O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Hisob siyosatining jihatlari va ularda yoritiladigan masalalar


Download 264.41 Kb.
bet73/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

8.3. Hisob siyosatining jihatlari va ularda yoritiladigan masalalar
Iqtisodiy adabiyotlarda hisob siyosatining jihatlari turlicha talqin qilinadi. Masalan: R.A.Alborov25, A.S.Bakayev, L.Z.Shneydman26, N.N.Seleznova, I.P. Skobelova27, Т.A. Dubrovina, V.A.Suxov, A.D.Sheremet28, A.P.Хabarova29, O.B.Bobojonov, N.Yu.Jo’rayev, M.M.Тulaxodjayeva kabi iqtisodchi olimlar hisob siyosatining jihatlarini uchga, ya’ni uslubiy, texnik va tashkiliy jihatlarga bo’lishadi.
S.A.Nikolayeva esa, hisob siyosati jihatlarini ikkiga - uslubiy va tashkiliy-texnik jihatlarga bo’ladi30. A.A.Yefremova31 va L.R.Simirnova32 hisob siyosatini quyidagi jihatlarga bo’ladi: uslubiy, tashkiliy-texnik va soliq. M.I.Kuter33 hisob siyosatini faqat ikki - uslubiy va tashkiliy jihatlardan iborat, deb hisoblaydi. Yu.M.Itkin va I.F.Yegoricheva34 hisob siyosatini to’rt jihatga bo’ladi: uslubiy, texnik, tashkiliy va soliq.
Ba’zi olimlar, masalan: M.S. Yerjanov35, N.P. Kondrakov36 va Z.V.Kiryanova37lar esa, hisob siyosatini hech qanday jihatlarga bo’lmasdan yoritadilar.
Хo’jalikning hisob siyosati to’liq yoritilishida uning jihatlarini to’g’ri va aniq talqin qilish alohida ahamiyatga ega. Chunki buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilishda asosiy vazifani hisob siyosati bajaradi.
Agar hisob siyosatining jihatlari aniq belgilangan bo’lsa va ular to’g’ri shakllantirilsa, buxgalteriya hisobi o’ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajara oladi.


  1. Алборов Р.А. Выбор учетной политика предприятия. -М.: АО «ДИС»., 1995.


26.Бакаев А.С, Шнайдман Л.З. Учетная политика предприятия. //Ж. «Бухгалтерский учет». 1994.


  1. Селезнова Н.Н., Скобелова И.П.. Учетная политика –95. СПб -М.: «Специальная литература». 1995.




  1. Дубровина Т.А., Сухов В.А., Шеремет А.Д. Аудиторская деятельность в страховании -М.: Инфра-М., 1997.




  1. Хабарова Л.П. Учетная политика фирмы при проведении коммерческих операций -М.: АО «Бизнес-школа». «Ител-Синтез», 1993.




  1. Николаева С.А. Учетная политика предприятия. -М.: «Инфра-М»., 1995.




  1. Ефремова А.А. Учетная политика предприятия. -М.: Книжный мир., 2000.




  1. Симирнова Л.Р. Банковский учет. -М.: «Финансы и статистика». 2000.




  1. Кутер М.И. Теория и принципы бухгалтерского учета -М.: «Финансы и статистика»,

2000.



  1. Иткин Ю.М и Егорычева И.Ф. Учетная политика предприятия в Узбекистане -Т.: Ассоциация бухгалтеров и аудиторов Узбекистан. 2000.




  1. Ержанов М.С.,.Ержанова С.М Учетная политика на Казахстанском предприятии. Алматы. «БИКО». 1997.

  2. Кондраков Н.П. Бухгалтерский учет: Учебное пособие. -М.: ИНФРА-М. 1996. 513

с.


  1. Кирьянова З.В. Теория бухгалтерского учета. -М.: «Финансы и статистика»,

2000.
141

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi su’yektlar faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirishga nafaqat zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, xom ashyo va materiallarni tejash, balki, hisob siyosatini optimal darajada shakllantirish orqali ham erishiladi. Chunki hisob siyosatini shakllantirish jarayonida amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlarda ruxsat etilgan bir qancha muqobil variantlarni korxona faoliyatiga ta’siri nuqtai nazardan tahlil qilinadi hamda ularning eng yuqori iqtisodiy samara beradigan variantlari tanlab olinadi. Shuningdek, qonuniy hujjatlarda xo’jalik su’yektlariga berilgan turli yengilliklardan foydalanish tartibi ham hisob siyosatida rasmiylashtirilishi zarur.
Fikrimizcha, hisob siyosatining uslubiy jihatda qaysi masalalar aks ettirilishi zarur, degan masalaga javob berish uchun hisob siyosatining qolgan jihatlarida qaysi


masalalarning

yoritilishiga

iqtisodchi olimlarning

qanday yondoshishlarini tahlil

qilish lozim,

deb hisoblaymiz. Chunki tahlil qilinayotgan iqtisodiy adabiyotlarning

ko’pchiligida

bir masala bir

muallifning zarur deb

hisoblansa, xuddi shu masalani

boshqa bir iqtisodchi hisob siyosatining boshqa jihatida aks ettirilishi zarur, deb hisoblaydi.


Masalan: N.I.Seleznyova, I.P. Skoboleva materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonini hisobda aks ettirish tartibini hisob siyosatining uslubiy jihatida aks ettirish zarur deb hisoblasa38, aksincha A.S.Bakayev, A.Z.Shneydman esa, uni hisob siyosatining texnik jihatida aks ettirishni maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi39. Shuningdek, boshqa masalalarda ham xuddi shunday qarama-qarshi fikrlarni uchratish mumkin. Ammo hisob siyosatining texnik jihatida «Ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish», «Majburiyat va mulkni inventarizatsiya qilish», «Ichki ishlab chiqarish hisoboti» kabi masalalarning yoritilishi bo’yicha barcha iqtisodchilar yakdil fikrni bildirishgan hamda ushbu masalalar hisob siyosatining texnik jihatida yoritilishi zarur, deb hisoblaydilar.
Shuningdek, «Birinchi hisobot yilining davomiyligi», «Yarim fabrikatlar harakatining hisobi», «Muomala xarajatlarini taqsimlash», «Korxona foydasining yil davomida foydalanilishini belgilash», «Buxgalteriya hisobi, boshqaruv va soliq hisobining o’zaro bog’liqligi», «Buxgalteriya hisobotini tuzish va tasdiqlash», «Buxgalteriya hisobotlarining shakllanishi», «Balansni reformatsiya qilish», «Aksiyadorlik jamiyatining foydasini taqsimlash», «hisobot shakllarini to’ldirish», «Buxgalteriya hisobida hujjatlar aylanishi» va «Hisob siyosatini rasmiylashtirish va ochib berish tartibi» kabi masalalarda ham ko’pchilik iqtisodchilar yakdil ravishda hisob siyosatining texnik jihatida aks ettirilishini maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaydilar.
Hisob siyosatining tashkiliy jihatida aks ettiriladigan masalalarning ko’pchiligi bo’yicha barcha iqtisodchilar ijobiy fikrni, ya’ni ularning tashkiliy jihatda yoritilishi tarafdorlaridir.
Hisob siyosatining uslubiy, texnik va tashkiliy jihatlariga qanday masalalarni kiritish va ularning buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilishda qanday vazifani



  1. Селезнева Н.И., Скоблева И.П. Учетная политика-95. Специальная литература. -М.: СП. 1995. с. 47.




  1. А.С Бакаев, Шнейдман А.З. Учетная политика предприятия. Бухгалтерский учет 1994. с. 8.

142


bajarishi zarurligini belgilash masalasiga ancha oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham, eng avvalo, hisob siyosatining uslubiy, texnik va tashkiliy jihatlari oldiga qo’yiladigan vazifalarni aniq belgilash zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish va to’plangan tajribalarni o’rganish hisob siyosatining uslubiy jihati oldiga quyidagi vazifalar mavjudligini ko’rsatdi:
-xo’jalikda sodir bo’ladigan operatsiyalarni pulda ifodalashning turli variantlarini aniqlash;
-turli muqobil variantlarni xo’jalikning moliyaviy faoliyatiga va ishlab chiqarish jarayonining samaradorligiga ta’siri nuqtai nazaridan tahlil qilish;
-ma’qul muqobil variantlaridan (har bir sohada) birini tanlash va ularni rasmiylashtirish.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun hisob siyosatining uslubiy jihatida rasmiylashtirilishi zarur bo’lgan barcha operatsiyalar pulda ifodalanishida qo’llaniladigan barcha muqobil variantlar tahlil qilinishi zarur. Chunki ushbu masalalarni yechish jarayonida qabul qilingan variant bevosita xo’jalikning moliyaviy holatiga va ishlab chiqarish jarayonining samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi.
Masalan: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullaridan birini tanlash bevosita xarajatlar summasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu moliyaviy natijada o’z aksini topish bilan birgalikda, asosiy vositalarning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlariga ham ta’sir qiladi. Ushbu ko’rsatkich esa korxona bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan

o’rganiladigan asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi.


Umuman, biz olib borgan tadqiqotlar natijasida hisob siyosatining uslubiy jihatidan aks ettirilgan masalalar bevosita xo’jalikning moliyaviy holatiga ta’sir etuvchi masalalar bo’lib, ularni hisob siyosatida rasmiylashtirishdan oldin, har tomonlama chuqur tahlil qilish talab qilinadi.

Demak, yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkin:


-hisob siyosatining uslubiy jihatida aks ettiriladigan masalalarning muqobil variantlari mavjud bo’lishi lozim;
-ushbu muqobil variantlarning har biri xo’jalikning moliyaviy holatiga turlicha ta’sir qilishi sababli, ularning optimal variantini belgilash zarur;
-har xil variantlari mavjud bo’lgan, ammo xo’jalikning moliyaviy holatiga ta’sir qilmaydigan masalalar hisob siyosatining uslubiy jihatiga ta’sir etmasligini hisobga olib, ularni uslubiy masalalar tarkibiga kiritmaslik lozim.
Hisob siyosatining texnik jihatida aks ettiriladigan masalalar xo’jalikda buxgalteriya hisobini yuritish uchun zarur sharoit yaratishi lozim. Ammo hisob siyosatining texnik jihatining uslubiy jihatdan asosiy farqi shundan iboratki, unda rasmiylashtirilishi zarur bo’lgan masalalarda birdaniga bir necha masalalar o’z yechimini topishi zarur.
Masalan: Uslubiy jihatda asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usuli tanlanganda asosiy vositalarning alohida guruhlari bo’yicha amortizatsiya hisoblash usuli tanlanadiki, ya’ni bitta masala yechiladi. Endi hisob siyosatining texnik jihatida
«ishchi schyotlar rejasida» esa, kompleks masalalar o’z yechimini topadi. Masalan: - birinchi va ikkinchi tartibli schyotlar aniqlanadi: aktiv, kapital, majburiyatlar, daromad va xarajat, foyda va zararlarni hisobga olish tartibi
143

belgilanadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining o’zaro bog’lanishi namunaviy schyotlar rejasidan kelib chiqqan holda har bir xo’jalikning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqiladi.


Hisob siyosatining tashkiliy jihatidan uslubiy va texnik jihatlarining vazifalarini bajarilishi uchun sharoit yaratishi zarur. Ammo hisob siyosatining tashkiliy jihatida rasmiylashtirilishi zarur bo’lgan masalalar ko’p jihatdan xo’jalikning hajmiga (katta, kichikligiga), uning qaysi tarmoqqa tegishliligiga, tashkiliy-texnologik xusususiyatlari va boshqa omillariga bog’liq. Hisob siyosatining tashkiliy jihatini optimal shakllantirish xo’jaliklarda buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilishni ta’minlaydi.
Shunday qilib, hozirgi sharoitda hisob siyosatining xo’jalik yurituvchi su’yektlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlagan holda, bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko’lami yetarli darajada

emasligini tan olish zarur.

Hisob siyosatining xo’jalik yurituvchi su’yektlarida buxgalteriya hisobini
tashkil qilishda qo’llanilmayotganligining eng asosiy sabablaridan biri, uning nazariy asoslarining yetarli darajada tadqiq qilinmaganligidan dalolat berdi.
Yuqoridagi hisob siyosatining uslubiy, texnik va tashkiliy jihatlarini chegaralash, ularda qamrab olinadigan masalalar, ularning mazmuni to’g’risida faqat nazariy nuqtai nazardan iqtisodchilarning fikr - mulohazalari, tavsiya hamda takliflari tahlil qilindi, shuningdek, ularga muallif o’z munosabatini bildirdi.
Buxgalteriya hisobotlarini tuzishda hisob siyosatining uslubiy, texnik va tashkiliy jihatlari hamda ular qamrab oladigan masalalar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir jihatda yoritiladigan masalalar hisobot uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishda o’ziga xos vazifalarni bajaradi.


Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling