O„zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti t. S. Achilov


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/85
Sana26.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662715
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85
Bog'liq
d78ef145e8e3e2a0f9bb66e844af54a2 KURASH TURLARI VA UNI O`QITISH METODIKASI (MILLIY KURASH)

Yiqila turib uloqtirish 
Raqibni urib orqaga yiqitish va bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirish. 
Sherigini turli usulda ushlash, aldash va soxta harakatlar qilib qo‗llar 
yordamida muvozanatdan chiqish va bir zarb bilan ko‗tarib yiqitish usullari 
qo‗llaniladi. Bunda har qanday hollarda ham sherigi to‗nidan, belbog‗idan va 
qo‗llaridan ushlab ehtiyot qilinadi. 
Raqibni urib orqaga yiqitish. Bu usul bilan hujum qilishni tayyorlash va 
o‗tkazishda qo‗llar muhim rol o‗ynaydi. Hujumchining harakati raqibga qo‗l orqali 
beriladi. Shubhasiz, bunda oyoq va gavda harakatlari ham katta ahamiyatga ega. 
Raqibini urib orqaga yiqitish kerak. Yiqilayotganda sherigini yelkasidan ushlab 
turish kerak. 
Raqibini urib orqaga yiqitish usuli bilan oldinga, o‗ngga-oldinga-yon tomonga, 
orqaga oldinga-pastga va hokazo tomonlarga yiqitish mumkin. Raqibini urib orqaga 
uloqtirish usulidan himoyalanish: 
- qo‗llarni pastdan va yuqoridan harakatlantirib ushlashdan bo‗shatish; 
- tomonlarga egilish va aksincha uni yiqitishga o`rinib qo‗rish; 
- orqaga ketib, gavdani engashtirish; 
- qarshi harakatlar; 
- qarshi yiqitish usullarini qo‗llash; 
- oyoqlari bilan orqaga ketish va o‗sha tomonga yiqitish; 
- u yoki bu oyoqni bukish, hamda qarama-qarshi tomonga yiqitish va hokazo. 
Bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirish.
Raqibni qulay ushlagandan keyin uni ikkala qo‗llar bilan o‗ziga pastga, o‗ziga 
va yon tomonga, oldinga va yon tomonga keskin harakatlar qilish hisobiga, gavda 
va oyoqni ma‘lum tomonga faol harakatlantirib, bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirish 
kerak. 
Bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirish raqibni to‗nidan, belbog‗idan, qo‗llar bilan 
ikkala qo‗lini ushlab olgandan keyin, qo‗llarni keskin siltab tortib va gavdani faol 
burib raqibni orqasiga yiqitish bilan bajarilishi mumkin. 
Bir zarb bilan ko‗tarib uloqtirishdan himoyalanish: ushlab olish imkonini 
bermaslik va qo‗llarni bo‗shatishga harakat qilish: 
- yaqin masofadan uzoq masofaga o‗tish; 
- orqa tomonga og‗ish va oyoqni oldinga chiqarish; 
- qarshi harakatlar xuddi avvalgi usullardagidek. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling