilot individual usullarini ishlab chiqishi lozim bo’ladi»24 deb hisoblaydi. Yuqoridagi ta’riflardan ko’rinib turibdiki, «Hisob siyosati» tushunchasi olimlar va mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Albatta, bu o’z navbatida «Hisob siyosati» va uni shakllantirishga bo’lgan qiziqish tobora ortayotganligi, shuningdek, buxgalteriya hisobining xo’jaliklar iqtisodiyoti samaradorligini oshirishdagi o’rni hamda ahamiyatiga alohida e’tibor berilayotganligini bildiradi. Hisob siyosatining iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilinishiga qaramasdan, ularning barchasida buxgalteriya hisobining standartlarida ruxsat etilgan muqobil usullardan korxona faoliyatiga mos keluvchi usulini tanlashi zarurligi uqtiriladi. Iqtisodiy adabiyotlarda berilgan ta’riflarni har tomonlama chuqur tahlil qilish va hisob siyosatiga bag’ishlangan adabiyotlarni o’rganish uning mazmuni hamda mohiyatini anglab yetish orqali unga quyidagi ta’rifni berish imkoniyatini yaratdi. Hisob siyosati xo’jalik yurituvchi su’yektlarda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy hujjatlarda ruxsat etilgan usullardan tanlab olingan hamda muqobil usullar ko’zda tutilmagan yoki mutlaqo mavjud bo’lmagan hollarda esa, qonunchilikka zid bo’lmagan usullarni ishlab chiqish tushuniladi. Chunki buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar bo’yicha qonuniy va me’yoriy hujjatlarda muqobil usullar ko’zda tutilmaganligi, ba’zi masalalar bo’yicha yagona usullarga ruxsat berilishi, ayrim masalalar bo’yicha hisob yuritish usuli mutlaqo mavjud bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda hisob siyosatini shakllantirish jarayonida yagona usullar hisob siyosatiga kiritiladi va mutlaqo mavjud bo’lmagan operatsiyalar bo’yicha esa, kasbiy mahoratdan kelib chiqqan holda amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlarga zid 21 Селезнова А.Н., Скобелова И.П. Учетная политика-95. Специальная литература. Спб. 1995. с.8. 22Ержанов М.С., Ержанова С.М. Учетная политика на Казахстанском предприятии. И.Д. «БИКО» 1997. с. 5. 23 Николаева С.А. Доходы и расходы организации: практика, теория, перспективы.-М.: «Аналитика-Пресс», 2000. Ефремова А.А. Учетная политика предприятия.- М.: Книжний мир, 2000. 140
bo’lmagan usullarni ishlab chiqish hamda xo’jalik yurituvchi su’yektning hisob siyosatida rasmiylashtirilishi zarur bo’ladi. Hisob siyosatini iqtisodchilar tomonidan alohida e’tibor bilan o’rganilishi va tadqiq qilinishi uning korxona faoliyati natijalarini hisobotda to’g’ri va aniq aks ettirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling